Asosiy Lavhalar
Ishani yo'talishi kuchaya boshlaydi. Ranvirni
chaqiradi. Ranvir ortiga qaraydi. Ishanining
axvoli og'irlashganini ko'rib uning yoniga
boradi. Xona eshigi esa asta yopiladi. Chirag
darxol to'k saqlagich yoniga boradi va to'kni
o'chirb qo'yadi. Ranvir va Ishani qorong'u
xonada qolib ketishadi.
Ishanining axvoli yanada og'irlashadi. Ranvir
yordam chaqirish maqsadida telefon
qilmoqchi bo'ladi, lekin telefonini Ishani otib
yuborgandi. Ofis telefonidan qo'ng'iroq qilay
desa u ham ishlamaydi.
Ishani Ranvirni chaqiradi. Ranvir unga suv
beradi. Disha va Chirag ofisdan chiqib
ketishadi. Ko'chaga chiqishganda Chirag
Dishaning qo'lidan ushlab qoladi. Olmosni
tengma0teng bo'lishishini aytadi. Disha
bunga rozi bo'lmaydi. Chirag esa unga
telefonida olgan rasmni ko'rsatadi va u
olmosni Dishadan olib qo'yadi.
Ranvir Ishanini divanga yotqizadi. Xonada
nega to'k o'chganidan va nega telefon
ishlamayotganidan xavotirga tushadi.
Ranvir: - Ishani mening ko'zlarimga qara va
uxlab qolma iltimos.
Ishani va Ranvir bir-birga gapirishadi. Ishani
esa juda ham yomon holatga tushib xushini
yo'qotadi.
Ranvir: - Ishani, ko'zingni och. Ishani.
Ranvir yig'laydi. Ishaniga yordam berish
uchun unga sun'iy nafas bera boshlaydi.
Lekin Ishani o'ziga kelmaydi. Ranvir xonada
uni quchoqlab yig'laydi.
Manas ofisga keladi. Chiroqni yoqmoqchi
bo'ladi lekin yonmaydi. Manas hayron bo'ladi
va to'k saqlagichni qaytadan yoqadi. Xonada
chiroq yonganidan Rnvir hursand bo'lib
ketadi va Ishanini ko'tarib oladi. Manas
deraza ortidan Ranvirni ko'radi. So'ng oyog'i
ostida yotgan ish guvohnomasini ko'rib
qoladi.
Manas xonaga kiradi va Ranvirga: - Bu yerda
nima qilyapsizlar?
Ranvir: - Ishanining axvoli yomon, tezda
doktorga qo'ng'iroq qil
Manas doktorga qo'ng'iroq qiladi. Ranvir
Ishanini uyga olib keladi. Doktor Ishanini
vinoga allergiyasi borligini aytadi.
Ranvir xonada Ishanining yoniga o'tiradi va
uning qo'llaridan ushlab unga termuladi.
Xarorati balandligini ko'rib, uning boshiga
xo'l matoni qo'yadi. Birozdan so'ng Ishani
xushiga keladi va yana yo'tala boshlaydi.
Ranvir unga suv beradi. Ishani Ranvirga bir
termuladi va yana uyquga ketadi. Ranvir esa
uning qo'llarini ushlagancha xonadagi
chiroqni o'chiradi.
Tong otdi. Lakshmi Ambaning yoniga keladi.
Ular Ranvir tuni bilan Ishanini yonida
qolganini gaplashishadi. Stol atrofida Parul
Pariklar oilasi bilan suxbatlashib turishsa,
Disha va Manas kirib kelishadi. Ular
Ishanining axvoli qandayligini so'rashadi.
Falguni ularga Ishani yaxshi ekanligini
aytadi.
Ranvir pastga tushib keladi. Hamma unga
qarab turadi. Parul va Devarsh uning yoniga
borishadi. Ranvirdan Ishanini axvoli haqida
so'rashadi.
Ranvir: - Hozir Ishanining axvoli ancha
yaxshi. Uning allergiyasi bor ekan. Parul
unga qaynoq sut tayyorlab ber.
Shu payt Ranvirning yordamchisi Punit kirib
keladi. Muhim masala bo'yicha xonaga kirib
ketishadi.
Ranvir sutni xonaga olib kiradi. Xonada
Disha va Manas Ishani bilan suxbatlashib
turishgan bo'ladi. Ranvir kirgach ular chiqib
ketadi. Ranvir Ishaniga sutni tutqazadi. Lekin
Ishani uni olmaydi. So'ng ular suxbatlashadi.
Ishani Ranvir bilan ajrashmoqchi ekanligini
aytadi. Ranvir bu gaplarni eshitib hayratga
tushadi va jaxli chiqadi.
Amba ularning yoniga kiradi va Ishanini
xaqoratlay boshlaydi. Ritika bu gaplarni
eshitib hayratga tushadi. Amba Ranvirga
advokat ajirim xujjatlarini tayyorlashini
aytishini so'raydi va xonadan chiqib
ketishadi. Ular Ritikani ko'rib hayron
qolishadi. Ritika Ishanining oldiga keladi va
nega bunday qilayotganini so'raydi.
Ishani endi hammasi tugagani aytadi. Ranvir
Karvachot kuni Chiragga ishongan. To'g'ri
gapirgan payti esa o'rtamizda munosabat
tugadi deydi.
Ranvir Ishanining gaplarini eshitadi va
xonaga kirib, Ritikaga biroz tushuncha
beradi. So'ng Ritika xonadan chiqib ketadi.
Ranvir Ishanining yoniga keladi va Advokat
hujjatlarni tayyorlayotganini aytadi va
Ishaniga termulgancha turadi. Qo'lidagi
Ishani uchun olib kelgan dorini stolga qo'yib
so'ng xonadan chiqib ketadi.
Ritika Sharmanga Ishani Ranvir bilan
ajrashmoqchi ekanligini aytadi. Sharman esa
bu Ishanining ishi deydi. Ritika ular ajrashib
ketmasligini xoxlab Sharmanga
tushuntirishga harakat qiladi. Sharman esa
hayolida Ritikaning Ranvir bilan uchrashgan
paytini o'ylaydi va "U Ranvir bilan uchrashib
yurgan bo'lsa nega, Ishani haqida bunchalar
qayg'uryapti. Ranvir va Ishani ajralmasligini
xoxlayapti" deydi.
Chirag soqol olish uchun oyna oldiga keladi.
O'zini o'zi maqtab olmoslarni tomosha
qiladi. Yuziga sovun surtib oladi. Endi
yuvaman deb jo'mrakni burasa suv
tushmaydi. Shu payt ikkita barzangi odam
kelib, Chiragni vannaxonasidan ko'tarib olib
chiqishadi. (juda kulguli holat). Chirag
ulardan nega olib chiqib ketishayotganini,
qo'yib yuborishlarini so'raydi.
Punit Chiragga uyni bo'shatib qo'yishini
aytadi. Ikkala yigit Chiragni tashqariga
chiqarib qo'yadi. Eshikni ochaman dsa
ochilmaydi.
Chirag: - Bu hammasi Ranvir va Ishanining
ishi. Men buni shunday qo'ymayman.
Falguni va Nitin Ishaniga bunday qilmasligini
tushuntirishsada Ishani fikridan
qaytmasligini aytadi
Chirag ko'chada yalang oyoq, shortikchan,
yuzlari krem holda Ranvirning ofisiga
boradi.
Chirag ofisga kirmoqchi
bo'ladi lekin soqchilar uning kirishiga
qarshilik qilishadi. Samira va boshqa
ishchilar Chiragni axvolini ko'rib kulishadi.
Punit Chiragni kirishini va RV uni ichkarida
kutayotganini aytadi. Chirag RV ning yoniga
kiradi. RV dan nega unday qilganini, yana
dushmanlik qilishni boshlaganinis so'raydi.
RV esa boshqa uy topishini, bo'lmasa
ko'chada qolishini aytadi.
Chirag ko'chaga chiqadi va cho'ntagidan
olmoslarni olib: Ko'chada qolsamda,
qo'limda olmoslar bor. Tez orada RV o'zin
ko'chada qolasan.
Mehmonxonaga hamma yig'ilgan.
Amba: - Endi bu muosabatlar tugatiladi.
Ajirim hujjatlari tayyor. Ranvir unga imzo
qo'y. Va Ishanining oilasi bu uyni tark
etishsin.
Ishani esa ajrashishganidan so'ng
Ranvirning uyi, ofisi pullari va bor boyligi
teng bo'linishi kerakligini aytadi. Amba
Ranvirga Ishani boshidan shuni xoxlagani
uchun unga turmushga chiqqanini aytadi.
Ishani ham Ambaning ustidan kulganday
qilib u bilan baxslashadi. Ranvir esa Ishaniga
qarab turardi...