Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » Dunyo Yangiliklari
Yangi yil arafasida Ucell o‘z mijozlarini yoqimli syurprizlar bilan xursand qilishda davom etmoqda – ularga ommabop "Men kimman?" xizmati qulay shartlarda foydalanish imkonini beradi.

"Men kimman?" xizmati doirasidagi aksiya 2015-yilning 14-dekabridan to 2016-yilning 14-yanvariga qadar amal qiladi, ushbu vaqtda Siz hatto bloklangan holatda ham "Men kimman?" xizmatidan (*450#) foydalanishingiz va o‘z raqamingiz, SIM-karta nomiga rasmiylashtirilgan abonentning FIO, tarif, oxirgi to‘lov miqdori, raqamning holati haqida ma’lumot olishingiz mumkin (bloklangan/bloklanmagan).
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1927 | Добавил: Admin | Дата: 17.12.2015 | Комментарии (0)

Rayhonning konsert banneri shahar ko‘chalariga ilinish arafasida reklama servisi tarafidan o‘tkazilmadi, deb xabar beradi “Sayyod sayti”.

Nashr qayd etishicha, bunga bannerlardagi zanjirlar sabab bo‘lgan. Ammo zanjirli bannerga nima uchun ruxsat etilmagani sababi noma’lum.

“Yangi fotosessiya qilib, uni yana qayta banner bilan reklama servisidan tashqari yana boshqa yerlardan ham tasdiqlatish ishlaridan o‘tkazishga bir yarim oy ketishi aniq. Bunga esa vaqt yo‘q. Shu bannerning o‘zidan zanjirlarni olishga qaror qilishgan”, — deb yozadi “Sayyod.com”.

Nashrda yozilishicha, bannerning zanjirsiz turi ko‘ngildagidek chiqmagan. Bu esa Rayhonning kayfiyatiga salbiy ta’sir qilgan va u tushkunlikka tushib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Rayhoning konsert dasturi 2016-yilning 23—27-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1554 | Добавил: Admin | Дата: 17.12.2015 | Комментарии (0)

2015-yil davomida 31 ta mamlakatda jami 128 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Press Emblem Campaign tashkiloti taqdim etgan hisobotga asosan “TASS” xabar qilmoqda.

Qurbonlar soni eng ko‘p Suriyada bo‘lib, u yerda 11 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Undan keyin Iroq va Meksika ― 10 nafardan qurbon, Fransiya, Liviya va Fillipinda (8 nafardan), Braziliya, Hindiston, Janubiy Sudan va Yamanda esa yetti nafardan jurnalist halok bo‘lgan. Pokiston va Somalida ― 6 nafar, Gondurasda ― 5 nafar. Ukraina va Kolumbiyada to‘rt nafardan jurnalist o‘ldirilgan. Ro‘yxat bo‘yicha 16-o‘rinda Gvatemala turibdi (3 nafar). O‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi o‘rinlarda Afg‘oniston va AQSh keltirilgan (2 nafardan).

O‘tkazilgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, matbuot xodimlari faoliyati uchun eng xavfli joy bo‘lib 2015-yil davomida 38 nafar jurnalist qurbon bo‘lgan Yaqin Sharq mamlakatlari hisoblanmoqda. Undan keyin Lotin Amerikasi (31 nafar), Afrika (18 nafar) va Yevropa (13 nafar) davlatlar ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1289 | Добавил: Admin | Дата: 17.12.2015 | Комментарии (0)

UMS mobil aloqa operatoridan ajoyib yangilik.
2015.12.12dan boshlab «Start», «Mini», «Optima» tarif rejalarida bo’lgan abonentlar o’z balanslarini bir martada $4 va undan ko’proqqa to’ldirganda, UMS tarmog’i ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar uchun 400 daqiqaga ega bo’ladilar.

Aksiya O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qiladi.
Taklifdan foydalanish uchun nima qilish kerak?
1. «Start», «Mini» yoki «Optima» tariflari abonenti bo’lish
2. Balansni $4 va undan ko’proqqa to’ldirish
Qolgan daqiqalarni tekshirish:
USSD: *103#
SMS: 6111 raqamiga 2ni yuborish

» Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko’rsatilgan; » Hisob-kitob to‘lov kunidagi O’zR MB kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi; » Servis O’zbekiston hududida amal qiladi; » «Start», «Mini», «Optima» tarif rejalarida bo’lgan abonentlar o’z balanslarini bir martada $4 va undan ko’proqqa to’ldirganda, ularga UMS tarmog’i ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 2223 | Добавил: Admin | Дата: 17.12.2015 | Комментарии (0)

Samsung va Apple kompaniyalari 2011 yildan Janubiy korealiklarni iPhone dizaynini ko'chirirganlik borasida sudlashib keladi. Bu jarayon nihoyasiga etib qoldi va Samsung 10 kun ichida Apple kompaniyasiga 548 mln dollar miqdorida tovon puli to'laydigan bo'ldi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

2011 yildan boshlangan ushbu mojaroda Apple kompaniyasi Janubiy korealiklardan turli miqdordagi tovon puli talab qilib kelishdi. Boshida Apple 2,5 mlrd dollar, so'ngra 1 mlrd dollar talab qildi. Va nihoyat Samsung kompaniyasi shu summaning yarmini to'laydigan bo'ldi.

Samsung kompaniyasining Apple dan “o'g'irlagan” texnologik tomoni suratlarni kattalashtirish uchun ekranga ikki marta bosish hamda turli ko'rinishdagi multi-ishoralar etib ko'rsatilgan.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1438 | Добавил: Admin | Дата: 05.12.2015 | Комментарии (0)

Toshkentlik 22 Botirbek Mansurov o'z tengdoshi va do'sti, bir mahallada o'sgan Ahror Vosievni pichoqlab o'ldirib qo'ygani uchun sud tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, ular o'zaro hazillashib yurishgan va yaqin do'stlar hisoblanishgan. Ammo bir kuni hazil jiddiylashib ketgan, natijada Vosiev Mansurovga ikki musht tushirgan. Bunga chiday olmagan Mansurov pichoq olib chiqib, do'stining ko'kragiga urgan. Kutilmagan zarabadan esankirab qolgan Vosiev qocha boshlagan, ammo qotil uni quvib etib, yana zarbalar bergan.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1282 | Добавил: Admin | Дата: 05.12.2015 | Комментарии (0)

Rossiyaning Nevsk tumani huquq-tartibot idorasi xodimlari O'zbekiston fuqarosining halokati borasida tekshiruv ishlari olib bormoqda.

“Fontanka” nashri bergan ma'lumotga ko'ra, voqea 4 dekabr tungi soat birda “Rusanov” ko'chasida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 41 yoshli erkak o'zi ro'yxatdan o'tgan uyning beshinchi qavatdagi derazasidan pastga sakragan. Olgan jarohatlari bois u voqea joyida halok bo'lgan. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1150 | Добавил: Admin | Дата: 05.12.2015 | Комментарии (0)

O'zbekiston milliy domen hududi ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, UZ hududidagi domenlar soni 4 dekabrda 25 mingdan oshdi.

Shu yil boshidan beri (19,1 ming domen) o'sish 5780 domen nomini yoki 124 foizni tashkil qildi. Bu vaqt ichida 11,1 mingdan ko'proq yangi domen nomi ro'yxatdan o'tkazilgan va deyarli 5400 domen o'chirib tashlangan.

Statistikaga ko'ra, barcha domenlarning 45 foizi jismoniy shaxslarga tegishli bo'lib, 88 foiz domenlar O'zbekiston rezidentlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan. Xostingda 70 foiz domen nomlari yozilgan, ulardan yarmi O'zbekiston ichida joylashtirilgan.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1482 | Добавил: Admin | Дата: 05.12.2015 | Комментарии (0)

"Реал" ҳужумчиси Карим Бенземанинг "Барселона"га қарши ўйинда майдонга тушиши катта сўроқ остида қолмоқда.

Футболчи машғулотларда тўлиқ қатнашаётганига қарамай, майдонга тушиш учун ҳали 100 фоизга тайёр эмас.

"Реал" бош мураббийи Рафаэл Бенитес Бензема ўрнига майдонга асосий таркибда Хамес ёки Хесени тушириши кутилмоқда.
"Қироллик клуби" шифокорлари Бензема жароҳатини қайталаб олишидан хавотир олишмоқда.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 774 | Добавил: Admin | Дата: 20.11.2015 | Комментарии (0)

Aloqa operatori Beeline Emotion Trading kontent-provayderi bilan birgalikda telefon orqali O'zbekistonning ommabop radiolarini tinglash uchun mo'ljallangan IVR Radio “Mobil Radio” yangi xizmatini ishga tushirdilar.

Radioni tinglash uchun qo'shimcha furnituradan foydalanishning hojati yo'q. “Mobil radio” ko'ngil-ochar ovozli xizmatdan foydalanish uchun 3003 bepul raqamiga qo'ng'iroq qilib, interaktiv ovozli menyu yo'riqlariga rioya qilish lozim. Xizmat yoqtirilgandan so'ng, birinchi uch kun mobaynida undan foydalanish bepul. To'rtinchi kundan boshlab xizmat narxi kuniga 0.05$ tashkil etadi.

“Mobil Radio” xizmati doimiy ravishda Beeline abonentlari uchun mavjud.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 662 | Добавил: Admin | Дата: 19.11.2015 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июнь 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz