Главная » 2015»Июнь»12 » Senga Oshiqman (Voqealar Rivoji) 12.06.2015
18:09
Senga Oshiqman (Voqealar Rivoji) 12.06.2015
Asosiy lavhalar:
Bu vaqtda Chirakning oilasi Ishanining uyida o'tirishardi. Hamma Ishanini kutardi.
Ishani esa Ranvirni yonida edi. O'zini zo'rg'a tutib turgan, hattoki oyoqda turolmayotgan Ranvir Ishanini qolidan tutadi va bu
hujjatlarni hech kimga
ko'rsatmaligini qattiq iltimos qiladi. Hushi o'zida yo'q bo'lgan RV bu hujjatlar o'ta muxim, ko'pchilik bu ishni olishni hohlaydi,
lekin bu ishni men qo'lga kiritaman, senga va'da beraman deb aytadi. Ishani jim o'tirgancha RVni yonida o'tirib uni tinglardi.
Ranvir uni qo'llarini ushlagancha gapirardi. Ularni birga o'tirishganini RV ning onasi
ko'rib qoladi. Ranvirni xonasidan chiqib kelayotgan Ishanini to'xtatishadi va kim senga ruxsat berdi bu uyga kirishga? nega
meni o'g'limni yotog'iga kiriding, bunga qanday jurat qilding deb so'raydi? Ishani jim turardi. Ranvirning onasi esa: endi u seni
xizmatkoring, yoki do'stning emas. u seni raxbaring. Uni Ranvir deb chaqirma. Yodingdami butun oilang bilan uni uyingizdan haydaganing, esindami o'sha
mashum kecha. O'shanda qayerda eding, O'g'limdan uzoqroq yur deb Ishanini haydab yuboradi.
Ularni uyida Ishaning kelinoyisi
ham bor edi, anu ingliz tilidan dars berib yurgan ayolchi. Ishaning bu harakatini u
xam ko'rgan edi. U zudlik bilan uyga shoshadi va Ishanining onasi hamda buvisiga uni Ranvir bilan birga uni uyida ko'rganini aytadi. Ularni suxbatini Chirak va
uning oilasi eshitishadi. Chirakni onasi Ishanidan jaxli chiqib fotixa bo'lmaydi, biz qizingizni kelin qimaymiz deb aytadi. Ayyor
Chirak esa onasiga yo'q ona, unday demang, men unga ishonaman, turmush qursam
faqat Ishaniga uylanaman deb aytadi. Shu vaqt Ishani kirib keladi, CHirak uni yoniga
borib, undan hafa emasligini, u yog'ida to'y kunini ham belgilashganini, 2 haftadan
so'ng to'y bolishini aytadi.
Chirak va uning oilasi uyga kelishadi va Chirakdan so'rashadi: kechagini Ishani bilan hamma aloqani uzaman degan eding, nega birdan unga uylangin kelib qoldi, axr ular hali sudda yutib chiqishmadiku, nega shoshyapsan deb. Chirak esa hovotirlanmanglar, ular albatta yutishadi, chunki ularni yutishiga Ranvir
albatta yordam beradi. Men buni aniq bilaman deb aytadi. RV Ishanini qiynalishini kambag'al bo'lib yashashini jim kuzatmaydi,
u xozir boy lekin yuragi hali ham o'sha-o'sha. Biz bundan foydalanib qolishimiz kerak, U bu yerda o'z ustozi oldidagi burchini bajarish uchun kelgan, meni ishonchim komil ular albatta yutishadi, bu
degani men to'ydan so'ng hamma pulga ega bo'laman. Ikkinchidan Ranvir ham meni qo'limda bo'ladi deydi.
Kecha tunda qattiq ichgan Ranvir ertalab hushiga keladi, u
haliyam o'zida emasdi. Kecha nimalar bo'lgani, Ishaniga nimalar dedim deb o'ziga savol beradi. Hech narsa yodida yo'q edi. U
Ishaniga ortiqcha gap gapirib qo'yganidan tashvishlanadi. Keyin sekin sekin yodiga tushadi. Ishani turmushga chiqayotganini
o'ylaydi. Qanday qilib to'yni to'xtsam bo'ladi deb o'ziga savol beradi. So'ng eng muximi
fayl haqida, olmoslar qiroliga beriladigan takliflarni qidiradi. Ularni qayerga qo'yganini
eslolmaydi. Tezda offisga keladi. U yerda esa Ishanining to'yi 15 kundan keyin bo'lishini
eshitib yanada jaxli chiqadi.
RV xonasiga o'z yordamchisi chaqiradi va janob Zaveriyga beriladigan taklifni yo'qotib
qo'yganini, uni nusxasini olib kelishni aytadi. Shunda yordamchisi buni nima keragi bor
janob, menimcha uni sizdan o'g'irlashgan chunki huddi biznikiga o'xshash biznes
rejani Chirak taqdim qilibdi va u janob Zaveriy bilan shartnoma tuzibdi, aytingchi u qanday qilib bizni takliflarni oldindan bilgan
bo'lishi mumkin deb aytadi.
Shu vaqt honaga Ishani kirib keladi Ranvir Ishaniga Yopisha ketadi, u Ishaniga: bu ishlarni sen qilding-a? nega bunday qilding? ahr senga ishongan edim, endi
nega ishga qaytib kelganing ma'lum bo'ldi. Sen meni rejalarim haqida CHirakka ma'lumot yetkazib berishni rejalashtirgansiz.
Nega? Nega bunday qilding? Ahr sen bolalikdagi do'stim edingku. Chirakdan buni kutsam bo'lardi? lekin sen? sen bunday qilasan deb hech o'ylamagandim, deb aytadi.
Ishani o'zi oqlashga harakat qiladi. Ammo RV uni eshitishni ham istamaydi.
RV uyiga jaxl bilan keladi, u yerda onasi yaxshi kelin qidirish bilan band, edi, Ravnir: yo'q onajon, menga yaxshisi kerak emas,
menga shaxardagi eng zo'ri kerak,
shundayini toping, 10 kun ichida to'y qilamiz. deydi. Ranvirning onasi: ko'rdingmi? U seni nima kuyga soldi. Sen esa unga
ishonib yuribsan. O'ylama, siqilma? Sani shunaqangi boy va go'zal qizga uylantiriyki,
butun shaxar og'zi ochilib qolsin, deydi. Bu vaqt davomida olmoslar qiroli bo'lgan, RV u bilan shartnoma tuzolmagan janob
Zaveriya o'z qizi bilan suxbatlashardi (Retika Qizi Bo'ladi). Qiziga kelayotgan tug'ilgan kuning uchun senga
ajoyib sovg'a tayyorlab quyganman deydi. Keyn Ranvir kirib keladi.
RMO BEK Tayyorladi