Главная » 2015»Июнь»18 » "Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (18.06.2015)
17:44
"Senga Oshiqman" Voqealar Rivoji (18.06.2015)
Bugungi qism juda qizg'in tus oladi! Chirak bu holatdan chiqib keta oladimi? Ishani uni ko'radimi? Ko'rib qay holga tushadi, Ranvirning keskin qarorlari!!! Ushbu serial haqidagi eng haqiqiy hamda ishonchli voqealar rivoji va ma'lumotlarni faqat bekorchi.ru sayidan olishingiz mumkin!
Chirak qizlardan qochish paytida RV uni yo'lini to'sib, ustidan kuladi.
Bu qizlar bilan uchrashuving birichisi edi, bundan sen juda qo'rqib ketding, lekin seni endigi uchrashtirmoqchi bo'lgan insonim bilan ko'rishsang qay holga tusharkinsan. U kim deb o'ylayapsanmi? Bu ISHANI...
Hozir kirib qoladi, unga shu yerda bo'lgan voqeani video tasvirga tushirilgan mana bu video diskni qo'yib beramiz, barchamiz birga bu filmni tomosha qilamiz. Zo'r tomosha bo'ladide, Popcorn hohlamaysanmi mobodo...
Chirak judayam qo'rqib ketadi...
Barchamiz Ishanini kutmoqdamiz. Ishani endi shu zalni eshigini ochayotgan vaqt, singlisi hamda Rishini birga ko'rib qoladi va ularni ortidan ketadi. Singlisi bilan juda ko'p tortushuvdan so'ng uni uyiga olib ketadi. Ex afsus u zalga kirmadideeeee!
Ranvir va Chirak ishanini kirishini kutashardi. Ishani kirmagach Chirakni chexrasiga kulgu keladi. U RVga: qani Ishani, eeeex Ranvir Ishani menga ishonadi, u bu yerda meni ko'rgan taqdirda ham menga ishonishda davom etadi, U uzr Chirak bilmay sizdan shubhalandim deb aytadi. Ahmoq Ishani!
Ex Ranvir Ishani kelmaydi...
RV: Hech qisi yo'q, agar ovchi o'z o'lajini qo'lga ololmasa, unda men o'jani ovchiga olib boraman. Bu diskni unga beraman. Seni asl basharangni ochib tashlayman.
Chirak uni to'xtatish uchun yalanib yorvoradi, bu diskni Ishaniga bermaslikni iltimos qiladi, RVni ortidan yalinib yuguradi. Shu payt RV ning yo'lidan Ishanining onasi Falguni chiqib qoladi. Chirak uni ko'rib o'zi oqlashga harakat qiladi, Ammo Falguni: Chirak meni hozirda senga hech qanday gapim yo'q, meni faqat Ranvirga gaplarim bor, sen ketishing mumkin deb, (RV ning qo'lidagi diskni sindirib tashlaydi, Chirak bundan hursand bo'lib, uyiga ketadi)
Ranvir Falgunidan nega bunday qilganini so'raydi, Falguni: sen bu bilan nimaga erishmoqchisan, o'zing boshqasiga uylanmoqdasan, nega qizimni to'yini buzishga urinyapsan. Ranvir sandan iltimos uni tinch qo'y, Bilaman san uni haliyam juda qattiq sevasan, lekin sen unga istirob va azobdan boshqa hech narsa berolmaysan. Mayli u Chirakga turmushga chiqaversin, garchi bu unga baxtsilik keltirsada, soxta sevgi asosida qurilayotgan turmush bo'lsa ham men bunga roziman. Chunki sen kuchsiz va axmoqsan, sen baribir Ishanini qo'lidan tutib, uni o'z uyinga olib ketishga jurating yetmaydi, sendan o'tinib so'rayman qizimni hayotidan butunlay ket deb aytadi. (Aslida Falguni bu gaplarni RANVIRni ko'zini ochish, Ishani uchun biror bir yaxshi ish qilish, hamda Ishanini qalbini zab etishga harakat qilishi uchun aytgan edi)
RV judayam qattiq jaxl bilan chiqib ketadi. Mashina ketayotib, beixtiyor ko'zlariga yosh keladi, Uni og'riqdan azob chekayotgani shundoq yuzidan, ko'zlaridan ko'rinib turardi, Ranvir o'tmishni, Ishani bilan bo'lgan baxtli onlarini eslaydi. Yo'lda to'xtab, Ritikaga qo'ng'iroq qiladi, u bilan uchrashmoqchi ekanligini aytadi.
Ritika ko'chaga, RV bilan ko'rishgani chiqadi. Ranvir unga barchasini, o'tmishdagi bo'lib o'tgan barcha voqeylikni so'zlab beradi. U sevgan qiz Ishani ekanligini, Uni ilk bor 9 yoshida otasi hizmatkor bo'lib ishlovchi janobning uyida ko'rganini, shu ko'rishidayoq uni sevib qolganini va hali hanuz uni, faqat uni sevishni aytadi. RV: Senga uylanayotganim sabi, buni Ishani so'radi, u birinchi marta mendan biror narsani iltimos qilishi, shuning uchun men bunga rozi bo'ldim, Lekin Ritika ishon, agar biz turmush qursak, men Ishaniga hatto qaramayman. Ammo men senga uyimdan joy berishim mumkin, lekin qalbimdan joy berolmayman, chunki uning egasi bor. Men seni sevolmayman, chunki sevgi insonga bir marta berilar ekan. Sen agar hohlasang to'yni bekor qilishing mumkin... davomi bor