Ishani uyg'onib o'rnidan turadi. Dishadan nega xonadaligini so'raydi. Disha shunchaki aylanib chiqqanini va Ishani uchun limon sharbati olib chiqqanini aytadi. So'ng Ishaniga katta xato qilib qo'yganini, otasining suratini esdan chiqarib qoldirganini aytadi. Ishani "Bu otamning eng yaxshi surati edi. Uni Ranvir maxsus tayyorlagan edi" deydi. Disha uni olib kelmoqchiligini lekin axvoli yaxshimasligini aytadi. Ishani suratni o'zi olib kelishini aytadi va Ranvir xonada yo'qligidan hayron bo'ladi. Disha uni ko'chaga chiqib ketganligini, kayfiyati yaxshimasligini aytadi.
Ishani ofisga boradi. Uni endi ofisdan chiqib kelayotgan qorovulga duch keladi. Qorovul u bilan birga kirishini aytadi. Ishani shart emas deb ofisga o'zi kirib ketadi. Shu payt orqa eshikdan chiqib ketayotgan Ranvir Ishanining mashinasini ko'rib qoladi:
- Bu Ishanining mashinasiku. U bu yerga qanday kelib qoldi?
So'ng qorovulni chaqiradi. Undan mashinada kim kelganini so'raydi? Qorovul Ishani kelganligini va ofisga, tepa
... Читать дальше »