Nadomatki yaratganga yolvorib
Deyolmasman murg'ak jonin qaytib ber
Ular seni o'ldirdi, endi borib
Hammasini Allohimga aytib ber...
Notinch yurtning, peshonasi sho'r o'g'lim
Dunyo ahlin, zor yeg'latgan zo'r o'g'lim
Endigina 3 yosh eding go'r o'g'lim
Hammasini Allohimga aytib ber...
Aytgin barcha, shaytonga ulfatlarni
Yosh boshinga tushgan g'am, kulfatlarni
O'laksalar izlagan kalhatlarni
Hammasini Allohimga aytib ber...
Tug'ulsayding O'zbek degan millatda
Yashar eding minnati yo'q rag'batda
Hurgina jon endi borib jannatda
Hammasini, hammasini aytib ber...
Notinch yurtning, peshonasi sho'r o'g'lim
Dunyo ahlin, zor yeg'latgan zo'r o'g'lim
Endigina 3 yosh eding go'r o'g'lim
Hammasini Allohimga aytib ber...