Главная » 2015»Август»19 » Internetda Test natijalari bekor qilingani haqidagi yolg‘on xabar tarqaldi
13:07
Internetda Test natijalari bekor qilingani haqidagi yolg‘on xabar tarqaldi
Internetda go‘yoki Davlat test markazi rasmiy saytida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalari bekor qilingani haqida berilgan e’lon tarqaldi. DTM saytidan olingan "skrinshot”da 1-sentabr kuni qayta test sinovlari o‘tkazilishi aytiladi. Imtihon natijalarining bekor qilinishiga "ba’zi bir texnik nosozliklar” sabab bo‘lgani keltirilgan.
Foto: Internet
Biroq DTM saytida bunday xabar mavjud emas. Saytdagi xabarlar bir necha kundan buyon yangilanganicha yo‘q. DTM sayti yaxshi ishlayapti, ammo odam kopligi sababli ba’zida ochilmay qolishi mumkin. Kecha, 17-avgust kuni saytga 242 ming kishi kirdi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi "XITMP3.COM"ga ma’lum qildi. Natijalar aynan qaysi sanada e’lon qilinishi hozircha ma’lum emas, biroq bu aniq bo‘lishi bilan "XITMP3.COM” orqali xabar topishingiz mumkin.