Rossiya poytaxti Moskvada 15 yoshli voyaga yetmagan qizni zo‘rlashga uringan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda NTV telekanali «Interfaks» axborot agentligi bergan ma’lumotga tayanib xabar tarqatmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 28 yoshli Rossiyada noqonuniy ravishda yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi 2015 yil 7 iyun kuni kechqurun mahalliy istirohat bog‘larining birida voyaga yetmagan qizga tajovvuz qilgan. Biroq qizning qarshilik qilishi natijasida u ko‘zlagan maqsadiga yeta olmagan.
19 iyun juma kuni gumondor shaxs Moskvaning «Krilatskoe» metro bekatida qo‘lga olingan.