Hurmatli Abonentlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, abonent tomonidan Kompaniyaning pulli xizmatlari va to‘plamlaridan foydalanilishi, shuningdek abonent to‘lovi yechilishi tufayli balansdagi mablag‘lar qoldig‘i $1 va $0.15 miqdorga tushganida, kunning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, unga balansining (abonent raqami shaxsiy hisobining) holati haqidagi SMS-xabarlar tizim tomonidan avtomatik tarzda jo‘natiladi. Tungi vaqtda kiruvchi xabarlar bezovta qilmasligi uchun, telefoningizda ovozsiz rejimni o‘rnatib yoki signal tovushini pasaytirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.