Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июль » 5 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (02.07.2015)
21:04
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (02.07.2015)
Asosiy lavhalar:
Ishani polga joy solib uxlashga urinadi o'zini u yoqqa, bu yoqqa tashlayveradi. Buni RV kuzatib turadi va Krovatda yotsang bo'laveradi deydi. Ishani yostiq va to'shaklarini yig'ishtiradi. Ranverni yoniga keladi. RV polda yotaverishini aytadi. Keyin to'shakda turgan uzukka ko'zi tushadi. Uni olib Ishanining qo'liga tutqazadi. Kompyuterini joyidan oladi va krovatni bo'shatib qo'yadi. Ishani bundan hayratga tushadi. Sekingina krovatga yotib oladi. Krovatga yotgan payti Ranvir bilan raqsga tushgan paytlari hayolidan o'tadi. RV soatga qaraydi. Tungi soat 00:05. Sekin tashqariga chiqib ketadi.

Disha Rishiga tel qiladi.

Disha: - Rishi menga quloq soling, men homiladorman. Qornimda sizning bo'langizni ko'tarib yuribman. Rishi:
- Yo xudoyim! Xazillashmayapsanmi? Sen qanaqasiga ishonch bilan gapiryapsan men bolam ekanligini aytyapsan? Disha bola aniq undan ekanligini aytadi. Rishini sevishini aytadi. Rishi esa uni sevmasligini, shunchaki o'ynash qilganini, bolani oldirib tashlashini aytadi va telefonni o'chirib qo'yadi.

Ranvir zalda Dishani yurganini ko'rib qoladi. Kechasi nima qilib yurganini so'raydi. Disha ularning oilasiga aralashmaslgini aytib RV bilan tortishib qoladi va tashqariga chiqib ketadi. Bu holatni tepada Ishani kuzatib turgan bo'ladi. Dishani ortidan boradi. Ranvir bilan nima haqida suxbatlashganini so'raydi. Disha jaxli chiqib hayotiga aralashmasligini aytadi. Ishani esa: - Men sendan shunchaki RV bilan nima haqida gaplashding deb so'radim holos. O'zi muammolarimiz yetarli. Sharmanning firibgarligi shunday gaplar bilan ular tortishadi.

Tong otdi. Ishanining oilasi Sharmanni mojarosini muhokama qilish bilan band.

Ishani esa o'yga to'lgan: Ranvirdan Sharmanni qamoqqa jo'natmasligini so'rashim kerak. Shu payt Ishanini tezroq borishini Sharmanni poltisiya qamoqqa olib ketayotgani aytgani keladi. Ishani yugurgancha ularning oldiga boradi. Politsiya Sharmanning qo'liga kishan soladi. Falgoni RV ularga tushuntirishini Sharmanni hibsga olmasliklarini iltimos qiladi. Ishanining buvisi Politsiyaga tushuntirishga harakat qiladi lekin Politsiya Sharmanni xonadan olib chiqib ketishadi. Ishani jon holatda yugurib chiqadi va RV yoniga keladi. Politsiya Sharmanni kishanlagancha uni zalga olib keladi.

Ishani:
- Aka! Inspektor iltimos akamni qo'yib yuboring. U hech qanday yomon ish qilmadi. Iltimos, uning hamma malumotini tekshiring. Bank hisoblarini ham. Iltimos uni qo'yib yuboringlar. Iltimos! Yig'lagancha Ranverga yuzlanarkan: - Ranver iltimos ularga ayt. Akam hech nima qilmaganini ayt. Iltimos Ranvir, sen... Sanjiv Zaveriga qarab: - Amaki, amaki siz ayting. Uni qo'yib yuborishsin. Iltimos, Kim unga yordam beradi. Ishani yana Ispektorga yig'lab yolvoradi. Inspektor bu ish Politsiya mahkamasida hal bo'lishini aytadi. Shu payt Ranvir: - Inspektor shoshmang. Mening Sharmanda gapim bor - deydi. U Sharmanga ishonganini, ishonchini yo'qotganini va nega bunday qilganini aytadi. RV hammaning oldida shunday gaplar aytadiki, hamma hayratga tushadi. Sharmanga gapirib bo'lgach, RV kutilmaganda yonida turgan Rishi yuziga qattiq tarsaki tushuradi. Hamma birdaniga og'zi ochilib qoladi.

Rishi:
- Tinchlikmi xo'jayin! Nega meni urdingiz? Men firibgarlik qilmadim. O'g'irlikni sizning do'stingiz qildi. Ranver ikkinchi bor Rishining yuziga tarsaki tortadi. Bu holatdan hamma yanada hayratga tushadi. Ranvir:
- Sen Sharmanni avval ham ayblaganding. Uni endi qaytib o'g'ri dema! Men bilaman. O'g'ri sensan. Tashkilotni pullarini sen o'g'irlagansan. Rishi:
- Siz meni isbotsiz ayblay olmaysiz. Sanjiv Zaveri: - Sen buni o'zingni o'g'irliging bilan isbotlading. Sen yana qanday isbotni xoxlaysan? Ranvir:
- Biz sendan qachon o'g'irlangan summani so'radik. Sen hisobni tekshirmasdan turib, 5million rupiy olganini aytyapsan. Sen hisobni tekshirmasdan turib aniq summani qayerdan bilding? Faqat tovlamachigina haqiqiy summani aytishi mumkin. Rishivir
Men buni shunchaki aytgandim. shunchaki tasodifan. Ranvir: - Tasodif emas. Bu sening niyating edi. Biz seni ochko'z ekanligingni Janob Zaveri ikkalamiz kechagi tunda tushunganmiz. Paletsiyachilar Rishini olip ketishadi.

Ishani xonasida o'yga toldi: - Ranvir u Sharmanni qutqardi, unga yordam berdi. Men esa unga hatto "Rahmat" ham aytolmadim. Men buni qanday aytaman. Xonaga Ranver telefonda suxbatlashib kirib keladi: - Xa Janob Zaveri. Ha, hujjatlar menda. Hozir tekshiraman. Xa, men ularni tekshiraman va sizga beraman. Xa, ho'p ko'rishguncha. Ishani asta uning oldiga boradi:
- Ranvir!
Ranvir:
- "Rahmat" aytmoqchimisan. Xo'sh gapir. Bu qiyin emas! Ishani o'ylanib qoladi. RV xonadan chiqib ketoyatgan payt Ishani unga:
- Ranvir! Men sen haqingda noto'g'ri o'ylabman. Ikkalasi suxbatlashadi. Anchagina suxbatdan so'ng Ishani "Rahmat" deb aytadi. RV unga doim kulib turishini va hammasi shu uchunliigini aytadi. Ishanining yuziga tabbassum yuguradi.
Категория: Senga Oshiqman | Просмотров: 2078 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz