Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 10 Гостей: 10 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Март » 29
Salom, xurmatli foydalanuvchilar! Bugun sizlar bilan istalgan telefonda nickni ko`rinmas qilish haqida gaplashamiz. Bu maqola unchalik ham yangilik emas, ammo, bu maqolada yoziladigan ayyorliklarga Odnoklassniki sayti ximoya o'rnatgan edi. Lekin ushbu ayyorlikni biz qayta sinab ko'rganimizda ximoya ishga tushmadi! Ya'ni yana ushbu ayyorlikni telefonda qila olishimiz mumkin. Demak, boshladik!
.
Avval bizga mana bu kod kerak bo`ladi: . Biz shu kodni browserimiz orqali nusxalab olamiz. Keyin esa o'zimizning profilimizdagi ism maydoniga ham, familiya maydoniga ham nusxalangan bo'sh matnni kiritib, saqlaymiz, tayyor! Shu tarzda telefonda ham nickni ko'rinmas qilish mumkin!
Diqqat: Nickni ko'rinmas qilish, Odnoklassniki qoidalariga zid bo'lgani sababli, ushbu ayyorlik oqibatida profilingizda cheklanishlar vujudga kelishi, yoki profilingiz butunlay to'sib qo'yilishi mumkin (agar odnoklassniki hodimlari payqab qolsa)! Bunday holatlarda Okfan.Ru ma'muriyati javobgan emas!
Barchaga omad!
|
Samandar Hamroqulov 1978-yil 23-dekabr kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida, san'atkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topdi. U Farobiy nomidagi 2-maktabga boradi. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarida ustoz san'atkorlar qo'shiqlarini hirgoyi qilib kuylab yurardi. Maktabdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutining "Musiqali drama" fakultetini tamomlaydi. Samandarning ilk ijodidagi "Sevgi fazosi" qo'shig'i xit darajasiga yetdi. So'ng "Asalim go'zal", "Samandar tangosi" hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Sa'diyevning "Muhabbat sinovlari" filmiga ishlangan "Sen o'zing" soundtrekni juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetdi. Xonanda nafaqat qo'shiqchi, balki u kinofilmlarda bir-biridan ajoyib rollarnin ijro etadi. Xurshid Do'stmuxammad asari asosida Sobir Dadamuhamedov suratga olgan "Chayon gul", "Muhabbat sinovlari-1" va "Muhabbat sinovlari-2" filmlarida bosh rolni ijro etdi. Bundan tashqari rejissyor Jahongir Qosimovning "Taqdir", "To'da", Axad Farmonov
...
Читать дальше »
|
Sayyora Qoziyeva 1962-yil 25-iyul O-zbekiston Respublikasi, Surxandaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topdi. 6-sinfdan boshlab qo'shiq kuylab Boysun tumanidagi avvalgi "Shalola", hozirgi "Boysun" xalq ansamblida 1995-yilgacha faoliyat yuritdi. 1995-yuldan boshlab Toshkenda "O'zbeknavo" birlashmasida faoliyat yuritib kelmoqdama.
• 1990 yili O'zbekiston "Kamolot" yoshlari mukofoti laureati;
• 1992 yil "O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazavor bo'lgan.
Sayyora Qoziyeva o'zbek folklor qo'shiqlarini zamonaviy Estrada janriga solib kuylab kelmoqda. Ijodi davomida o'zbek, tojik, eron, afg'on, turk, ozarbayjon, arab, rus, qozoq tillarida qo'shiqlar kuylab kelmoqda. Shu kungacha 30 dan ortiq musiqiy albom, 40 dan ortiq klip, 400 dan ortiq qo'shiqlar kuyladi. Xonanada o'z san'atini bir qator horijiy yurtlarda ham namoyish qilib kelmoqda. Jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Afg'oniston kabi davlatlarda gastrol safarlarida bo'ldi.
|
Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan go'zal va betakror Zilola Musayeva 1979-yilda Farg'ona shahrida filolog va falsafa fanlari doktori oilasida tavallud topdi. U bolaligidan musiqa bilan yashashni boshladi. 9 yoshigacha u Moskvada yashadi. So'ng Toshkentga qaytib o'z ijodini boshladi. Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u "Jonim" guruhining solisti edi va aynan uning birinchi albomi ham taniqli kompozitor Vagif Zokirov tashabbusi bilan ana shu guruhda yoziladi. 2001-yildan esa Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords" rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi. 2003-yilda xonanda o'zining birinchi yakkaxon konsertini o'z mhlislariga taqdim etadi. U o'zining konsert dasturlari bilan gastrol safarlariga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hattoki MDH davlatlari Kavkaz va Zakavkazyelarda ham uni katta olqishlar ila kutib olishdi. Xonanda o'zining "Bor ekan", "Baxt bo'ladi", "Keragimsan", "Baxtliman", "Assalomu Aleykum" nomli albomlarini o'z muhlisl
...
Читать дальше »
|
Sharof Muqimov 1982-yil 11-aprel kuni tavallud topdi. Maktabni tugatgandan so-ng Toshkent Davlat San-at institutining kino TV rejissyorlik fakultetini tamomladi. U ijodini 2003-yil Muhammad Ismoilning "Balog'at bekati" vedeofilmida suratga tushishdan boshlaydi. Videofilm juda ham muvaffaqiyatli bo'lgani hamda Sharof Muqimov rolini a'lo darajada ijro etgani sababli o'zbek estradasining yulduzlari ijro etgan kliplarga sur'atga tushish takliflari tushadi. Nilufar Usmonovaning "Yur", Sobirjon Mo'minovning "Onangizga kuyov bo'laman", Shahlo Rustamovaning "Ko'zlarim xumor, xumor". Ushbu kliplar kutilmaganda Sharofga muvaffaqiyatlar olib keladi. Bir kun u Nilufar Pardayeva degan muhlisidan xat oladi. U yerda Sharofga shirin tilaklar tilab, qo'shiq kuylash taklifi bilan murojaat etgan bo'ladi. 2004-yilda esa Sharof Muqimov birinchi "Sen hayolimsan" qo'shig'ini hamda shu qo'shiqqa klip yaratadi. Bu qo'shiq bir oyda ommaga tez tarqalib xit taronaga aylanadi. So'ng "Chiroylisan tengi yo'q" qo'shi
...
Читать дальше »
|
Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi" fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda "Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar", "Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va "Sevma", "Sen kettin
...
Читать дальше »
|
Zarba guruhi 2009-yil may oyida tashkil topgan. 2010-yilda esa "Sen bilan bo'lsam" qo'shig'i bilan o'z ijodini boshladi. Bu guruhning xit taronalari esa "Duv-duv gap", "Digi-digi", "Maktab" va O'zbekiston Respublikasining Mustaqillikk bayramining 20-yilligi munosabati bilan "Vatanim" qo'shiqlari xit taronalar pog'anasidan joy egalladi. Hozirda bu guruhning 20dan oshiq qo'shiqlari va 7ta kliplari o'z muhlislariga havola etilgan. Yangi 2012-yilga esa ushbu guruh yangi albomlarini o-z muhlislariga yangi yil tuhfasi etib hadya etish arafasida.
|
Ziyoda Qobilova 1989-yil 7-yanvar kuni Toshkentda tug'ildi. Bolaligidan Ziyoda Yulduz Usmonovaning qo'shiqlarini kuylab yurardi. Maktabdan so'ng xonanda Xamza nomidagi musiqa kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Ziyodaning xit taronasi "Xay Layli" qo'shig'i bo'lgan. So'ng "Sevmaganman", "Tinch qo'y" qo'shiqlari ham xit bo'lgan. Hozirgi kungacha xonandaning 3 albomi bor. Bular, "Super kelinchak", "Dilda baxt to'la" va "Yuragimsan" nomli albomlardir. Xozirgi kungacha xonandaning 30 ga yaqin kliplari bor va 60 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etdi. Ziyoda bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdi. 2007-yil M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi ayol qo'shiqchisi" nominatsiyasi, 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. Xonanda bir qancha estrada xonandalari Oybek Alimov, "Bojalar" guruhi, Sirojiddin Xojiyev, "Fazo" guruhi, "Radius-21", Davron Ergashev, Otabek Mutalxo'jaev, Alisher Uzoqov va Samandar Xamroqulovlar bilan ham duet kuylagan. Bundan tashqar
...
Читать дальше »
|
Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni
...
Читать дальше »
|
DILNOZA KUBAYEVA 1986 yil 22 NOYABRDA TUG`ULGAN XOBBISI- OTKRITKA YIG`ISH USTOZLARI -MUNAVVAR ABDULLAYEVA, XAYRULLA SADIYEV Кубаева Дилноза Окилбековна родилась 22 ноября 1986 года. По гороскопу - стрелец. Закончила факультет драматического и кино актерства Ташкентского государственного института Культуры. любит слушать музыку и быть в кругу семьи. Хобби - коллекционирование открыток. Дилноза левша. Актёрским искусством увлеклась еще в школе - выступала в школьных постановках. Позднее, хотя семья Дилноза не актерская, поступила в институт Культуры с твердым намерением стать актрисой. Там прошла обучение и настоящий мастер класс у Мунаввара Абдуллаевой и Хайрулла Саъдиевых. Получила известность после постановки спектакля "Андишали келинчак" Мунаввара Абдуллаевой
|
АЛИШЕР УЗОҚОВ: Кўп аҳмоқона ишлар қилганман.
1. Мактабда сизни қандай аташарди?
Алиш.
2. Тилингиз чиқиб, айтган илк сўзингизни биласизми?
Бувииии.
3. Уйқудан уйғониб, қиладиган биринчи ишингиз?
Уйқусирайман.
4. Тилла балиқчани тутиб олсангиз, қандай учта тилак айтардингиз?
1. Тинчлик бўлсин. Шунда ҳамма қилмоқчи бўлган ишларини амалга ошира олади. 2. Қолганини ўзим амалга ошира оламан деб айтардим. 3. Раҳмат айтиб, телефон рақамини сўрардим. Керак бўлсангиз, учинчи тилагимни айтаман дердим.
5. Ўзингизни берадиган таърифингиз?
Ўзимга ҳеч қачон таъриф бермайман.
6. Жозибангизни таъминлайдиган учта хусусият?
Men жозибали эмасман.
7. Танангиздаги энг севимли аъзо?
Ҳаммасини яхши кўраман. Агарда бирортасини айтадиган бўлсам, қолганлари хафа бўлиб қолиши мумкин.
8. Қачондир қилган энг аҳмоқона ишингиз?
Кўп аҳмоқона ишлар қилганман. Уларни эслашни хоҳламайман.
9. Биринчи марта қачон севиб қолгансиз?
Ҳеч қачон.
10. Романтикани қандай тасаввур қиласиз?
Романтика яхши нарса б
...
Читать дальше »
|
Ruhshona 1994-yil fasllarning kelinchagi bo'lmish bahor oyining 21-mart kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topdi. Maktab vaqtidan xorij qo'shiqchilari Selin Dion, Toni Brekston san'atlariga juda qiziqib, ularning qo'shiqlarini kuylab ham yurardi. Shuning uchun hammi hozirda Xamza nomidagi musiqa kolejjida o'qiydi. Kelajakdagi orzusi kollejdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kirmoqchi. Nega desangiz, Ruhshona nafaqat qo'shiq kuylaydi, balki bir nechta filmlarda ham suratga tushib o'z ijodiy qirralarini ochmoqda. Javlon Shodmonov, Jahongir Poziljonovlarning "Kichkina xo'jayin", "Shaddod qiz", "Enagalar", Jasur Shametovning "Uchrashuv" filmlarida suratga tushdi. Ruhshonaning xit taronasi "Yuragim" va "Azizim" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonanda 20dan ortiq qo'shiqlari, 6ta klipi va bitta "Azizim" nomli albomini o'z muhlislariga havola eta oldi.
|
Ravshan Komilov 1964-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan u qo'shiq aytishga qiziqib 4-sinfdan qashqar rubobida qo'shiq kuylab ham yurgan. Xonanda musiqa maktabi, undan so'ng esa Madaniyat texnikumini bitiradi. Musiqa va madaniyat sirlarini a'lo baholarga o'zlashtirgan Ravshan Komilov Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi. Ilk ijodini u 1987-yilda Toshkent Davlat Universitetining sahnalarida, tadbirlarda boshlaydi. Xonandaning "Odam bo'laylik", "Qarab qo'y", "Tango", "Yurishlaring yoqadi", "Ozodani sevaman" va M.Asalxo'jaeva bilan birgalikda duet shaklida kuylagan "Xech kim bilmasin" qo'shiqlari muhlislar tomonidan a'lo baholanib xit qo'shiqlar qatorinidan joy olgan. Xozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shiqlari 30ta klipi va 10ta albomi bor. Albomlari "Odam bo'laylik", "Erka qiz", "Ozoda", "Sevib qoldim", "Odamlar", "Dunyo" deb nomlanadi. Ravshan Komilov bir qator filmlarda ham suratga tushgan. Bular, rejissyor Lutfulla Sa'diyevning O
...
Читать дальше »
|
O'lmas Olloberganov 1971-yil 25-iyul kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tavallud topdi. U Kogondagi 5-o'rta maktabda tahsil ola boshladi. 4-sinfdan esa musiqa maktabining xalq cholg'ularidan qashqar rubobi bo'yicha tahsil oldi. Maktabdan so'ng esa Buxoro Davlat musiqa bilim yurtining xalq cholg'ulari fakultetiga o'qishga kiradi. Xonanda bilim yurtida 4 yil davomida o'qib, ushbu bilim yurtini qizil diplomga tamomladi. U xalq cholg'u ko'rik tanlovlarida mutloq g'olibliklarni qo'lga kiritgan. 1990-yil Toshkent Davlat Konservatoriyasiga imtiyozlari bo'lgani uchun imtihonsiz qabul qilinadi. U Sharq kafedrasining an'anaviy ijrochilik fakultetini tamomlaydi. O'qishi davomida mintaqaviy xalqaro maqomchilar ko'rik tanlovlarida ham ishtirok etib, mutloq g'olib bo'ladi. Ilk ijodini u 1995-yilda Fuzuliy g'azali bilan kuylangan "Qurbon o'lam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit taronalar qatoridan joy oldi. Keyingi xit taronalari esa "Parizod", "Kutaman", "Lola", "Xorazm lazgisi" va eron
...
Читать дальше »
|
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974-yil mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan. 1994-yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002-yildan buyon "O'zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi Davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini, 2005-yil 15-16-aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari "Sening darding…”, 2007-yil 7-apreldan 14-aprelga qadar "Diydor shirin”, 2008-yil aprelda "Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda "Yaprog'imiz azim chinorning”, 2009-yil 4-apreldan 24-aprelga qadar "Mushtarak manzil”
...
Читать дальше »
|
Otabek Mutalxo'jayev 1984-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz" fakultetini tamomladi. Otabek Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga boradigan vaqtlaridanoq unga qo'shiq aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini 2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va "Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga baraka" nomli albomlari bor. Otabek Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay, balki NTT telekanalida "25 kadr" kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda "Yangi yil" bayramiga bag'ishlab "Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan tashqar
...
Читать дальше »
|
Oybek va Nigora. Nigora Ismailova 1988-yil 12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga qiziqqan Oybek ham Xamza nomidagi musiqa kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media" tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi g'olibi bo'lishgan va 2005-yilda bu guruh tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun", "Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar. Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va "Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda 50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar. Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki kinofilmla
...
Читать дальше »
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|