Главная » 2015»Июль»25 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (27.07.2015)
23:15
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (27.07.2015)
Asosiy Lavhalar
Ishani Ranvir bilan raqsga
tushayotgan payt, Ranvir undan
kalitni olib qo'yadi va xonadan chiqib
ketadi. Ishani uning ortidan
qaragancha qolib ketadi. Amba va Lakshmi Janob Zaverini
oldiga borishadi. Amba Zaveriga
Ranvir baxtsiz bo'lganini Ishani uni
baxtsiz qilganini aytadi. Zaveridan
Ritika Ranvirga turmushga chiqsin deb
so'raydi. Zaveri esa o'ylab ko'rishini va keyin javobini aytishini aytib,
mehmonlar oldiga chiqib ketadi.
Tashqarida Pariklar Zaveri
xonadoniga Sharmandan sovchi
bo'lib kelishgandi. Amba va Lakshmi
zalga chiqarkan, ularning ko'zi Chaytali, Mitish va Buvijonga tushadi.
Ular ham Amba va Lakshmi bu yerda
nima qilishayotganidan hayron
bo'lishadi.
Pariklar Sharmandan Ritika uchun
sovchi bo'lib kelishganini aytishadi. Janib Zaveri ham ularni yaxshi kutib
olib, Amba, Lakshmi ham huddi shu
masalada kelishganini, Ritikani
Ranvirga turmushga chiqishini
so'rashadi. Bu gapdan Pariklar
hayratga tushadi. Janob Zaveri Ambaga bunday qilmasligini, bittayu
bitta qizini ikkinchi xotinlikka
bermasligini, Ishanini baxtsiz
qilmasligini aytib uzr so'raydi va
Sharmanga qizini berishga rozi bo'ladi.
Ishanining buvisi Janob Zaverini Dishaning to'yiga taklif qilib, to'yga
borishini so'raydi. Amba va Lakshmiga
ustidan kulganday qaraydi. Amba jaxl
bilan Zaveri xonadonidan chiqib
ketadi. Ranvir mashinani to'xtatadi.
Ranvir: - Xa, mashinani shu yerda
to'xtat.
Haydovchi: - Janob, bu yerga kirmang.
Bu joy siz uchun emas.
Ranvir: - Sen o'ylayapsanki, men bilmayman, qayerga ketayotganimni?
Meni mashinada kut.
Ranvir mashinadan tushadi. Ishani xonada o'ylanardi: - Ranvir
qayerga ketgan ekan? Qo'ng'iroq
qilaman va bilaman.
Ishani Ranvirga qo'ng'iroq qiladi. Bu
payt Ranvir barda bir qiz bilan alohida
xonaga kirib ketadi. Ishani qo'ng'iroq qilib jaob ololmagach, uni kutishga
axd qiladi. Sharman tunda Ritikaning xonasiga
derazadan mo'ralaydi. Ritika uni
ko'radi: - Sharman sen? Sen? Sen
jinnimisan? Shu vaqtda bu yerda nima
qilayapsan? Va derazadan kirib
kelyapsan. Sharman Ritikaga uylanmasligini
aytadi. Ritika nega bunday
deyayotganini so'raydi. Sharman uni
boy ekanligini, shuning uchun uni
to'ydan oldin aldamasdan haqiqatni
aytish kerakligini aytadi. Shu payt Ritikani otasi chaqirib qoladi.
Sharman qayerga berkinishni bilmay
dovdirab qoladi. Janob Zaveri eshikni
ochadi. U kirguncha Sharman eshik
ortiga berkinib oladi. Janob Zaveri
Ritikaning xonasidan shovqin kelganligini aytadi. Sharman Ritikaga
ishora bilan aytmasligini so'raydi, lekin
Ritika Sharmanni kelganligini aytib
qo'yadi. Janob Zaveri bu gaplardan
hayron bo'ladi. Ritika endi Sharmanni
qanday kirganligini, uni nimalar qilganligini aytib tursa, Sharman "Yo'q
Janob. Men hechnima qilmadim" deb
eshik ortidan chiqadi.
Sharman: - Janob, Men bu yerga
keldim, nimaga.... nimaga...
Sharman Ritikaga ishora qiladi. Ritika: - U menga uylanmas ekan.
Janob Zaveri: - Uylanmas ekan? Nima
uchun?
Ritika kulib: - Tinchlaning dada. Men
hazillashdim.
Ritika holatni tushuntiradi. Janob Zaveri Sharmanga hijolat bo'lmasligini
aytib xonadan chiqib ketadi. Ritika
eshikni qulflaydi. Sharman bunga
hayron bo'ladi. Disha o'zini omon his qiladi va qayt
qilib yuboradi. U to'y kuniga axvoli
yomonlashayotganidan xavotirga
tushadi. Falguni Dishni chaqirib qoladi
va Manasga turmushga
chiqayotganidan hursandligini aytib unga nasixat beradi. Shu payt Ishani
ularning oldiga Dishaning liboslarini
olib keladi. Disha ularni olib xoansiga
kirib ketadi.
Falguni: - Ishani sendan bir narsa
so'ramoqchi edim. Ranvir qayerda? Dishaning to'yiga ikki soat qoldi. U
menga aytgandi. Dishaning Kanyadani
bo'laman deb.
Falguni Ranvir bilan bo'lgan suxbatni
eslaydi.
Falguni: - U va'da bergandi, lekin hozir...
Ishani biroz o'yga to'lib qoladi va: -
Oyi, nimaga xavotir olyapsiz? U muxim
ish bilan ketgan. U tezda qaytadi.
Falguni: - U aniq keladimi? Umid
qilamanki, U Dishani to'yini o'tkazib yubormaydi.
Ishani: - Yo'q. oyi, unaqa emas.
Ko'rdingiz, u menga qanday jaxl
qilyapti? Lekin Dishaning Sangitini
qaytarmadi. Ko'rdingizmi, U to'yga
qanday tayyorlanganini? Falguni Ishanining gapiga ishonganini
aytadi va Dishaga qarashib yuborishini
aytadi. Hamma to'yga kuchli tayyorgarlikda.
Sharman ham to'yga juda chiroyli
bo'lib kelgandi. Xansa Ben Ritikaning
yoniga kelib Ambaning g'ashiga
tegish uchun unga ishora qilib Ritikani
ko'rsatadi. Ritika Sharmandan Ishani nega
bazmda ko'rinmayotganini so'raydi.
Sharman Ishani oyisi va Dishaga
yordamlashayotganini aytadi. Ritika
ularning oldiga borishini aytadi. Amba
va Lakshmi doktorni kelishi haqida suxbatlashadi.
Ishani va Ritika suxbatlashib turishadi.
Ishani bir nimadan xavotir
olayotganini sezgan Ritika unda nima
bo'lganini so'raydi.
Ishani Ranvir
kechadan beri kelmaganini aytadi. U oyisi Falguniga Dishaning Kanyadani
bo'lishga va'da berganini lekin hali
ham kechaga kelmaganini aytadi.
Ritika Ishaniga xavotir olmasligini,
Ranvirni topishini aytadi.
Ritika haydovchiga qo'ng'iroq qiladi. Haydovchi: - Ha, xonim.
Ritika: - Radju, qayerdasan? Nega
Ranvirning telefoni o'chik?
Haydovchi: - Honim, kecha janob bilan
edim, lekin xozircha u bu yerda yo'q.
Ritika: - Janob bu yerda yo'q? Radju sen nimalar deyapsan? Mayli, menga
ayt, qayerdasan?
Haydovchi: - Xonim, men Grant
Roaddaman.
Ritika: - Grant Road? Yaxshi. Men
borgunimcha hechnimani aytma, Ho'p?
Bazmga Janob Zaveri ham keladi.
Pariklar uni yaxshi kutib olishadi.
Marosim o'tkazuvchi Kanyadan qani
deb so'rab qoladi. Falguni Kanyadan
Ranvir va Ishani ekanligini aytadi. Marosim o'tkazuvchi Pudjani boshlash
uchun ularni shu yerda bo'lishi
kerakligini aytadi.
Falguni Ishani shu yerdaligini, Ranvir
esa muhim ish bilan ketganligini, tezda
kelib qolishini tushuntiradi. Amba Ranvirni qayerga ketganligini, ertalab
uni ko'rmaganligini o'ylab hayron
bo'ladi.
Marosim o'tkazuvchi Ranvirni
chaqirishini, marosim uchun u
keraklgini aytadi. Ishani xonasida o'ylanib Ranvirni kutadi. So'ng
Ranvirning haydovchisiga telefon
qiladi. Haydovchi Ishani telefon
qilyotganini ko'rib havotirga tushadi.
Ritikaning gaplarini eslab telefonni
olmaydi. Ishani: - Radju ham javob bermadi.
Endi Ranvirni qayerdan qidiraman?
Agar u kelmasachi? Kim Kanyadan
bo'ladi?
Ishani o'ylangancha Ranvirning
kelishiga ishonishini aytadi va o'zini hotirjam xis qiladi. Ritika Ranvirning xonada qotib
uxlayotganini ko'radi. Uni
uyg'otmoqchi bo'ladi. Baqirib, turtib
ham uyg'atolmagach suv olib uning
yuziga sochib yuboradi. Ranvir
Ritikaning kelganini ko'rib hayratga tushadi. Chunki u ishratxonada edi.
RV Ritikadan nega bu yerga kelding
deb so'raydi. Ritika uni olib ketmoqchi
bo'ladi. RV bunga qarshilik qiladi.
Ritika Dishaning Kanyadani bo'laman
deb va'da berganini eslatadi. Ranvir unga kuladi va men bandman deb
javob beradi. U to'yga borishga
qarshiligini aytadi.
Marosimga kuyov Manas ham keladi.
Ritikaga ishratxonadagi bir qiz Ranvir
faqat spirtli ichimlik ichganini, u xonada o'zi yolg'iz bo'lganini, u
hechkim biln bo'lmaganini aytadi. Marosim o'tkazuvchi pudjani boshlash
uchun Ranvir kerakligini aytadi. Ishani
esa Ranvirning o'rniga o'zi Kanyadan
bo'lishini aytadi.
Ritika Ranvirning yoniga qaytib kiradi
va Ishaniga atayin shunday ko'rinishni, aslida esa hech qanday qiz
bilan birga bo'lmaganini, hali ham
Ishanini sevishini aytadi.
Ranvir: - Bas qil, Ritika! Men hechnima
gapirishingni xoxlamayman. Meni
yolg'iz qo'y va chiqib ket. Ritika: - Men bu yerga keldim, seni olib
ketgani. Lekin men javobsiz chiqib
ketmayman.
Ritikaning qistovlaridan so'ng Ranvir
unga o'kinch bilan hammasini gapirib
beradi. Chirag bilan uchrashganini, Chirag unga qanday rasmlar
jo'natganini aytadi. Ritika o'sha kecha
noto'g'ri bo'lganini Ishani uni chindan
sevishini aytadi. Ranvir yana unga
qarshi chiqib o'zi ketaverishini aytadi.
Ranvir qarshilik qilgach: - Men seni kechirmayman, men senga
aytyapman, uyga men bilan birga
ketasan.
Ranvir: - Rostdanmi? Xo'sh meni
majburlab olib ketmoqchimisan? Meni
qanday olib ketasan? Boshimdanmi? Yoki qo'limdan? Sen vaqtingni
yo'qtoyapsan. Uyga ket.
Ritika: - Va men Ishaniga aytaman,
seni uni qattiq sevishingni. Ha, men
hammasini aytaman. Sen bu yerga
nimaga kelganingni, lekin hech qanday yomon ish qilmaganingni.
Oldingi Ranvir ekanligingni, Ishanini
juda ham sevgan Ranvir ekanligingni
aytaman. Agar sen Ishaniga
aytmasligimni xoxlasang, bo'ldi qil,
unda men bilan uyga yur. Va Falguni xolaga va'dangni bajar.
Ranvir Ritikaning bu gaplaridan
hayron qoladi...