Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Июль » 24 » Ucell: “Do‘stingni olib kel!” aksiyasi
22:47
Ucell: “Do‘stingni olib kel!” aksiyasi
Biz yangi “Do‘stingni olib kel!” aksiyasi boshlanishi haqida xabar berishdan mamnunmiz. Faqat 2015-yilning 22-iyulidan 22-oktabriga qadar Ucellning har bir abonenti o‘z do‘stlarini, yaqinlari va qarindoshlarini Ucellga taklif qilib, uch oy davomida ular bilan birga bonus daqiqalar, SMS va megabaytlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yaqinlaringizni va do‘stlaringizni Ucellga ulanishga olib keling va uch oy davomida har biri uchun 30 kun amal qiladigan Ucell tarmog‘i ichida 50 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 50 SMS va 10 MB Internet trafigiga ega bo‘ling.

Qancha ko‘p do‘stlaringizni taklif etsangiz, shuncha ko‘p bonuslarga ega bo‘lasiz – barchasi o‘z qo‘lingizda!

Sizning taklifingiz bilan Ucellga ulangan har bir do‘stingiz, uch oy davomida tarmoq ichida 100 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS va 30 kun amal qiladigan 10 MB oladi. Bu hali hammasi emas! Har bir ulangan do‘stingizga Ucell birinchi oy davomida O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS beradi va bu ular o‘zlarining yangi Ucell raqami haqida yaqinlariga xabar qilishlari uchun ajoyib imkoniyatdir!

Aksiyada qatnashish shartlari:

*117# ni tering. “2. Kodlarni olish”ni tanlang va 5 ta maxfiy kod ko‘rsatilgan SMS oling. Ucellda raqami yo‘q yaqinlaringiz va do‘stlaringizga kodlarni bering va ularni Ucell tarmog‘iga ulanishga taklif eting. Kodlarni *116*maxfiy kod# orqali darhol faollashtirishlarini so‘rashni unutmang. Do‘stingiz Ucell tarmog‘iga ulanib, *116*maxfiy kod# tergan zahoti, siz va do‘stingiz kodning muvaffaqiyatli faollashtirilganligi haqida SMS-xabar olasiz, shundan keyin sizga va do‘stingizga bonuslar belgilanadi.

Sizning do‘stlaringiz ham ulanganidan boshlab 30 kundan keyin kodlar olish hamda o‘z do‘stlari va yaqinlarini taklif etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Do‘stlaringizni olib keling va bonuslarni ular bilan baham ko‘ring! Shoshiling, aksiya muddati cheklangan!

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni quyidagi manzil bo‘yicha, shuningdek, 2007 yoki *117*1# qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1158 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz