Tailandda rossiyalik sayyoh do‘pposlandi, yetkazilgan shikastlanishlar oqibatida u
halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti” Rossiyaning Bangkokdagi elchixonasi konsullik bo‘limi boshlig‘i Vladimir Sosnovning ma’lumotlariga asoslanib.
Sayyoh mehmonxona xizmatchisi
tomonidan u bir oyga band qilgan
xonasining eshigi yaqinida topildi.
Mehmonxonadagilarning ta’kidlashicha, rossiyalik sayyoh ikki kundan so‘ng uyiga
qaytmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uni kasalxonaga yetkazdi, biroq
shifokorlar uni qutqara olmadi. Rossiyalik sayyohning tanasida ko‘plab gematomalar aniqlandi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u ichki qon quyilishi natijasida
vafot etdi.