Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 9
Гостей: 9
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июль » 5 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (06.07.2015)
21:28
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (06.07.2015)
Asosiy Lavhalar
Kechaga hamma yig'ilgan edi. Ranvir Dishaga tilaklar bildiradi. Bu bazm uniki ekanligini aytadi. Disha esa qamoqxonadagi gaplardan so'ng Ranvirnibu gaplaridan yomon ko'radi. Ranvir xonasida Zaveri aytgan yangi ishchini qabul qiladi. (Bu ishchini hammamiz taniymiz) Shu payt xonani eshigini taqillatib Ishani kirib keladi. Ranvir yangi ishchi bilan Ishanini tanishtiradi. Bu Ishanining xaqiqiy otasi edi.

Ranvir Bazm qilayotganini aytib hujjatlarni Nitinga beradi va xonadan chiqib ketishadi. Ranvir telefonda Zaveri bilan gaplashib bo'lgach Dishaning ikki dugonasi kirib keladi. Ranvirni kamsitib, Uni bir paytlar Ishanining ishchisi bo'lganini aytadi. Ranvir juda g'alati bo'lib ketadi. Qizlar Ranvirning qo'liga kalitni tutqazishib uni masxara qilishadi. Ishani zalda yurgan otasi bilan to'qnashib ketadi. Ularning suxbatlashib turganini Falguni ko'rib qoladi. U Ishanini bazmga chiqishini aytadi. Ranvir moshinani chetga olib qo'yish uchun tashqariga chiqadi. Mashinaga o'tirib uni yurgazmoqchi bo'lganda Ritika kelib qoladi. Nega begona mashinaga o'tirib olganibni so'raydi.

Disha dugonalari bilan anchagina g'iybatlashadi. Falguni Nitindan nega bu yerga kelganini so'raydi. U bu yerga ish uchun kelganini aytadi. Dishaning dugonalari Ranvirni ustidan kulib uni birovning moshinasini avtostoyankaga joylayotgan paytini rasmga olib gazetaga chiqarishni aytishadi. Bu gapni Ishani eshitib qoladi. Ulardan Ranvirni so'raydi. Ular Ranvir avtostoyankada deyishadi. Ishani yugurib chiqib Ritika bilan Ranvirning oldiga boradi. Ranvirni qo'lidan sudrab bazmga olib kiradi: - Kechirasizlar! Bu Mening erim RV. Hamma hayron bo'ladi.
Ishani:
- Sizlar u haqida eshitgandirsizlar. To'g'ri'mi? U Mumbayning taniqli biznesmeni. Yilning yosh millioneri. U haqida eshitganmisizlar? U shu kechaning ho'jayini. U hizmatkor emas, Bu uyning ho'jayini. Nima bo'ldi. Hechnima demayapsizlar? Uni haydovchi demanglar. Undan hechnima so'ramanglar. Nima bo'ldi? Bu gapdan hammaning og'zi ochilib qoladi. Dishaning dugonalari esa yerga qarab qoldi. Ishani Ranvirni maqtaydi. Hamma bu gaplardan ajablanadi. Ishani Ranvir pullari og'ir mehnat qilib topganini aytadi. Dishaga dugonalari Ranvirdan uzr so'rashini aytadi.
Ranvir:
- Qo'yaver Ishani Ular meni RV ekanimni bilishmagan shundaymi? Dishaning dugonalari buni bilmasligini aytishadi va Ranvirdan uzr so'rashadi. Ishani Ranvir bilan biroz suxbatlashadi. Ranvir Ritika kelganini aytadi. Ishani Ritika bilan quchoq ochib ko'rishadi.

Lakshmi inglizchani o'zicha qotirib gapira boshlaydi. Dishaning oldiga boradi va Ranvir bilan Ishani nega baxtli ekani, chunki to'ylaridan oldin Sexrli sharbat ichirganini aytadi. Disha Miteshni chiqaradi, Lakshmi nima haqida gapirganini so'raydi. Mitish buni unchalik tushunmasligini aytadi. Disha esa Lakshmining oldiga boradi va undan sharbat so'raydi. Lakshmi unga yordam berishini aytadi. Disha sharbatni yashirib olib keladi. Disha stakanlarga sharbatni quyadi. So'ng Ranvirning oldiga borib, dugonalarini qilig'i uchun uzr so'raydi. Ularni sharbat ishgani taklif qiladi. Manas va Sharmanga oddiy sharbat beradi. Ranvirga esa har safar Lakshmi bergan sharbatdan beradi. Ranvir biroz boshi aylanadi. U mast bo'lib qolgandi. Davraning o'rtasiga chiqib olib jinnilik qila boshlaydi. Uning bu harakatlari hammani hayron qoldiradi. Lakshmi Dishani chaqirib Ranvirga sharbatdan berdingmi deydi. Disha esa xato qilganini aytadi. Ranvir esa davraga barabanchilarni chaqiring o'ynaymiz deydi. Barabanchilar baraban chalib kelishadi. Ranvir esa jinnilarcha davraning o'rtasida raqsga tushadi. Ishani ham uning yoniga boradi va u bilan raqsga tushadi. Hamma birgalashib davrada raqsga tushishadi. (Shu yerda barabanchi ko'zimga issiq ko'rindida, siz kim deb o'ylaysiz?) Ranvir raqsga tusharkan yonida quvonch bilan o'ynayotgan Ishaniga ko'zi tushadi va unga tikilgancha Nikoh bazmidagi va boshqa kulguli laxzalarni eslashadi...

Muallif: Maftuna (Iforzoda)
Категория: Senga Oshiqman | Просмотров: 2461 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz