Главная » 2015»Июль»14 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (14.07.2015)
14:51
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (14.07.2015)
Asosiy lavhalar:
Ranvirni suxbatini eshitgan Ishani shokga tushadi. o'ziga kelolmaydi. Demak rost ekan! Ranvir otamni qotili! Otam unga ishonardi, u
esa otamni o'ldirgan ekan, Men uni aybini isbotlovchi dalil topishim lozim. Buni albatta
topaman! U qilmishiga yarasha jazo olishi lozim, deb Chirakga qo'ng'iroq qiladi va uning uyida ko'rishishni so'raydi. Shundan
so'ng Ishani yugurgancha uydan chiqib ketadi. Chirakni oldiga shoshadi!
Ishanini chiqib ketishini Disha ko'rib qoladi, Unga Chirak qo'ng'iroq qilib, Ranvirni onasini uyiga olib kelishini va Ishanini shu yerdaligini ko'rsatishini, aytadi. Disha rozi bo'ladi, ammallab Ambani ko'ndirib, olib ketadi.
Chirakni uyida esa Shanela bor edi. U Chirakga boshqa yolg'onlariga uchmasligini, u bilan uchrashgani atayin akasi kelayotganini aytadi. Chirak qo'rqib ketadi. Akang kelyapti? Bu uchrashuvni biroz
kechiktirishni so'raydi. Shanela esa: yo'q bugun ko'rashasizlar, deydi. Chirak avrashga tushadi. Shu payt Ishanining mashinasi kelib to'xtaganini sezadi. Chirak Shaneladan unga so'ngi bor
ishonib, Ishani ketguncha biroz o'tirib turishini aytadi va xonaga olib kirib, ustidan quluflab qo'yadi.
Ishani Chirakni uyi yonida turardi. Shu payt Disha Chirakni uyi yonida huddi tasodifan Ishanini ko'rib qolgandek to'xtaydi va Ambaga ana IShani deb ko'rsatadi. Amba
hayron qoladi, va bu kimni uyi deb so'raydi. Disha yolg'ondan azgina o'ylab, adashmasam bu Chirakni uyi deb aytadi. Ambani joni chiqib ketadi, men bu haqida
Ranvir bilan gaplashishim lozim, buni ortiq ko'rib o'tirolmayman. Uyga hayda deydi. Ishani esa Chirakni uyiga kiradi, undan
otasini o'limi yuzasidan dalillarni so'raydi, Chirak esa Ranvirdagi meni hujjatlarim evaziga ularni berishini aytadi.
Ishani rozi
bo'ladi va uyga birga borib, hujjatlarini olib kelishga kelishishadi. Ular birga uydan
chiqib ketishadi! Buni Shanela ko'rib qoladi, Chirak yana
Ishanini aldamoqchiga o'xshaydi, men bunga yo'l qo'ymasligim lozim, biror narsa qilishim kerak, bu haqida Ranvirga aytaman,
deydi. Xonadan chiqishga urinadi. SHanela derazadan chiqadi va Chirakga qo'ng'iroq qilib: Bu sizga oxirgi bor ishonishim edi. Lekin endi sizga ishonmayman. Men barchasini Ranvirga aytaman. Men bilaman, siz Ishaniga qarshi
nimadurni rejalashtirgansiz. Endi sizni hech kim qamoqdan qutqarib qololmaydi, Chirak!,
deb go'shakni qo'yib qo'yadi.
Chirak Ishaniga mashinasi buzilganini va Ishanining mashinasida ketishishni aytadi.
Kuchli yomg'ir yog'moqda Ishani, kalitni menga ber, o'zim boshqaraman, deb Chirak Ishanining mashinasini haydaydi.
Shanela esa kuchli yomg'irda ko'chada, katta yo'lda biror bir taksi o'tishini kutardi. Ammo
hech bir mashina to'xtamasdi. U o'zi yurishda davom etadi. Chirak esa uni qanday qilib bo'lmasin to'xtatish kerakligini aytadi.
So'ng yonida o'tirgan IShaniga
sezdirmasdan, Mashinani orqaga qarab haydaydi va Shanelani urib ketadi. U yerdagi odamlar Shanelaga yordam berishadi va
mashina raqamini ko'rib qolishadi. Shanelaning axvoli juda og'ir edi. Uni kasalxonaga olib ketishadi.
Ranvir esa ofisida Ishaniga gapirgan doktor ayol bilan suxbatlashardi. Ranvir: Demak Ishaniga o'sha tunda Xarshad
Parekx bilan bo'lgan insonni siz
ko'rsatdingizmi? Shifokor: Ha
Ranvir: Siz noto'g'ri qilgansiz. Siz unga hech narsa aytmasligingiz kerak edi. Endi u mendan shubxalanmoqda. Men unga
haqiqatni aytolmayman. U haqiqatni bilmasligi kerak. Qaniydi siz u bilan uchrashmaganingizda. Endi meni u yana biror bir narsani bilib qolishiga yo'l qo'yolmayman deydi. Shu payt Niten kirib qoladi va sen uni to'xtata olmaysan, deydi. Shunda shifokor ayol: Janob Ranvir o'sha kuni Xarshad Parekni shu inson olib kelgandi, men Ishaniga shu odamni ko'rsatgandim. Lekin nega Ishani sizdan shubxalangani men chunmadim. Ranvir: Siz o'sha kuni
Panchevishvardamidingiz?
Niten: ha Shifokor ayol: Menimcha endi men ketsam ham bo'ladi, deb chiqib ketadi. Ranvir hamda Niten birga suxbatlashishadi.
Niten: Men sizga o'sha kuni Falguni ikkimiz ham Panchevishvarda bo'lganimizni
aytmagandim. Falguni siz ikkingiz
munosabatingizni o'zi ko'rmoqchi edi. Ishani sizni ko'rgani kasalxonaga borganda, men ham o'sha yerda edim.
Ranvir: Demak, shifokor ayol sizni
ko'rsatgan, lekin Ishani meni ko'rgan.!
Niten: Ha, shu sabab u sendan
shubxalanmoqda, sen unga bor gapni aytishing lozim!
Ranvir: Yo'q, men unga bor gapni ayta olmayman! Men o'sha tunda Janobga vada berganman! deydi, va o'sha kungi voqeani eslaydi. O'sha tunda Ranvir Xarshad Parekni ko'rgani yoniga kelgan bo'ladi. Ular suxbatlashishadi. RV janob Xarshadni fond birjasini katta pul yo'qotgani haqida habar
topib kelgan bo'ladi va janobga boshqa tushkunlikga tushmang, hammasi yaxshi bo'ladi, men sizni bankdagi hisobingizga pul o'tkazdim, bu pullar bilan siz yangi aksiyalar sotib oling, yangitdan boshlang hammasini, deydi. Xarshad Parek: Endi men hech narsadan tashvishlanayman. Chunki sen yonimdasan.