Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июль » 15 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (16.07.2015)
22:16
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (16.07.2015)
Asosiy Lavhalar:
Ranvirning yordamchisi Ishanini qidirishayotganini aytadi va advokat bilan gaplashgani ketadi. Ranvir yana bir bor Ishaniga qo'ng'iroq qiladi. Ishani yana javob bermaydi. Chirag Ranvir Ishaniga qo'ng'iroq qilayotganini ko'rib hayolida: "Qancha xoxlasang, shuncha qo'ng'iroq qil. U sen bilan gaplashmaydi, hatto senga qaramaydi ham." Ishani Chiragdan so'raydi: - Yana qancha qoldi? Chirag: - Ishani, 10 daqiqa. Shaneylaning avtohalokatga uchraganini eshitgan akasi kasalxonaga keladi. Avariya qanday sodir bo'lganini doktordan so'raydi. Doktor avval singlisi bilan ko'rishishini, so'ng buni politsiyadan so'rashini aytadi. U Shaneylaning yoniga kiradi. Shaneyla biroz o'ziga keladi va uni kim avariya qilganini akasiga aytmoqchi bo'ladi, lekin axvoli juda og'irlashib koma xolatiag tushib qoladi. Shaneylaning akasi: - Choti, seni kim bu axvolga solgan bo'lsa qutulolmaydi. Vada beraman, men o'ch olaman... buni kim qilgan bo'lsa ham.

Zalda hamma Ishanini kutishardi. Ayollar Pudjani boshlashi kerakligini aytishadi. Amba hijolat bo'lgancha ularga Pudjani boshlashini aytadi. Shu payt hizmatkor Punit telefon qilyapti deb, Ambaga telefonni beradi. Amba Pudjani boshlayverishlarini aytadi va telefonda gaplashadi. Punit Ambaga Ranvir qamalganini aytadi. Amba negaligini so'raydi. Punit Ishanining mashinasi bir qizni urib yuborganligi uchunligini aytadi.

Ishani va Chirag bir uyga kelishadi. Ishani asta sekin u yerga kirib borardi. Ranvir esa qamoqxonaga kirib borardi. Chirag eshikni yopadi va Ishaniga kutib turishini, u chiroqni yoqib kelishini aytadi. Chirag chiroqni yoqqani borib yoqadi. Ishani biroz shamollagani sabab yo'tala boshlaydi. Chirag unga ro'molcha beradi. Bu holatni Rishi suratga oladi. Chirag: - Ishani o'ylashimcha, sen shamollagansan. Ishani: - Sening tog'ang qani? Dalillarni ber. Sen aytganding u bizni kutayotganini... lekin, bu yerda hechkim yo'q. Chirag: - Ishani, iltimos. Sen menga ishonmasang ham, sabr qilib tur. U hozir dalillarni olib keladi. Hozircha qog'ozni menga ber. Dori ichib ol. Sen kasal bo'lib qolgansan. Kutib tur. Men dori olib kelaman. Shu payt Chirag uni yelkasidan ushlaydi. Bu holatni ham Rishi suratga oladi. Ishani: - Men hechnarsa xoxlamayman. Men yaxshiman. Qachon menga dalillarni berasan so'ng men senga bu qog'ozlarni beraman. Chirag: - Xo'sh qanday muammo, Sen qog'ozlarni uyingdan olib kelding, ularni menga bermoqchimisan?

Ishani: - Men sening bazi gaplaring haqiqatligi uchun buni olib keldim. Lekin men hammasini bilmagunimcha, hujjatlarni senga bermayman. Men bilaman, xaqiqatni bilish uchun katta narx to'layapman. Men erimni aldadim. Men o'z oilamdan o'g'irladim. Birinch Karvachotimda sen bilan shu yerdaman. Men bu yerda Ishani emas, o'z otasining haqiqatini bilishni xoxlagan qiz bo'lib turibman. Sen xoxlaganing olasan. Lekin avval menga dalillarni ko'rsat. Hamma Karvachot marosimida edi. Amba Ranvirni oldiga, qamoqxonaga keladi. Ranvirdan nega bunday bo'lganini so'raydi. Nega Ishanini aybini bo'yniga olayotganini so'raydi. Ranvir hammasi yaxshiligini tushuntiradi. Amba Ishani Ranvirni aldayotganini, Chiragning oldida Karvachotni nishonlayotganini aytadi. Ranvir bunday emas deydi. Chirag suvga dori qo'shadi va Ishaniga bermoqchi bo'ladi. Ishani uni ichmasligini aytadi. Chirag unga tushuntirishga urunadi. Bu xolatlarni hammasini chetda turgan Rishi suratga olardi. Chirag o'zicha o'zini ayblab yuziga tarsaki tushura boshlaydi. Ishani bunday qilmasligini aytadi. Chirag esa boridan ayrilganini aytib yana o'zini ura boshlaydi. Ishani uni to'xtataman deganda, Chirag uni qo'lidan ushlab oladi. Rishi bu xolatni ham suratga oladi.

Chirag: - Ishani men seni sevaman. Ishani: - Menga buni gapirma, hozir buni mavridi emas. Chirag: - Ishani, hozir mavridi. Sen bilishing kerak, dushmaning kimu... do'sting kim. Ranvir sening dushmaning. U seni otangni o'ldirgan. Ishani, men sening do'stingman. Ishani yana yo'tala boshlaydi. Chirag unga dorini ichishini aytadi: - Ishani bir xo'plam ich. Bo'laqol. Ishani. Bir xo'plam ich. Ishani o'ylanib qoladi: - Men ichishni xoxlamayman. Chirag: - Bir xo'plam xolos. bir xo'plam ich. Ishani baqiradi: - Men buni ichmayman. Qo'lidagi stakanni yerga tashlaydi. Chirag: - Ishani, sen stakannni dorisi bilan tashlab yubording. Ishani: - Men rad etdim. Men aytdimku, ichmayman deb. Chirag: - Xa, men tushundim. Sen shubxalanding, to'g'rimi? Shuning uchun stakanni tashlab yubording. Otangni o'ldirgan odam uchun ham shubxalanding. Ishani: - Xa, men shubxalandim. Meni buni shaxsiy sabablarim uchun qildim. Sen menga halal berma. Men bilmayman, Ranvir otamni o'ldirganmi yoki yo'q. Hozircha men dalilni ololganim yo'q. u - mening erim. Ishani dalillar kelmagach Chiragdan uni so'ray boshlaydi. Chirag Ishanini quchoqlab oladi. Rishi esa rasmga olishda davom etadi. Ishani undan qochmoqchi bo'ladi. Chirag uni yana quchoqlab oladi. Ishani Chiragga yaqinlashmasligini aytadi. Uni sevganini endi esa sevmasligini, bu uning xayotidagi eng katta xatosi ekanligini aytadi. Ishani: - Mening erim bor. Men Ranvirning xotiniman. U shunday deb Chiragni itarib yuboradi. Chirag kula boshlaydi: - Ranvirning xotini? Sen aqldan ozdingmi? Sen Ranvirning xotini emas, sen haydovchining xotinisan. Haydovchining. Qamoqxonada esa Amba va Ranvir suxbatlashardi. Amba Ranvirga qanchalik tushuntirishga harakat qilmasin, Ranvir Ishanining oldini olaveradi.

Muallif: Maftuna (Iforzoda)

Manba: XITMP3.COM
Категория: Senga Oshiqman | Просмотров: 1780 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz