Raspberry Pi kompyuterlari atigi 35 dollardan sotuvga hiqarilgan bir paytda to‘laqonli operatsion tizimiga ega 9 dollarlik CHIP kompyuterlari loyihasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi “3Dnews.ru”.
Uzunligi 60, kengligi 40 millimetr bo‘lgan platada 1 Ggs chastotada ishlovchi Allwinner A13 protsessori, 512 Megabaytlik DDR3 tezkor xotirasi, 4 Gigabaytlik NAND xotirasi, Wi-Fi va Bluetooth modullari joylashadi. Grafika uchun Mali-400 tezlashtirgichi javob beradi. Shuningdek, VGA va HDMI interfeysli displeylarni ulash mumkin.
CHIP kompyuterlariga Linux operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, miniklaviatura, 3000 mA/soatlik batareya, 470×272 pikselli displeydan iborat PocketCHIP moduli ham taqdim etiladi. Kickstarter tarmog‘ida loyiha uchun rejalashtirilgan 50 ming dollar o‘rniga 160 ming dollar yig‘ilgan. Ishlab chiqarish 2016-yil mayidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Просмотров:
456
|
Добавил:
Donyor
|
Дата:
12.05.2015
|
|