Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 12 Гостей: 12 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Май » 02
Beeline mobil aloqa operatori Opera Mini brauzerining faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklov qo‘ymagan.
“Hurmatli abonentlar! So‘nggi payt mobaynida biz mobil tarmoqlarida Opera Mini dasturi ishlamayotganligi haqida ko‘p shikoyatlarni ro‘yxatga olmoqdamiz. Sizga shuni ma’lum qilamizki, kompaniyamiz mazkur internet-brauzerning faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklovlar qo‘ymagan”, — deyiladi xabarda.
“Shunday muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, bu vaziyat hal qilingunicha mobil Internetning sifatli faoliyati uchun boshqa muqobil brauzerlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz. O‘z navbatida biz Opera vakillari bilan ushbu muammo bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz” − deb qo‘shimcha qildi kompaniya vakillari.
Просмотров:
469
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
|
UMS kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga minnatdorchilik va hurmat izhor qilgan holda qahramonlarning o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan to‘laqonli faol muloqot qilishlariga mo‘ljallangan “Veteran” tarifini joriy qilmoqda.
Ushbu tarifga ulangan faxriylar oyiga 200 daqiqa bepul chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va cheklanmagan miqdorda kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qo‘lga kiritadi, hech qanday abonent to‘lovi olinmaydi.
Kompaniya press-relizida aytilishicha, o‘z yurti tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashgan insonlarning xotirasini yod etish, keksalarga e’tibor berish va ularni e’zozlash O‘zbekiston xalqining ma’naviy qadriyati hisoblanadi.
Qahramon yurtdoshlariga o‘z farzandlari, nabiralari, safdoshlari, do‘stlari bilan to‘laqonli muloqot qilish, ulardan qo‘llab-quvvatlash va minnatdorchilik so‘zlarini eshitish imkoniyatini hadya etish UMS kompaniyasi uchun ulkan sharaf ekanligi qayd etilgan.
Просмотров:
532
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
|
Instagram ijtimoiy tarmog‘ining veb-versiyasi butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi, deya xabar bermoqda “RBK”. The Next Web nashri taxmin qilishicha, ijtimoiy tarmoq vakillari xavfsizlik sertifikatini uzaytirishni unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin, uning muddati 30-aprel kunining ikkinchi yarmida tugagan. Biroq buni kompaniya vakillari izohlaganicha yo‘q.
Muammo Instagram’ning faqat veb-versiyasiga taalluqli bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq Chrome, Firefox va Opera brauzerlarida ham ochilmadi. Servisga kirilganida ekranda sertifikatlar amal qilish muddati tugagani haqida ogohlantirish namoyon bo‘ldi.
Ayni paytda Instagram ishlab ketdi.
Просмотров:
502
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
|
Sevgan ayoli uchun 300 kilogrammga ozgan Buyuk Britaniya fuqarosi Pol Meyson operatsiya qilinib, osilib qolgan 21 kilogramm terisi olib tashlandi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror. Operatsiya Nyu-Yorkdagi kasalxonada to‘qqiz yarim soat davomida amalga oshirildi.
54 yoshli Meyson avval 445 kg tosh bosgan, 2013-yilda Facebook’da massachusetslik Rebekka Mauntin bilan tanishgach, ozishga qaror qilgan.
Meyson sevgan ayol — 41 yoshli Rebekkaning vazni 50 kilogrammga teng. Meyson ozgach, vazni 140 kilogrammni tashkil etdi.
Просмотров:
426
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
|
Ucelldan yangi "Qulay Internet" tarifi bilan sizning telefoningiz, smartfoningiz, planshet yoki istalgan boshqa mobil qurilmangizda internet tarmog‘i doimiy qulay narxlarda!
Endi, doimo tarmoqda faol bo‘lib, eng so‘nggi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish va qulay narxlarda yaqinlaringiz bilan qiziqarli voqealarni baham ko‘rish uchun Internet to‘plamlarini sotib olish shart emas! Shunchaki onlayn muloqatdan bahramand bo‘ling – chunki yangi "Qulay Internet" tarifi doirasida taqdim etilgan va foydalanilmagan kundalik Internet-trafik keyingi kunga o‘tadi!
Tarif shartlari:
Kunlik abonent to‘lovi - $0.06*
Qo‘ng‘iroq turi, 1 daqiqa efir narxi:
Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari - $0
Tarmoq ichida chiqish qo‘ng‘iroqlari - $0.02
O‘zbekiston bo‘yicha chiqish qo‘ng‘roqlari - $0.03
SMSlar, 1 SMS narxi
Tarmoq ichida va O‘zbekiston bo‘yicha chiqish SMSlari - $0.02
Xalqaro chiqivchi SMS - $0.12
Tarmoq ichida va O‘zbekiston bo‘yicha chiqish MMSlar - $0.05
Xalqaro chiqivchi MM
...
Читать дальше »
Просмотров:
1027
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
|
27 apreldan 17 mayga qadar,Ucell kompaniyasi Prepaid tizimining "Profi 20" "Profi 100", "Profi 200" va "Yaqinlar+" tariflar abonentlari uchun, tariflarini Prepaid tizimining istagan tarifiga bepul tazda o‘zgartirish imkonini taqdim etmoqda. Tarif o‘zgartirish uchun *120#, *111# raqamlarga USSD so‘rovni yuborish kerak, hamda "Mening cabinet" xizmati orqali yoki Kompaniya bosh ofislarida tarif almashtirish mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan tariflatni 27 apreldan 17 mayga qadar berilgan muddatda o‘zgartirmagan abonentlarning tariflari quyidagi jadvalga muvofiq Kompaniya tomonidan 2015 yil 18 maydan boshlab bir tomonlama tartibda ta'rif o'zgartirish amalga oshiriladi:
Siz ta'rif holatingizni qaysi ta'rifga almashtirish mumkin bo'lgan jadval:
Hozirgi ta'rif: Profi 20
Yangi ta'rif: Ko'proq
Hozirgi ta'rif: Profi 100, Yaqinlar+
Yangi ta'rif: Do‘stlar oraida
Hozirgi ta'rif: Profi 200
Yangi ta'rif: Omadli
Kompaniyaning tariflarning qolgan shartlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Просмотров:
579
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
02.05.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Май 2015 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|