Главная » 2015»Июнь»22 » Ucelldan Yangi Kundalik Internet-to‘plam 50 MegaBayt
08:53
Ucelldan Yangi Kundalik Internet-to‘plam 50 MegaBayt
Sizga kundalik Internet-trafikingiz yetmayaptimi? Ucell e’tiboringiz uchun yangi 50 MB kunlik Internet – to‘plamini taklif etadi!
To‘plam - To‘plam 50
Kunlik to‘lov - $0.40
Kundalik trafik hajmi - 50MB
Faollashtirish - *555*1*6*1#
Trafikingiz qoldig‘i haqida o‘ylamasdan, pochtangizni tekshiring, dunyo voqealaridan xabardor bo‘ling hamda WhatsApp, Telegram, Skype va Viber orqali do‘stlar bilan muloqot qiling.
Va belgilangan megabayt miqdorini foydalanib ulgurmaganlar uchun yaxshi yangilik - barcha foydalanilmay qolgan trafik saqlanib qoladi, trafik hajmi keyingi kunga qo‘shiladi va 90 kun davomida amal qiladi! Kundalik online suhbatni sotib olishga shoshiling!
Kunlik internet-to’plamlaridan foydalanib, o’zingiz uchun kerakli kunlik trafik miqdoriga a’zo bo’lishingiz mumkin. Kunlik to’plamlarning asosiy ustunligi shundaki, ishlatilmagan trafik qoldig’i yeg’ilib keying kun trafigiga qo’shilib boraveradi. Endi siz kunlik-to’plamlar yordamida Internet uchun 5 barobargacha kam pul sarflashingiz mumkin!
Ucell xizmatlarini Online rejimda xarid qiling!
Buning uchun to’plam sahifasiga kirib, “Xarid qilish” tugmasini bosishi kerak. Shundan so’ng, o’z raqami va bir martalik parolni kiritishi kerak. Bir martalik parol *233# raqamiga USSD-so’rov yuborish yo’li bilan qabul qilinadi. Shunda, xizmatni faollashtirish narxi abonent hisobidan yechiladi va keltirilgan tavsiflar asosida amal qiladi. Bir martalik parolning amal qilish davri 10 daqiqani tashkil etadi.
Ushbu xizmat haqi oldindan to’lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
Trafik qoldig’ini tekshirish uchun *107# tering.
Xizmat shartlari:
Kunlik to’plamlar faqat Prepaid tizim abonentlari uchun mavjud;
To’plamga kiritilgan kunlik trafik faqatgina abonent to’lovi yechilgandan so’ng taqdim etiladi;
Quyidagi xizmatlar faollashtirilgan paytda kunlik to’plamlardan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi, va aksincha “Ota-onalar nazorati”;
Taqdim etilayotgan kunlik trafik 90 kun muddat bilan beriladi;
Xizmat o’chirilgan holda yig’ilgan trafik qoldig’i bekor qilinadi;
Kunlik abonent to’lovi balansdagi mablag’ qoldig’idan qatdiy nazar faqatgina aktiv holatda yechiladi;
Taqdim etilgan trafikdan faqatgina Aktiv statusda foydalanish mumkin;
Agar to’plamni xarid qilish paytida internetdan foydalanoytgan bo’lsangiz, xizmatning to’g’ri taqdim etilishi maqsadida internet-sessiyani to’xtatib, qaytadan ulanish tavsiya etiladi.
“Kunlik Internet-to’plamlar”dan birini faollashtirish holatida “Cheksiz Odnoklassniki”, “Cheksiz Mail.ru Agent”, "Sprint" xizmatlari o’chiriladi.