Mehmonxonada hamma yig'ilgan. Amba esa
Ishani bilan hali ham tortishmoqda. Amba
qanday gap gapirmasin, Ishani uning
gapiga keragicha javob beradi. Bu gaplarga
Falguni chidolmay mehmonxonadan chiqib
ketadi.
Ishani qonun tomonlama hammani gap
bilan yengadi. Ranvir unga hayrat va jaxl
bilan qaraydi. Chunki Ishanidan bunday
holatni kutmagan edi.
Ranvir: - Janob Advokat Olmos
kompaniyasining hujjatlarini olib keling
Advokat: - Lekin janob.
Ranvir: - Men hujjatlarni olib keling dedim.
Advokat olmos kompaniyasining hujjatlarini
olib keladi. Ranvir esa hujjatda belgilangan
joylarga imzo qo'yadi. Hamma hayratda.
Ishani esa hujjatlarni olib xonasiga kirib
ketadi. Manas esa eshik oldida bu gaplarni
eshitgancha turardi.
Amba Ranvirga Ishani Ranvirning pullari
uchun turmushga chiqqanini aytadi. Ishani
ham huddi shuni xoxlaganini aytadi. Amba
Ishani va Ranvir ajrashgandan so'ng,
Ranvirga yaxshi qiz topishini va u qiz Ranvir
bilan turmush qurishini aytadi.
Chirag haridorga telefon qiladi va RVning
olmosini tekshirib olishini aytadi, so'ng sim-
kartani sindirib yuboradi.
Girish: - Bu yaxshi reja. Xaridor bu haqida
politsiyaga habar berishi aniq.
Chirag: - Keyin janjal bo'ladi va Ranvir xibsga
olinadi.
Ishanining buvisi Chaytaliga Sharman va
Ritikaning ertaga unashtirish marosimini
o'tkazishini aytadi. Chaytali bunga rozi
bo'ladi. Ishanining buvisi Amba bu
vaziyatdan foydalanib qolishi, Ranvir bilan
Ishani ajrashishiga Zaveri bilan
gaplashishini, so'ng Zaveri Ritika va
Ranvirning turmush qurishiga rozilik berib
yuborishi mumkinligini aytadi.
Sharman ularning oldiga jiddiy holatdai
kelib:
- Ishani ajrashayotgan bir paytda, mening
Ritika bilan unashtiruvim haqida qanday
o'ylayapsizlar?
Sharmanga buvisi tushuntirishga harakat
qiladi. Bu gaplarni Falguni ham eshitib
qoladi. Buvisi Falguniga ajrashishni Ranvir
emas Ishani so'raganini aytadi.
Ranvir xonasida alamidan uyoq-buyoqqa
yurib tursa, Ishani kirib keladi.
Ranvir: - Men bilan yashashni istamasang, bu
yerga nega kelding?
Ishani: - Ajrashuv vaqt talab qiladi, shunga
birga bo'lishimiz kerak.
Ranvir: - Unda boshqa joyga chiqib ket.
Ishani: - Bu uy qonun bo'yicha mening ham
uyim. Shunday ekan qayerda xoxlasam o'sha
yerda qolaman
Ranvir bilan suxbatlashib bo'lgach, Ishani
xonadan chiqib ketadi va boshqa xonaga
kiradi. Ranvir esa alam o'tida yonib, yana
Ishani bilan bo'lgan voqealarni eslaydi.
Hizmatkor ayol Ishanini narsalarini xonaga
olib kiradi. Ishani uni bir chetga qo'yishini
so'raydi. Hizmatkor ayol
chiqib ketishi bilan Ishani yig'lay boshlaydi.
Shu payt Ishanining xonasiga Manas kirib
keladi va Ishanidan nima bo'lganini so'raydi.
Disha va Manas Ishanini oldiga kirgan
paytdagi voqea: Ishani Dishadan nega
bunday qilganligini so'raydi.
Disha olmoslar unda
emasligini aytadi. Ishani esa Ranvir
Dishaning to'yi kuni nega bunday qilganini,
Manasning qanchalar kuchli sevishini
isbotlash uchun qilganini, aslida esa Ranvir
yaxshi odamligini Disha tushuntiradi.
Ishani xavotirga tusha boshlaydi. Manas
olmoslarning bir qismi xalqaro dilerlarga
jo'natib bo'linganini aytadi. Agar ular buni
bilishsa RV qamalishi mumkin deydi. Ishani
va Manas buni yechimini topishga kirishadi.
Disha esa qilgan ishidan pushaymon bo'ladi.
Agar uning aybi ochilsa, qamalishini bilib
Ishanidan yordam so'raydi. Ishani esa
hechkim qamalmasligini aytadi.
Ishani va Manas bu muammoni xal qilish
haqida gaplashadi.
Ishani xonada yolg'iz o'zi qoladi va qo'liga
Ranvir qo'l qo'ygan hujjatlarni oladi. Unga
termulib yig'laydi. U hujatdagi Ranvirning
ismiga termulgancha turardi. Ranvir esa
xonasida hali ham qayg'uda. U hujjatlarni
qo'liga olib xonaga sochib yuboradi.
Ishani qo'liga ruchka oladi. Yana hujjatga
nazar tashlaydi. Ranvir esa xonada yana
yo'ldagi Ishani bilan turgan paytlarini
eslaydi.
Ishani ruchkani qopqog'ini yechib imzo
qo'ymoqchi bo'ladi. Ruchkani hujjatga
yaqinlashtirib, bunday qilolmaydi va ruchka
bilan hujjatni yerga qo'yadi. Ranvir ham
xonasida siqilgancha hujjatlarni yig'adi. U
ham ruchkani olib qo'l qo'ymoqchi bo'ladi,
lekin bunday qilolmaydi. Ishani derazadan
Ranvirni ko'radi, Qo'liga bir to'plam
taqinchoqni oladi va xonasiga ilib qo'yadi.
Ranvir xonani eshigini ochishi bilan
taqinchoqlar jiringlay boshlaydi. Ishani
xonadan chiqqan Ranvirga termulib
yig'lardi. Ranvir taqinchoqlar tovushidan
Ishanining xonasiga qaraydi. Ishani esa
yashirinishga ulguradi. Ranvir esa ketadi.
Chaytali va Buvisi suxbatlashib turishadi.
Ishani esa Manas bilan telefonda
suxbatlashadi.
Ular olmosni
sotilishini to'xtatib qolishi kerak edi. Manas
ertalab ofisga borishini aytadi.
Pariklar oilasi Ritika va Sharmanning
unashtiruv marosimiga tayyorlana boshlaydi.
Shu payt Ranvir kirib keladi: - Bu yerda
nimalar bo'lyapti?
Ishanining buvisi: - Ritika va Sharmanning
unashtirov marosimi bo'layapti. Biz shunga
tayyorlanayapmiz.
Ranvir bu uning uyi ekanligini marosimni
esa bu uyda qilmasliklarini aytadi. Ishanining
buvisi bu uy Ishaniga ham qarsshli ekanini
aytadi. Amba va Lakshmi hayratda.
Ranvir va Ishanining buvisi tortishib turishsa
Ishani tepadan tushib keladi. Ishani Amba va
Ranvirni gap bilan og'zini yopib qo'yadi.
So'ng Buvisi va Chaytaliga marosimga
tayyorgarlikni davom etishini aytadi.
Ishani Ranvirga tabassum bilan termuladi.
So'ng uning oldidan ketadi. Ranvirga bu
xolatlar qattiq azob berardi. Ishani ketayotib
ortiga qaraydi va ichida "Kechiring Ranvir!
Bunday qilishni xoxlamayapman. Lekin
majburman."
Ishaniga Manas telefon qiladi. Ular ofisga
borib hujjatlarni qidira boshlaydi. Manas
hujjatni topadi.
Ishani va Manas bir menedjerdan yuk
menedjeri bilan uchrashishni so'raydi.
Menedjer ularga kutib turishini yuk
menedjeri kelayotganini aytadi.
Ranvir va Ritika ofisda Ishani haqida
baxslashishadi. Ritika Ranvirga qanchalik
tushuntirishga urunmasin, Ranvir unga
qarshi chiqaveradi. Manas va Ishani
menedjerlar bilan uchrashib muammoni hal
qilishishni, RVning olmoslar to'plamini
to'xtatib qolishni boshlashadi. Olmoslar
to'plami allaqachon kuryerga jo'natilgan edi.
Ishani va Manas mashinada tezda o'sha
yoqqa ketishadi. Yo'l tirband bo'lganligi
uchun Ishani mashinadan tushib oladi. Ular
Kuryerdan yuk haqida so'rashadi. Kuryer esa
olmos yuk allaqachon sotuvga yetkazilganini
aytadi. Ishani esa jim turgancha ortiga
qarab yig'lay boshlaydi...