# Jasur
Alvido, sog'inchga yo'q davo.
Sabrga yo'q toqat..
Tomog'ingdan ovqat,
o'tmay qo'yar ekan kelganda yolg'izlik,
ketganda bevafo,
yetmas ekan hatto havo...
Alvido..
Alvido, chaqirmaydi qo'ng'iroq,
suhbat qurishga yo'q yaqin,
yo'q yiroq,
faqatgina honam uzra sochilib yotadi
suratlaring,
va qarab turgan ko'zlaring..
# Shoxrux
Kechagi kun, hech qachon bo'lmas bugun,
Ertangi kun, hech qachon bo'lmas kecha..
Qachongacha sevding yuraging tubigacha,
Kechir mani, tegib ketgan bo'lsam
joningacha..
Daraxt edim, barglari to'kilayotgan,
ketib ildizimdan torting,
nozik nuqtamni bilgan
qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,
hatto to'g'ri kelmasa ham..
# Zohid
Alvido-o-o, ko'zlari qoram, so'zlari donam,
ketar bo'ldi bevafo..
Alvido-o-o, ko'zlari qoram, yetmadi nolam,
ketar bo'lding bevafo..
Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir birimizga yoqmay qo'ydik tunlar ham..
Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir birimizga yoqmay qo'ydik tunlar ham..
# Jasur
Alvido-alvido-alvido-alvido...
# Shoxrux
Alvido, hali sog'inasan,
kelib bir kun,
yorug' kunlaringni yopganda qora tun,
qo'llarimni sog'inganda qo'llaring,
o'shanda manga etgan so'zlaringni eslagin..
Kichkina hato hech qachon bo'lmas kotta,
Kotta hato hech qachon bo'lmaydi kichkina.
Kimdur kotta hatolarni kechiradi,
kimdur kichkinasini ham kechirolmaydi..
# Jasur
Alvido, sanga faqat tilayman omad,
san esa mani omadimdan kuyarding faqat,
agarda mayda chuyda narsalar bo'lsa sabab,
o'zga choram yo'q tilashdan ortiq sanga
baxt..
Alvido, vaqt o'tib ketdi bir zumda,
endi hech qachon kutmayman derazang
tagida,
oldin har kun kutardim, ko'ray deb
ko'zlaring,
bugun bilsam hatto qolmabdi so'zlaring..
# Zohid
Alvido-o-o, ko'zlari qoram, so'zlari donam,
ketar bo'ldi bevafo..
Alvido-o-o, ko'zlari qoram, yetmadi nolam,
ketar bo'lding bevafo..
Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir birimizga yoqmay qo'ydik tunlar ham..
Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir birimizga yoqmay qo'ydik tunlar ham..
Alvido-alvido-alvido-alvido....