Internetda go‘yoki Davlat test markazi rasmiy saytida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalari bekor qilingani haqida berilgan e’lon tarqaldi. DTM saytidan olingan "skrinshot”da 1-sentabr kuni qayta test sinovlari o‘tkazilishi aytiladi. Imtihon natijalarining bekor qilinishiga "ba’zi bir texnik nosozliklar” sabab bo‘lgani keltirilgan.

Foto: Internet
Biroq DTM saytida bunday xabar mavjud emas. Saytdagi xabarlar bir necha kundan buyon yangilanganicha yo‘q. DTM sayti yaxshi ishlayapti, ammo odam kopligi sababli ba’zida ochilmay qolishi mumkin. Kecha, 17-avgust kuni saytga 242 ming kishi kirdi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda
...
Читать дальше »