Главная » 2015»Июль»5 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (04.07.2015)
21:22
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (04.07.2015)
Asosiy lavhalar:
Falguni Ishaniga maslaxat beradi. So'ng Dishaning holatidan biroz havotirda ekanini aytadi.
Lakshmi va Amba bo'lgan voqeani
suxbatlashib turishadi. "Ishani homilador bo'lmasa unda kim bo'lishi mumkin?" deyishadi
Shu payt ro'paradan Parul o'tib qoladi. Amba Lakshmiga ishora qilib "Balkim sening qizingdir deydi.
Lakshmi:
- Mening Parulim? Opajon, men yaqinda buvi bo'lishimni bilmasdim. Hoy Parul! Shoshma!
Parul!
U shunday degancha Parulni Ambaning yoniga olib keladi. Lakshmi va Parul biri tog'dan, biri bog'dan gapirib oxiri Parulga
test o'tkazishini majburlaydi. Birozdan so'ng vannaxonadan Parul ham chiqib testni oyisiga beradi. Oyisi Parul xomiladormasligidan xursand bo'lib ketadi. Parul oyisiga nega bunday qilganini jaxl bilan gapiradi. Lakshmi buni sekingina
Ambaga to'nkab qo'yadi. Parul jaxl bilan ularning oldidan ketadi. Ular
hayratga tushishadi: "Parul ham homilador emas? Ishani ham aniq homiladormas. Unda bu uyda kim homilador?" shu gaplardan so'ng ikkovi ham Dishadan gumon qilishadi.
Disha doktor yoniga boradi. Doktor unga kech bo'lganini homilani abort qilib bo'lmasligini aytadi. Disha doktorga yalinib
yolvoradi. Shu masala bo'yicha gaplashib turishganda Ishani kelib qoladi. Ularni gapini eshitib turadi.
Disha doktorga oilangdagilar buni biladimi? deydi Ishani "Men bilaman" deydi. Disha hayratdan
unga qaraydi. Ishani uning yoniga o'tiradi.
Ishani:
- Men uning katta opasiman. Uning homiladorligi haqida men bilan gaplashishingiz mumkin.
U Dishaga qaraydi qo'lidan ushlab unga dalda beradi. Ishani unga katta xato qilganini, nega uni yashirganini, bu muammoni yashirmasligini uni xal qilish
kerakligini aytadi. Disha yig'lagancha Ishanini quchoqlaydi.
Ishani:
Sen bu haqida Rishiga aytdingmi?
Disha;
- Ha unga qo'ng'iroq qildim lekin u...
Ishani:
- Nima lekin. Disha gapir, U nima dedi.
Disha yig'lagancha:
- U aytdiki, meni sevmas ekan. Kimdir iltimos qilgani uchun menga yaqinlashgan ekan. U
mening hayotimni barbod qilishni xoxlagan ekan. Xayotimni barbod qildi. Ishani Dishaga buni hal qilishi kerakligini aytadi.
Ular politsiya idorasiga borishadi. Shu payt Ranvir Ishaniga telefon qilib qoladi. Ishani o'ylanib: "Qayerdasan desa nima deyman"
deb, Dishaga "Hozir kelaman" deydi. Telefonni olishi bilan Ranvir yana:
- Hoy Sanni sen qayerdasan?
Ishani;
- Men tez orada boraman, Biror ishingiz bormi?
Ranvir:
- Seni oying so'ragandi. Manasning oilasi tushlikdan so'ng kelishar ekan.
Ishani:
- Manasning oilasi?
Ranvir:
- Ha, ular Dishaning to'yi haqida
gaplashmoqchi.
Ishani:
- Ranvir, Disha....
Ranvir:
Allo, Sanni, hammasi joyidami? Ha aytgancha,
Sen qayerdasan?
Ishani:
- Biz Disha bilanmiz. Tez orada boramiz.
Ishani telefonni o'chiradi. Ranvir hayron
bo'ladi:
- Qiziq. U ikkalasi qayerda. Nimaga
Ishanining ovozi xavotirli?
Ishani bilan Disha Rishining yoniga borishadi. Ishani unga nega bunday qilganini aytadi va bu ishni kim buyurganini
so'raydi. Rishi esa unga bu ishni Ranvir buyurganini aytadi!...