Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Август » 3 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (04.08.2015)
16:10
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (04.08.2015)
Asosiy lavhalar:
Yana o'sha nigoxlar, Ranvir bu ko'zlar oldida ojiz edi. U sevishini sezdirib qo'yardi... (biz sevgan kuy...) Ishani: Siz men bilan gaplashishni xoxlamagandiz-a? unda nega meni qutqarib qoldingiz? Nega o'lishimga yo'l qo'ymadiz? O'lsam siz hammasidan qutilardingiz-ku? Agar siz meni ortiq sevmasangiz, unda nega men uchun qayg'urasiz? Agar sevsangiz nega buni aytmaysiz? Chirak sizga o'rtamizda hech narsa bo'lganini aytdi, Siz esa hali ham menga ishonmaysizmi? Ranvir siz nimani xoxlayapsiz?

Ranvir: Sen nimani eshitishni xoxlaysan? Men senga ishonishimnimi? Yoki Chirakga ishonishimnimi? U yolg'onchi, qallob inson. Kechagina u seni sevgilim deyotgandi, bugun esa u seni singlim deyapti. Sen esa men bu insonga ishonishimni xoxlayapsanmi? Ishani: Siz unga shunchalar ishonmas ekansiz, unda nega uni Karvochot kechasidagi yolg'onlariga ishondingiz? Uni bizning munosabatimizni buzishiga qanday yo'l qo'ydingiz? Ranvir: U emas, sen bizning munosabatlarimizni buzding, u bizni uyga kelgani yo'q, sen uning uyiga bording. Menga Chirak qilayotgan ishlarni va gaplarini umuman qizig'i yo'q, Ammo sen qilayotgan ishlaring va so'zlaring men uchun axamiyatga ega. Ayt menga, unda unga kim aytdi bizni oramizda to'ydan so'ng hech qanday aloqa bo'lmadi, deb. Sen aytmasang u buni qayerdan biladi? Men bu hayotimda hammasini yo'qotdim. Faqat sevgimni emas, do'stimni ham yo'qotdim... Mening hayotim mazmuni bo'lgan do'st... Sen to'ydan keyin, na do'stligimizga, na nikoximizga sodiq qola olding... Oldin barcha aytgan gapni bugun men senga aytmoqchiman: EEEEX qaniydi sen janobning xaqiqiy qizlari bo'lganingda, edi... bu gaplarni aytgandan so'ng Ranvir mashinasiga o'tirib u yerdan ketadi...

Divash Sharmanga Chirak uyga kelib hamasini tan olganini va ularni Samira, Parul bilan birga mexmonxonadan ketishlari mumkinligi aytadi. Sharman bu xabardan xursand bo'lib ketadi va yangilikni Ritikaga aytish uchun qo'ng'iroq qiladi, Ritika esa qo'ng'iroqga javob berib, hozir shaxarda emasligini otasi bilan birga ketayotgani aytadi. Sharman unga Ranvir hamda Ishani haqida aytadi. Ritika xursandman, habarlashamiz deb go'shakni qo'yadi, aslida esa Ritika aynan shu mexmonxonada yana qo'shni xonada RV bilan birga o'tirgan edi. Qiziq nega u buni yashirdi??? Ranvir hamda Ritika xonadan chiqib ketayotganda ularni Sharman ko'rib qoladi... Ranvir Ritikani mashinasiga o'tqazib, kuzatib yuboradi... Manas Dishaga ish bilan keyatoganini, muxim hujjatlar, hamda guvoxnoma va kalitlarini javonda qoldirganini ularni extiyot qilishini aytadi. Disha hop, deb Manasni kulib kuzatadi, aslida esa u bu kalitlar bilan RVning ofisiga borib, seyfdan olmoslarni olishni reja qilgan edi...

Ishani Ranvirni gaplaridan siqilib, kechgacha ko'chada tentirib yeg'laydi, shunda yo'lda suxbatlashib o'tirgan bir gurux ayollarga ko'zi tushadi, ularni bari erlaridan shikoyat qilishayotgan edi. Ayyolar orasida Ishani uyida ishlovchi xizmati ayol ham bor edi. Ishani ham ularni suxbatiga qo'shiladi va ularga o'zi hamda turmush o'rto'gi haqida so'zlab beradi, erimni menga bo'lgan ishonchi so'ndi, uni qanday qayta qozonishni bilolmayapman, deydi... Shunda bir ayol, men doyim erim bilan kelishomasam shuni ichaman, keyin quvonaman, so'ng hammasi iziga tushadi, deydi, Ishani uni olib ichadi, xizmatkor ayol uni ichmang, bu siz uchun emas, bu Xindiston spirtli ichimligi, deydi. Ishani uni baribir ichadi.

Ranvir hamda Ritika ofisda tortishishadi. Ritika Ranvirga: Nega haqiqatni tan olgingiz kelmaydi, ahr ko'zlaringizdan Ishanini sevishingiz ko'rinib turibdiku, men endi buni Ishani ko'zlarida ham ko'ryapman, nega undan haqiqatni yashiryapsiz, eydi. Ranvir esa: Ritika iltimos meni tinch qo'y, meni yolg'iz qoldir. Ketayotganingda hama ayt, meni hech kim bezovta qilmasin, hamma ketsin, deb aytadi. Ritika jaxl bilan chiqib ketadi. Chirak Ishani va uning akalari tomonidan aldanganini, ular tomosha uyishtirishganini bilib, boy xotinga uylanish bekor qilinadi, so'ng u Shanelani akasi bilan yaxshi bo'lib oladi, u bilan birga Ranvirni yo'q qilish rejasini tuzishadi.

Ishani mast xolda Ranvirni ofisiga keladi, Ranvir eshikni oching, gaplashib olishimiz kerak, deydi. RV eshikni ochmaydi. Ishani Samirada qo'chimcha kalit bo'lishi kerak deb uni qidiradi va topadi, eshikni ochib kiradi. Ishani: Ranvir men siz bilan gaplashib olishim kerak. Menga ayting bilaman, men xato qildim. Ishonchingizni qozonish uchun nima qilishim kerak ayting.

Muallif: Maftuna (Iforzoda)

Manba: XITMP3.COM
Категория: Senga Oshiqman | Просмотров: 1340 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Август 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz