Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июль » 15 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (15.07.2015)
06:04
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (15.07.2015)
Asosiy lavhalar:
Politsiya Ranvirga uning nomiga ro'yhatga olingan mashina odam urib yuborganini aytadi. Ranvir bu qayerda bo'lganini so'raydi. Politsiya Churchgatda bo'lganini aytadi. Ranvir o'ylanib qoladi: "Agar buni Ishani qilganini bilishsa, unga qarshi ish ochishadi". Ranvir aybni bo'yniga oladi. So'ng bemorni ko'rgani boradi. U bemorni Shaneyla ekanini biladi. Doktordan uning axvolini so'raydi. Doktor uning axvoli yaxshimasligini, ko'p qon yo'qotganini aytadi. Ishani hujjatlarni olib ketayotsa, uning mashinasini tekshirayotgan ikki politsiyachi uni begona mashinaga chiqqanini ko'rib hayron qolishadi.

Ranvirni Politsiya yana so'roq qila boshlaydi. Ranvir o'ylanadi: "Ishani Chiragni yoniga borganmi? Uni bu ishga Chirag undadimikan? Agar Ishani Shaneyla ekanini bilganida uni bunday holatda tashlab ketmas edi". Ranvir Politsiyachi: - Yomg'ir kuchliligi sabab, shovqinda avariyani sezmagan bo'lishim mumkin. Agar bilganimda uni bu xolatda tashlab ketmasdim - deydi. Shu payt Ranvirga oyisi telefon qilib qoladi. Ranvir: - Oyi, hozir bandman, keyinroq o'zim telefon qilaman, mayli? Amba: - Yo'q, Men senga telefon qilishimni sababi hozir uyda bo'lishing kerak edi. Karvachot Pudjasi boshlandi. Ranvir: - Men biroz vaqtdan so'ng boraman. Yaxshi? Keyinroq gaplashamiz. Hayr. Hamma Karvachotga yig'ilgan edi. Mehmonlar Ambani so'rashadi. Lakshmi tez orada shu yerda bo'ladi deb javob beradi. Amba xonasida Ranvir va Ishanining uydamasligidan jaxli chiqadi. Parul uning yoniga kelib, pastga tushishini hamma uni kutib turganini aytadi. Amba: - Lekin Ishani keldimi? Parul: - Hozircha yo'q. Amba: - Bo'lmasam qo'ng'iroq qilinglar! Parul: - Men qo'ng'iroq qildim, lekin u javob bermadi. Lakshmi: - Hoy-hoy! Opa! U birinchi Korvachotini o'tkazib yuboryapti. Boshqa ayollar nima deb o'ylashadi?

Falguni Ishanining xonasiga kiradi so'ng Ishaniga qo'ng'iroq qiladi. Ishani javob bermaydi. U yana qo'ng'iroq qiladi. Chirag: - Ishani, javob ber. Unga hammasi yaxshi tez orada boraman deb ayt. Ishani: - Men haqimda xavotirlanishing shartmas. Men kim bilan qanday gaplashishni o'zim bilaman. Falguni hayron bo'ladi. Ishaniga yana qo'ng'iroq qiladi. Ishani bu safar qo'ng'iroqqa javob beradi. Falguni: - Allo! Ishani: - Oyi, bu yerda aloqa yaxshimas, sizga o'zim telefon qilib yuboraman. Falguni: - Ishani, sen qayerdasan? Qachon uyga kelasan? Pudja hozir boshlandi. Sen bu yerda bo'lishing kerak edi. Ishani: - Oyi, men sizni eshitmayapman, allo? Ishani telefonni o'chirib qo'yadi. Zalda Disha, Chaytali va Parul suxbatlashib turishsa Amba ularning oldiga keladi va Ishani bu yerda allaqachon bo'lishi kerakligini aytadi. Chaytali Falguni Ishanini chaqirgani chiqib ketganini, uni tez orada kelishini aytadi. Ranvirning yordamchisi Ishanini qidirishayotganini aytadi va advokat bilan gaplashgani ketadi. Ranvir yana bir bor Ishaniga qo'ng'iroq qiladi. Ishani yana javob bermaydi. Chirag Ranvir Ishaniga qo'ng'iroq qilayotganini ko'rib hayolida: "Qancha xoxlasang, shuncha qo'ng'iroq qil. U sen bilan gaplashmaydi, hatto senga qaramaydi ham." Ishani Chiragdan so'raydi: - Yana qancha qoldi? Chirag: - Ishani, 10 daqiqa.

Shaneylaning avtohalokatga uchraganini eshitgan akasi kasalxonaga keladi. Avariya qanday sodir bo'lganini doktordan so'raydi. Doktor avval singlisi bilan ko'rishishini, so'ng buni politsiyadan so'rashini aytadi. U Shaneylaning yoniga kiradi. Shaneyla biroz o'ziga keladi va uni kim avariya qilganini akasiga aytmoqchi bo'ladi, lekin axvoli juda og'irlashib koma xolatiag tushib qoladi. Shaneylaning akasi: - Choti, seni kim bu axvolga solgan bo'lsa qutulolmaydi. Vada beraman, men o'ch olaman... buni kim qilgan bo'lsa ham. Zalda hamma Ishanini kutishardi. Ayollar Pudjani boshlashi kerakligini aytishadi. Amba hijolat bo'lgancha ularga Pudjani boshlashini aytadi. Shu payt hizmatkor Punit telefon qilyapti deb, Ambaga telefonni beradi. Amba Pudjani boshlayverishlarini aytadi va telefonda gaplashadi. Punit Ambaga Ranvir qamalganini aytadi. Amba negaligini so'raydi. Punit Ishanining mashinasi bir qizni urib yuborganligi uchunligini aytadi.

Muallif: Maftuna (Iforzoda)

Manba: XITMP3.COM
Категория: Senga Oshiqman | Просмотров: 2239 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz