Ucelldan "Men kimman?" xizmatida Yangi yil aksiya!
Yangi yil arafasida Ucell o‘z mijozlarini yoqimli syurprizlar bilan xursand qilishda davom etmoqda – ularga ommabop "Men kimman?" xizmati qulay shartlarda foydalanish imkonini beradi.
"Men kimman?" xizmati doirasidagi aksiya 2015-yilning 14-dekabridan to 2016-yilning 14-yanvariga qadar amal qiladi, ushbu vaqtda Siz hatto bloklangan holatda ham "Men kimman?" xizmatidan (*450#) foydalanishingiz va o‘z raqamingiz, SIM-karta nomiga rasmiylashtirilgan abonentning FIO, tarif, oxirgi to‘lov miqdori, raqamning holati haqida ma’lumot olishingiz mumkin (bloklangan/bloklanmagan).