Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 12 Гостей: 12 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Декабрь » 05
Samsung va Apple kompaniyalari 2011 yildan Janubiy korealiklarni iPhone dizaynini ko'chirirganlik borasida sudlashib keladi. Bu jarayon nihoyasiga etib qoldi va Samsung 10 kun ichida Apple kompaniyasiga 548 mln dollar miqdorida tovon puli to'laydigan bo'ldi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
2011 yildan boshlangan ushbu mojaroda Apple kompaniyasi Janubiy korealiklardan turli miqdordagi tovon puli talab qilib kelishdi. Boshida Apple 2,5 mlrd dollar, so'ngra 1 mlrd dollar talab qildi. Va nihoyat Samsung kompaniyasi shu summaning yarmini to'laydigan bo'ldi.
Samsung kompaniyasining Apple dan “o'g'irlagan” texnologik tomoni suratlarni kattalashtirish uchun ekranga ikki marta bosish hamda turli ko'rinishdagi multi-ishoralar etib ko'rsatilgan.
|
Toshkentlik 22 Botirbek Mansurov o'z tengdoshi va do'sti, bir mahallada o'sgan Ahror Vosievni pichoqlab o'ldirib qo'ygani uchun sud tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, ular o'zaro hazillashib yurishgan va yaqin do'stlar hisoblanishgan. Ammo bir kuni hazil jiddiylashib ketgan, natijada Vosiev Mansurovga ikki musht tushirgan. Bunga chiday olmagan Mansurov pichoq olib chiqib, do'stining ko'kragiga urgan. Kutilmagan zarabadan esankirab qolgan Vosiev qocha boshlagan, ammo qotil uni quvib etib, yana zarbalar bergan.
|
Rossiyaning Nevsk tumani huquq-tartibot idorasi xodimlari O'zbekiston fuqarosining halokati borasida tekshiruv ishlari olib bormoqda.
“Fontanka” nashri bergan ma'lumotga ko'ra, voqea 4 dekabr tungi soat birda “Rusanov” ko'chasida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 41 yoshli erkak o'zi ro'yxatdan o'tgan uyning beshinchi qavatdagi derazasidan pastga sakragan.
Olgan jarohatlari bois u voqea joyida halok bo'lgan. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
|
O'zbekiston milliy domen hududi ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, UZ hududidagi domenlar soni 4 dekabrda 25 mingdan oshdi.
Shu yil boshidan beri (19,1 ming domen) o'sish 5780 domen nomini yoki 124 foizni tashkil qildi. Bu vaqt ichida 11,1 mingdan ko'proq yangi domen nomi ro'yxatdan o'tkazilgan va deyarli 5400 domen o'chirib tashlangan.
Statistikaga ko'ra, barcha domenlarning 45 foizi jismoniy shaxslarga tegishli bo'lib, 88 foiz domenlar O'zbekiston rezidentlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan. Xostingda 70 foiz domen nomlari yozilgan, ulardan yarmi O'zbekiston ichida joylashtirilgan.
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|