Главная » 2015»Июль»23 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (24.07.2015)
22:45
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (24.07.2015)
Asosiy Lavhalar
Ishani Ranvirning ortidan yetib keladi.
Ranvir uni ko'rib qoladi va indamay
bar tomon yuradi. Bar oldidagi
soqchilarga Ishanini ko'rsatib, uni
barga kiritishmasliklarini aytadi.
Ichkariga kirib o'ynayotgan qizlarga nazar tashlaydi va Ishani bilan olov
atrofida aylanganini eslaydi.
Ishani bar oldiga keladi. Soqchilar uni
kiritishmaydi. Ishani soqchilar uni
kiritmagach o'ylanib qoladi. Qanday
qilib bo'lsa ham barga kirish kerakligini o'ylaydi. Qo'lidagi
sumkasini otib yuboradi va "o'g'ri,
o'g'ri" deb baqiradi. Soqchilar uning
oldiga yugurib keladi. Ishani
sumkasini bir odam olib qochib
ketganini aytadi. Soqchila u ko'rsatgan tomonga yugurib ketadi. Ishani
yugurgancha barga kirib ketadi. U
yerdan Ranvirni qidira boshlaydi. Shu
payt ro'parada ofitsanka hizmat
ko'rsatayotgan Ranvirga ko'zi tushadi.
Uning oldiga kelayotsa mast odamlar shilqimlik qila boshlaydi. Ranvir bu
xolatni ko'rib qoladi va asta jaxli chiqa
boshlaydi. Mast yigitlar Ishanini
"raqsga tush" deydi. Ranvir jaxli chiqb
endi turaman deganda, Sharman kelib
qoladi va yigitlarni do'pposlay boshlaydi. Bardagi boshqa odamlar
ularni ajratadi. Barmen nimaga
bunday bo'lganini so'raydi. Sharman
Ishanini singlisi ekanini aytadi.
Barmen singling bo'lsa bu yerda nima
qilyapti deydi. Sharman Ishanini qo'lidan ushlaydi va Ranvirning
yoniga boradi.
Sharman: - Hammasi ko'z oldingda
ro'y beryapti, sen esa, buni tomosha
qilib jim turibsanmi? Ranvir u sening
xotining, mening esa singlim. U - Oilangni qadr-qimmati.
Ranvir: - Xotinim? Kim meni xotinim?
Sharman: - Oilangdagi sodir
bo'layotgan muammolarni hammaga
oshkor qilishing shartmas.
Rnvir: - Birinchidan, men uylanmaganman. Xotin qayerdan kelib
qoldi? Agar sen bu qizni aytayotgan
bo'lsang, men bu yerga yolg'iz
kelganman, hechkim bilan emas. Agar
unga qayg'uryotgan bo'lsang uni bu
yerdan olib ket. Singling bunday tomosha ko'rsatmasin... shunda
muammolar oila ichida qoladi.
Ranvir yana joyiga o'tirib oladi.
Sharman jaxli chiqqancha Ishanini
bardan olib chiqib ketadi. Ishani u
yerda qolishini aytib akasiga qarshi chiqa boshlaydi. Sharman esa uni olib
ketmoqchi bo'ladi. Ishani Ranvir uni
qutqarmoqchi bo'lganini akasiga
tushuntiradi.
Sharman baribir Ishanini olib ketadi. Ishani uyda bardagi bo'lgan voqeani
eslab tursa, Ranvir kirib keladi.
Ishani: - Ranvir. Siz juda kech
keldingiz. Siz uchun stol tuzadim.
Ovqatlanib oling va uxlagani kiring.
Ranvir sekin ortiga qaytadi. Stol yoniga keladi.
Ishani: - Qarang, men bxindi bilan
birga sevimli karriyingizni tayyorladim.
Bilasizmi men...
Ranvir: - Vijdonsiz. Sen Sati Savitrini
tasvirlamoqchi bo'lding, lekin yanada vijdonsizlik qilding. Men bu toamlarni
yemoqchi emasman.
Ishani bilan suxbatlashib bo'lgach
yo'lida davom etadi. Shu payt Amba
ovqat ko'taib kelib qoladi va Ranvirni
ovqatlantiradi. Amba Ishaniga kesatganday qarab qo'yadi. Amba va Lakshmi Doktor yoniga
borishadi. Ishanini tunda ko'chada
yurgan rasmini ko'rsatishib uni dalil
sifatida ishlatishini aytishadi. Ishanini
jinniga chiqarishmoqchi bo'lishadi. Ishanining buvisi Pratik bilan
bozordan yuk olib kelayotgan bo'ladi.
Pratik bu holatdan buvisiga noliydi.
Buvisi uni uyga jo'natvoradi.
Shu payt
Dishani kasalxonaga kirib
ketayotganini ko'rib hayron qoladi. Pratik uyga yetib kelishiga Amba va
Lakshmi o'ylab qo'ygan rejasini ishga
tushirishadi. Bolalar uchun kecha
uyushtirishni aytadi. Unga har-xil
pishiriqlar, sovg'alar tayyorlaganini
maqtanishadi. Lekin ular masxaraboz yo'qligidan havotirga tushishadi. Bu
gaplarni tepada Ishani eshitib turardi.
Buni atayin uyushtirishar edi. Amba va
Lakshmining rejasi, qanday qilib bo'lsa
ham Ishanini masxaraboz qilish kerak
edi. Ishani Pratik va Devarshga
masxaraboz o'zi bo'lishini aytadi. Dishaning buvisi Disha kirgan
kasalxonaga kiradi. Uni qidira
boshlaydi. Dishaning yoniga keladi: -
Yo Xudoyim! Disha? Sen bu yerda nima
qilyapsan? Sen go'zallik saloniga
borishingni aytganding. Azizam axvoling yaxshimi?
Disha: - Xa Buvijon, men yaxshiman.
Men salonga ketayotgan edim, lekin
dugonam meni bu yerga chaqirdi. U
qiz ko'rganini aytdi. Shuning uchun
men uni ko'rgani keldim. Uning uchun bugun ajoyib kun. Bu yaxshi yangilik,
men esa ertaga bandman. Shuning
uchun bugun keldim. Endi esa Salonga
bormoqchiman.
Dishaning buvisi: - Unda nima uchun
doktor seni tabrikladi? U seni taniydimi?
Disha: - Ha buvijon. Men u bilan
dugonamni tekshirtirgani kelganimda
tanishganman. Suxbatimiz payti
ertaga to'yim ekanligini bildi. Shuning
uchun u meni tabrikladi. O'zingiz bu yerda nima qilyapsiz? Ketdik.
Dishaning buvisi narsa sotib olgani
chiqqanini aytadi. Disha tezda
kasalxonadan chiqib ketadi. Devarsh va Pratik Ishanini
masxaraboz kiyimida kecha
bo'layotgan mehmonxonaga olib
kelishadi. Sharman va Ritika
mashinada kelayotib yaralangan itni
ko'rib qolishadi va uni olib ketishadi. Mehmonxonaga aslida bolalar emas,
Ranvirning biznes hamkorlari
kelishgan edi. Ishani masxaraboz
holatda hech qayerga qaramay
tomosha boshlaydi va davraga
chiqadi. Shundoq qarasa ro'parasida oilasi va Ranvirning mehmonlari
turardi.
Hamma Ishanini bu holatda
ko'rib og'zi ochilib qoladi. Ranvir ham
unga hayron bo'lgancha qaraydi.
Ishani: - Bu yerda bolalar kechasi
bo'lish kerak edi... Shuning uchun... men...
Bir mehmon: - Korporativ kechada
masxaraboz?
Amba va Lakshmi hursand bo'lishib
bir-biriga qarab kulib qo'yishadi.
Yana bir mehmon: - Bu nima hazil, Janob RV? Kim bu?
Ranvir: - Bu muxim emas. Unga etibor
bermanglar. Kechadan baxra oling.
Mehmon: - Yaxshi.
Ishni juda ham g'alati holatga tushadi. Sharman va Ritika mashinada shoshib
ketishayotsa, yo'l tiqilinch holatga
kelib qoladi. Yo'lda Gai ularni to'sib
turardi. Ritika u yerdan tez ketish
uchun reja tuzadi. Qorniga yostiqni
tiqib oladi. Sharman hayron bo'ladi. Ritika Gaini chaqiradi. Gai holatni
ko'rib ular uchun yo'l ochadi. Amba davrada turgan doktorni
Ishanining yoniga chaqiradi va
hammaning oldida kelini jinni
ekanligini aytadi. Ishani jinni
emasligini, bolalar uchun kecha
bo'lishini aytadi. Amba va Lakshmi doktoroni ishontirish uchun yana
Ishanini yomonlashadi. Pratik
doktorga Amba va Lakshmi rostdan
ham Ranvir bolalar uchun kecha
uyushtirishini gaplashishganini aytadi.
Lekin Amba ham bo'sh kelmay Ishanini jinniligini isbotlashga
kirishadi. Doktor kasalxonaga telefon
qilib odam chaqiradi.
Devarsh Sharmanga telefon qilib
Continental mehmonxonasiga
kelishini, Ishani katta muammoga duch kelganini aytadi. Kasalxonadan
doktorlar kelishib Ishanini olib
ketishmoqchi bo'lishadi. Uni
mashinaga chiqarayotgan payti Ritika
va Sharman kelib qolishadi. Ular
Ishanini jinni emasligini aytishib uni qo'yib yuborishini so'rashadi.
Doktorlar ularga qarshilik qilishadi.
Ritika olib ketayotgan kuchuk
mashinadan tushib keladi va
baqiryotgan Ambaning oyog'ini
tishlab qochadi. Hamma kuchukni qidirishga tushadi. Bo'layotgan
voqeani Ranvir ko'rib qoladi va
yugurib keladi.
Amba kuchuk oyog'ini tishlab olganini
Ranvirga aytadi. Hamma kuchukni
izlab yurganda kuchuk ularning ro'parasidan chiqadi va xuradi. Ritika
Ishanini jinni emasligini aytadi. Ishani
bilan kuchukni yoniga borishadi.
Ambani esa uyga olib kelishadi. Amba
uyida rosa baqiradi. Chaytali uni
ustidan kulganday qilib baqiradi va "bu ikkinchi ukol, yana 12ta qoldi"
deydi. Ishanining buvisi "Ambani ukol
qilsa sening joning og'riyaptimi?"
deydi. Ular hazil qilishib Ambaning
ustidan kulishadi.
Amba og'riqqa chidolmay baqirib yotadi. Lakshmi Ishanini haqoratlay
boshlaydi: - Sen? Hammasi seni deb
bo'ldi. Agar seni tomoshang
bo'lmaganda shu narsa sodir
bo'lmasdi, opamni it tishlab olmasdi.
Ranvir bu gaplardan so'ng Lakshmi va Ishanini o'rtasiga keladi va Lakshmiga
yuzlanadi... DAVOMI BOR