Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 9
Гостей: 9
Пользователей: 0
Главная » 2016 » Январь » 9 » 2015 yilning qo‘shiq reytingi
23:22
2015 yilning qo‘shiq reytingi
“Darakchi” nashrining Yangi yil sonida keltirilgan ko‘plab reytinglar bilan o‘quvchilarimizni tanishtirib bormoqdamiz. Quyida qo‘shiqlar va qo‘shiqchilarga bag‘ishlangan navbatdagi reyting natijalarini keltirib o‘tamiz. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha saralangan ijodkorlar va ularning ijod mahsullari o‘rin oldi. Eslatib o‘tamiz, barcha reytinglar Darakchi.uz saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslandi. “Yilning eng xalqona konsert dasturi” deb Ozodbek Nazarbekovning konserti deb tan olindi. Kuchli uchlikka Alisher Fayzning “Dilga yaqin”, Ulug‘bek Rahmatullaevning “Yoshlik qaytmaydi” nomli konsert dasturlari kiritildi. “Yilning eng zo‘r kliplari” sifatida “Bojalar” guruhi va Shahzoda ijrosidagi “Maqtanchoq” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip e’tirof etildi. Undan keyingi natijalar Bahrom Nazarovning “Pari-pari”, Gulsanam Mamazoitovaning “Hushtak” kliplari tomonidan qayd qilindi. Buning aksi bo‘lmish nominatsiyada (“Yilning eng ma’nisiz kliplari”) birinchilikni Kaniza hech kimga bermadi: uning “Go‘zal” nomli qo‘shig‘i va videoklipi so‘rovnoma ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan eng ma’nisiz ijod mahsuli deb topildi. Keyin o‘rin “sohib”lari: yosh xonanda Zamirning “Sen, sen” hamda Manzuraning “Lazgi” deb nomlangan kompozisiyalariga ishlangan kliplar.

“Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i”:

1. Ozodbek Nazarbekov, “Aytib ber”; 2. Alisher Fayz, “Rashk qilasanmi?”; 3. Jasur Umirov, “Vay-vay”. “Yilning eng mantiqsiz qo‘shig‘i”: 1. Munisa Rizayeva, “Sakramento”; 2. Ziyoda, “O‘yna”; 3. Nilufar, “Xurram”. “Yilning eng ko‘p tanbeh olgan xonandasi”: 1. Lola Yo‘ldosheva; 2. Kaniza; 3. Masrur Usmonov.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1989 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Январь 2016  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz