Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 13 Гостей: 13 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » Dunyo Yangiliklari
“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora Qalampir.Uz saytiga bergan intervyularida FHDYoda oilalarini ikki oy avval ro‘yhatdan o‘tkazishganini ma’lum qilishdi.
Ular o‘z ntervyularida shunday deyishdi: “Buning nimasi yomon? Do‘stlarimiz, ota-onalarimiz FXDYo bo‘limiga tezroq xujjat topshirib qo‘yinglar, keyin ulgurmay qolasizlar, hali shifokorlar ko‘rigidan o‘tishingiz kerak, deyaverishganidan keyin FXDYoga ariza topshirdik. Xujjatlar bilan bog‘liq ishlar bunchalik tezlashib ketadi deb kutmagandik”.
Eslatib o‘tamiz, xonandalarning visol oqshomi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
|
AQShning Birmingem shahrida sakkiz yashar bola qotillikka urinish bilan ayblanmoqda, deb xabar bermoqda NTV.Ru ABC News telekanali ma’lumotiga asoslanib.
Polisiya bergan ma’lumotga ko‘ra, olti bola kattalar nazoratisiz qoladi. Ularning orasidagi sakkiz yashar bola bir yoshli Kelsi Divayn Lyuisni o‘lar darajada kaltaklaydi. Qizcha butun vaqt mobaynida yig‘lagan va hech qanaqasiga tinchlanishni istamagan. Bu paytda bolalarning ota-onalari tungi klubda ko‘ngilxushlik bilan band edi.
Bolaning o‘zi nima sodir bo‘lganini aytib bergan. U ayni damda voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limda saqlanmoqda. Alabama shtatida bunday jinoyatlarga qarshi jazo uchun yosh hisobga olinmaydi.
|
2030 yilga kelib Moskvada internetdan
foydalanish mutlaqo tekin bo'lishi
mumkin. Bu haqda Moskva axborot
texnologiyalari tahliliy bo'linmasi boshlig'i
Aleksey Chukarin aytib o'tgan.
Ayni damda Moskvaning 75 foiz aholisi
internetdan foydalanadi. 2015 yil holatiga
ko'ra, internet axborot-kommunikatsiya
sohalari ichida eng ommabopi bo'lgan.
Mutaxassisning fikricha, raqamli
texnologiyalar sohasi bundan keyin ham
jadal rivojlanadi va 2030 yilga kelib,
internet shaharning barcha iqtisodiy
sohalarini qamrab oladi.
Chukarinning so'zlariga ko'ra, kelgusi 15 yil
ichida shaharlar va kompaniyalar oldida
ma'lumotlarni saqlash va qurilmalarni
energiya ta'minoti bilan uzluksiz
ta'minlash vazifasi turibdi
|
Evleaks taxallusi bilan ma'lum bo'lgan Evan Blass ismli foydalanuvchi o'zining Twitter-akkauntida ikkita displeyli LG V10 smartfonining suratlarini joylashtirdi.
Smartfonda ikkinchi displey asosiy ekranning yuqorisida, frontal kameralar yonida joylashgan. Suratga ko'ra, bu displey Samsung Galaxy Note Edge smartfoni yoniga egilgan displey kabi funktsiyalarni bajaradi, ya'ni unda eslatmalar va dasturlarning ikonkalari joylashadi. Suratda ikkita frontal kamerani ham ko'rish mumkin, biroq uning vazifasi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Yaqinda internetda smartfonning ko'rsatkichlari haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Smartfon 2560x1440 nuqtali 5,7 dyuymli displey, 6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 64 Gb doimiy xotira, 16 Mpli asosiy va 5 Mpli frontal kamera bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, smartfonning blokdan chiqarish tugmasida barmoqlar izi skaneri joylashtirilishi mumkin.
|
Biroz oldinroq, xonanda Bahriddin Zuhriddinov joriy yilning 1-2 noyabr sanalarida "Jo'shqin qalbim sadosi" nomli ilk yakkaxon kontsert dasturini muxlislar e'tiboriga havola etishi va bu kontsertga syurpriz sifatida "Ranvir" roli orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Shakti Arora taklif etilgani to'g'risida xabar berilgandi.
Bahriddin Zuhriddinovning vakili bugun sayt tahririyatiga bu reja bekor qilingani haqida ma'lum qildi.
Aniqlik kiritish uchun xonandaning o'zi bilan bog'langanimizda esa, u bu holat boshqalarning aralashuvi tufayli yuzaga kelgani, o'zi uchun ham, janob Arora uchun ham bu kutilmagan o'zgarish bo'lganini ta'kidladi. U uchinchi tomonga aniqlik kiritmadi.
Qayd etish lozimki, shu kunlarda hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan "Senga oshiqman" seriali jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. OAV va internetda bu serialning milliy mentalitetga to'g'ri kelish-kelmasligi bo'yicha munozaralar davom etmoqda.
|
 Biz o‘z kamchiliklarimizni qiyinchilik bilan tan olamiz, biroq o‘zimizni oqlashni osongina uddalaymiz. Biz mo‘’jiza kutamiz, dushnbani kutamiz, yangi yilni va yangi hayotni kutamiz. Achchiq hayot haqiqatining ko‘ziga tik boqishning va bir daqiqaga ham ortga surmay o‘z ustimizda ishlashning vaqti keldi
Bu maqolani o‘qib chiqing, u o‘zingizni dadil tutib, to‘siqlarni yengib o‘tishga o‘rgatadi.
1. Hech kim sizga javob berishga imkon topa olmas darajada band emas
Biror yigit yoki qiz sizning xabarlaringizga juda band bo‘lgani uchun javob qaytarmayotgani yo‘q. Yoki ish beruvchi kun davomida bir soniya ham bo‘sh vaqt topa olmayotganidan sizga qaytib qo‘ng‘iroq qilolmayotgani yo‘q.
Agar siz kimdandir javob olmayotgan bo
...
Читать дальше »
|
O'zbekistonlik xonandalar Sardor Rahimxon va Ulug'bek Rahmatullaevlar ilgari yaqin do'st hisoblanib, ko'pdan beri ularning aloqalari sovuqlashib qolgan edi. Darakchi gazetasida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, ular orasidagi munosabat bir qadar iliqlashgan va bunga xonanda Ozodbek Nazarbekov hissa qo'shgan.
Bunday mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo'lgan narsa Sardor Rahimxonning ijtimoiy tarmoqlardan biridagi o'z sahifasida Ulug'bek Rahmatullaevning kontserti afishasini joylashtirganidir. Ilgarilari urushib qolgan do'stlar bunday ish tutishmasdi. Bundan tashqari, Rahimxon do'stiga ushbu kontsertni muvaffaqiyatli o'tkazib olishni tilagan.
|
Internetda go‘yoki Davlat test markazi rasmiy saytida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalari bekor qilingani haqida berilgan e’lon tarqaldi. DTM saytidan olingan "skrinshot”da 1-sentabr kuni qayta test sinovlari o‘tkazilishi aytiladi. Imtihon natijalarining bekor qilinishiga "ba’zi bir texnik nosozliklar” sabab bo‘lgani keltirilgan.

Foto: Internet
Biroq DTM saytida bunday xabar mavjud emas. Saytdagi xabarlar bir necha kundan buyon yangilanganicha yo‘q. DTM sayti yaxshi ishlayapti, ammo odam kopligi sababli ba’zida ochilmay qolishi mumkin. Kecha, 17-avgust kuni saytga 242 ming kishi kirdi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda
...
Читать дальше »
|
Хонанда Наврўз Собиров 8 август куни Урганч шаҳридаги “Ёшлар кўли” маданият ва истироҳат боғида содир бўлган фожиа ҳақида фикр билдирди.
Эслатиб ўтамиз, ўша куни кўприкнинг қулаши оқибатида 10дан ортиқ одам ҳалок бўлган эди. Айни пайтда ҳукумат комиссияси воқеа сабабларини ўрганиб чиқмоқда.
“Одамларнинг айтишича, менинг айбим йўқ, – деди хонанда Shov-shuv.uz сайтига берган интервьюсида. – Текин концерт эди. Менга ҳокимият концерти дейишган. Апил-тапил кийиниб, 8-август куни “Ёшлар кўли”га бориб куйладим. Бошқа ҳеч нарсадан хабарим йўқ”.
|
Kecha kirish imtihonlari natijalarining bugun – 15-avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik. Biroq, bugun bu borada hech qanday yangilik bo‘lmadi.
Muxbirimiz bilan suhbatda bo‘lgan qabul komissiyasi vakili vaziyatga oydinlik kiritib, Davlat test markazida natijalarning allaqachon ma’lum bo‘lganini aytdi. Biroq bu yil test imtihonlarini topshirgan abituriyentlar sonining rekord darajadaligi tufayli, natijalarni hali tartibga solib va ro‘yxat tuzib ulgurishmagan.
Xodimning ta’kidlashicha, javoblar 17-avgust tongda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Muxbirimiz universitet darvozasining berk ekanligi va natijalar osiladigan stendlarning esa hali o‘rnatilmaganligi guvohi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazining xabar berishicha, bu yil mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 480 447 nafarni tashkil etdi. O‘tgan yili esa 432 000 nafardan ko‘proq abituriyent talabalik baxtiga
...
Читать дальше »
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Июнь 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|