Главная » 2015»Июнь»10 » Rossiyada sisterna ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan ikki qizni tok urdi
05:45
Rossiyada sisterna ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan ikki qizni tok urdi
Rossiyaning Rostov viloyatida yuk poyezdi sisternasi ustiga chiqqan ikki 16 yoshli qizlarni tok urdi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, ularning har ikkisi og‘ir ahvolda, kuchli kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga joylashirilgan.
Foto: XitMp3.Com
Bir qator nashrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar selfiga tushish maqsadida sisternaga ustiga chiqqan. Huquqni muhofaza qilish organlari esa hozircha ushbu axborotni tasdiqlamayapti, inkor ham etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Ruminiyada poyezd ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan qizni 27 ming volt elektr toki urib, u shu zahoti vafot etgandi. Aprel oxirida esa parijlik besh qizning temiryo‘lda jamoaviy selfiga tushishga harakat qilgani Parij viloyatidagi poyezdlar jadvalini jiddiy ishdan chiqargandi.
Avvalroq Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi “Xavfsizlik uchun” jamoatchilik tashkiloti rahbari Dmitriy Kurdesovning bayonotiga asoslanib, mamlakat maktablarida o‘quvchilarga selfiga xavfsiz tushish qoidalari o‘rgatilishi mumkinligi haqida xabar bergandi.