Главная » 2015»Июль»18 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (18.07.2015)
10:23
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (18.07.2015)
Asosiy Lavhalar
Ishani jon holatda baqiradi:
- Ranvirrrr!!!
Bu ovozdan hamma ular tomon qaraydi.
Ranvirning hovuzga tushib ketganini
ko'rgan hamma og'zi ochilib qoladi. Ranvir
suv ostiga cho'kib borarkan, hayolidan har
xil gaplar va o'tmishidagi voqealar o'tadi.
Daversh qotilni ko'rib, uni ushlashlarini
aytadi. Shaneylaning akasi singlisi uchun
qasos olganini aytib qo'riqchilardan qochib
ketadi. Ishani o'zini suvga tashlaydi.
Atrofdagi qolganlar ham suvga sakrashadi
va Ranvirni hovuzdan olib chiqishadi. Ishani
Ranvirni yonida turganda Amba kelib uni
itarib yuboradi:
- Qoch! o'glimga tega ko'rma. O'glim seni
deb shu axvolga tushdi. Mening Ranvirimni
seni deb otishdi.
Ranvirning otasi: - Amba, bizning Ranvirga
hech nima bolmaydi. Doktor chaqiringlar!
Ishani va Amba yig'lagancha unga
yopishishadi. Hamma uni ko'tarishib
mashinaga chiqarishadi va tezlik bilan
kasalxonaga ketishadi.
Kasalxonaga kirib borishyotganda doktor
ularni ko'radi. Ishani unga bo'lgan voqeani
aytadi va Ranvirni saqlab qolishlarini
so'raydi. Ranvirni operatsiya xonasiga olib
kirib ketishadi. Shu payt ularning ortidan
hamma yetib kelishadi.
Amba Ishanining yoniga boradi. Uning
yuziga tarsaki soladi. Hamma bu holatga
hayron bo'lib qarashadi. Amba Ishanini rosa
haqoratlaydi. Chirag bilan ko'rishganini,
avariya sodir etganini, Ranvirni qamoqqa
tushganini, hamma-hammasini Ishaniga
aytadi. Amba Ishani rosa haqoratlayotgan
payt Falguni ularning o'rtasiga tushadi:
- Bas qilinglar!
Hamma unga qaraydi. Falguni Ishanining
yoniga keladi:
- Bugun sening Karvachot kuning edi. Ishani,
javob ber. Sen Chirag bilan birga edingmi
yoki yo'q?
Ishani "xa" deganday yuzini qimirlatadi.
Falguni: - U to'g'ri aytibdi. Sen bu yerda
bo'lishing kerak emas. Ket bu yerdan!
Ishani: - Oyi... oyi, iltimos. Hehc bo'lmasa shu
gapni siz gapirmang. Oyi, menga ishoning.
Men hammasini aytib beraman. Iltimos
Ranvirni oldida qolay.
Falguni: - Sen o'zingni ishonchingni
yo'qotding. Bu odam bilan nega
uchrashding. U seni faqat aldagan... va
Ranvirni ham aldagan. Nega u bilan
uchrashding. Men faqat bir gap aytaman. Bu
yerdan ket.
Falguni Ishanini qo'lidan sudrab olib chiqib
ketayotgan paytda Ishani uning qo'lidan
chiqib ketadi va o'zi indamasdan yig'lab
chiqib ketadi.
Ishani yig'lagancha: - E xudoyim. Ranvirni
saqlab qol.
Shu payt uning yoniga Nitin kelib qoladi:
- Ishani Ranvir seni deb qamoqqa tushdi.
Sening mashinang bir qizni urib yuborgan.
Qizning axvoli jiddiy. U komada. Politsiya
mashinani uyning oldidan topdi. Ranvir esa
seni deb aybni bo'yniga oldi...
Ishani Chirag Shaneylani urib yuborgan
paytni eslaydi.
Ishani: - Bu avariyani men qilmadim. Men
hatto rulda ham emasdim. Men bilaman,
nima bo'lganini. Bu qiz uning singlisi.
Ishani shu gaplarni gapirarkan. Ranvirni
otgan Shaneylaning akasini gaplarini eslaydi.
Ishani: - Mening xatoyim, Chiragning oldiga
borganim, Buning uchun Ranvirni otishdi.
Ishani tinimsiz alamdan yig'lardi. Nitin uni
tinchlantirish uchun unga nasixat qiladi.
Ishani uning gaplaridan jiddiylashadi va
xudoga iltijo qilgani boradi.
Operatsiya xonasidan doktor chiqadi.
Hamma uning yoniga keladi. Amba
doktordan Ranvirning axvolini so'raydi.
Doktor Ranvirning axvoli jiddiyligini aytadi.
Ishani esa xudoga iltijo qilardi: - Iltimos,
uning hayotini saqlab qol. Iltimos, Xudoyim.
Iltimos, uning hayotini saqlab qol.
Amba va uning eri doktordan Ranvirni
saqlab qolishini so'rab, yalinib yolvorishadi.
Doktor uning axvoli juda og'irligini, unchalik
umid qolmaganini aytadi.
Amba: - Ey xudoyim! Mening Ranvirim!
Mening o'glim!
Ishani duo o'qib bo'lib endi ortiga qarab
yurayotsa Amba uning yoniga keladi. Ishani
hayron bo'lib unga qarab tursa, Amba uning
oyog'iga tiz cho'kib ta'zim qiladi
Ishani: - Xola, nima qilyapsiz? Iltimos,
o'rningizdan turing.
Amba: - Mening o'g'limni saqlab qol. Men
bilaman, sen nimani o'ylayayotganingni.
Nima uchun o'g'limni hayotini saqlab
qolishni xudodan emas sendan
so'rayapman? Sendan nafratlanaman. Lekin
mening o'g'lim seni sevadi. O'glim doim sen
uchun xar narsa qiladi. U doim seni yoningni
oladi. Lekin bugun uning hayoti havf ostida.
Lekin men bugun, qo'llarimni bukkancha,
sendan yolvoraman.
Amba Ishaniga yalinib yolvoradi. Ishani
Ambaning qo'llaridan ushlaydi, o'ng oyoq
kiyimini yechib kasalxonadan yugurib chiqib
ketadi. Ibodatxonaga boradi. U yerda
hamma bilan birgalikda ibodat qiladi.
Ranvirni esa kasalxonada doktorlar
elektroshok bilan xayotini saqlab qolishga
urunishadi.
Ishani Ibodatxonada hamma amallarni
bajaradi. Doktor Ranvirning yuragidan o'qni
olib tashlaydi. Ishani Ibodatxonadan ilohiy
qadah suvini oladi va yana yugurib ortiga
qaytadi.
Ranvirning yuragi urishdan to'xtab qoladi.
Hamma shok xolatiga tushadi. Ishani yetib
keladi. Operatsiya xonasiga kirmoqchi
bo'lganda hamshira qarshilik qiladi, Doktor
uni kirishiga ruhsat beradi. Ishani
Ranvirning og'ziga ilohiy suvidan quyadi.
So'ng doktorga: - Doktor iltimos qaytadan
urinib ko'ring. Bugun Karvachot, va men
buni xoxlamagandim... iltimos so'nggi marta.
Doktor Ishanining gaplaridan so'ng yana
Elektroshokdan foydalanadi. Ranvirning
yuragi asta sekin yana ura boshlaydi.
Hamma bu holatdan hayratga tushadi.
Hamma xursand bo'lib xudoga iltijo
qilishadi.
Shu payt Davershga Disha qo'ng'iroq qiladi.
Ranvirning axvolini so'raydi. Daversh unga
Ranvir operatsiyadaligini aytadi. Disha
buvisiga bu haqida aytadi. Buvisi esa Ranvir
o'lsa hammasi bu uyni tark etishini aytadi.
Doktor operatsiya xonasidan chiqadi.
Ranvirning axvoli yaxshimasligini lekin iloji
boricha uni saqlab qolishlarini aytadi. Amba
va uning eri kasalxonada qolishlarini,
qolganlar esa uyga ketaverishini aytadi.
Xonada Ishani asta Ranvirning yoniga
yotadi.
Ishani: - Ranvir, siz mening eng yaxshi
do'stimsiz, to'g'rimi? Faqat mening do'stim.
Siz yaxshi xotiralar yaratdingiz. Siz meni
doim sevgansiz, lekin men sizni sevish
o'rniga, sizga qarshi chiqdim. Men xato
qildim, sizni aldadim. Men sizning
sevgingizni tushunmadim. Lekin endi
tushundim. Men sizga befarq bo'lmayman va
yoningizdan uzoq ketmayman. Men sizga
yanada yaqinroq bo'laman. Bilasizmi, nima
uchun? Chunki sizning sevgingiz meni
ketishimga yo'l qo'ymaydi. Men ham sizdan
ketishni istamayman. Nima uchun? Chunki
men sizni chindan sevaman. Mmm. Men sizni
sevaman Ranvir. Ranvir, biling, men... Ranvir?
Ranvir? Ranvir eshityapsizmi? Menga quloq
soling. Men sizga aytishim kerak. Menga
gapiring Ranvir. Ko'zingizni bir bor oching.
Siz meni ko'zlarimdagi sevgimni ko'ring. Siz
meni kulishimni ko'rishingizni xoxlayman.
Ranvir ko'zingizni oching iltimos. Menga
gapiring. Yaxshi, meni Sanni deb
chaqirishingiz mumkin, qancha xoxlasangiz
ham. Men bunga qarshi emasman. Mayli
tanga ham otmaymiz. Men yerda
yotaveraman... Faqat bir marta ko'zingizni
oching.
Ishani qanchalik yalinmasin Ranvir ko'zlarini
ochmasdi.