Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [44]
Senga Oshiqman [51]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » Dunyo Yangiliklari
Hurmatli Abonentlar,

"Haftalik Internet-to‘plamlar" xizmatiga ulanish muddati 2015-yilning 30-sentabriga qadar uzaytirilganligini sizga xursandchilik bilan ma’lum qilamiz! Trafik haqida qayg‘urmasdan, har hafta barcha yangiliklar va muhim voqealardan xabardor bo‘ling, ularni ijtimoiy tarmoqlarda va Whatsapp, Telegram, Skype yoki Viber orqali do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 979 | Добавил: Admin | Дата: 24.07.2015 | Комментарии (0)

Biz yangi “Do‘stingni olib kel!” aksiyasi boshlanishi haqida xabar berishdan mamnunmiz. Faqat 2015-yilning 22-iyulidan 22-oktabriga qadar Ucellning har bir abonenti o‘z do‘stlarini, yaqinlari va qarindoshlarini Ucellga taklif qilib, uch oy davomida ular bilan birga bonus daqiqalar, SMS va megabaytlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yaqinlaringizni va do‘stlaringizni Ucellga ulanishga olib keling va uch oy davomida har biri uchun 30 kun amal qiladigan Ucell tarmog‘i ichida 50 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 50 SMS va 10 MB Internet trafigiga ega bo‘ling.

Qancha ko‘p do‘stlaringizni taklif etsangiz, shuncha ko‘p bonuslarga ega bo‘lasiz – barchasi o‘z qo‘lingizda!

Sizning taklifingiz bilan Ucellga ulangan har bir do‘stingiz, uch oy davomida tarmoq ichida 100 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS va 30 kun amal qiladigan 10 MB oladi. Bu hali hammasi emas! Har bir ulangan do‘stingizga Ucell birinchi oy davomida O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS beradi va bu ular ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1157 | Добавил: Admin | Дата: 24.07.2015 | Комментарии (0)

Bloklangan holatda bo‘lgan Prepaid tizimi abonentlari uchun ajoyib yangilik!

45 kundan oshiq muddat davomida bloklangan holatda bo‘lgan va nomiga bittadan ortiq raqam ulangan abonentlarga Ucell juda manfaatli shartlar asosida tarmoqqa qaytishlari uchun ajoyib imkoniyat beradi! Siz hisobingizni istalgan miqdorga to‘ldirib, tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar, O‘zbekiston bo‘yicha SMS va Internet xizmatlari uchun $1 miqdorida, belgilangan vaqtidan 60 kungacha amal qiluvchi yoqimli bonus olasiz.

Siz hisobingizni istalgan miqdorga to‘ldirsangiz bas – yana aloqadasiz! Biz bilan qoling va yanada ko‘proq bonuslarga ega bo‘ling!

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 997 | Добавил: Admin | Дата: 24.07.2015 | Комментарии (0)

Telegram messenjeri katta miqyosdagi DdoS-hujumlarga uchradi, bu hujumlar oqibatida messenjerning butun dunyo bo‘ylab ishida qisqa muddatli nosozliklar kelib chiqqan. Bu haqda xizmatning tvitter-akkauntida ma’lum qilindi. Telegram asoschisi Pavel Durov bu hujumlarda o‘z raqobatchilarini aybladi, biroq messenjer AQSh maxsus xizmatlarining e’tiboriga tushgani sabab bu hujumlar ularning ishi bo‘lishi ham mumkin. Ekspertlarning fikricha, xizmatning kelajagi uning joriy hujumlarga barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Hujum haqidagi birinchi xabar Moskva bo‘ylab soat 14:21 da jo‘natilgan. Xabarda hujum oqibatida Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo foydalanuvchilari ulanishda muammolarga kelishlari mumkinligi aytilgan. Keyinroq hujumlar miqyosi kattalashib, ayni paytda xizmatga ulanishdagi muammolar butun dunyo bo‘ylab kuzatilmoqda. Xizmat tvitter orqali hujumni bartaraf etishda PCCW Global va Cable&Wireless Comms lardan yordam berishni so‘radi. Ayni paytda Telecom Italia muammoni bartaraf etishda ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1672 | Добавил: Admin | Дата: 11.07.2015 | Комментарии (0)

Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи — Самвел Бабаян спорт журналистикаси соҳасида фаолият олиб бораётган оммавий ахборот воситалари вакиллари билан норасмий учрашув ташкил этди.

Ушбу йиғилишни уюштириш ғояси миллй терма жамоаниг янги бош мураббийидан чиққан бўлиб, ундан кўзланган мақсад юртимизда футболни ёритаётган барча нашрлар вакиллари билан ташиб олиш, уларнинг ғоя, таклиф ва танқидларини тинглаш, биргалашиб уларни бартараф этиш ва энг муҳими миллий терма жамоа атрофида барча, шу қаторда журналистларни ҳам бирлаштириш, бир мақсад йўлида ҳамжиҳатликда иш олиб боришдан иборат эди.

Давра суҳбати шаклида ўтган бу йиғилишда мутлақо очиқ мулоқот бўлиб ўтди. Бош мураббий журналистларнинг барча саволларига жавоб берди. Уларни қизиқтирган барча муаммоларга ойдинлик киритди.

Журналистлар терма жамоа билан ишлашда шу вақтгача юзага келган қийинчиликлар ҳақида бош мураббийга гапириб, уларга яна дуч келмаслик учун амалий ёрдам беришини сўрашди ва терма жамоалар ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1399 | Добавил: Admin | Дата: 30.06.2015 | Комментарии (0)

May oyida rejalashtirilganidek, Google o‘zining haydovchisiz avtomashinalarining so‘nggi prototiplarini Kaliforniyaning umumiy foydalanishdagi yo‘llarida sinovdan o‘tkazishga kirishdi, deb xabar beradi “3dnews.ru”. Foto: 3dnews.ru O‘tgan yili birinchi marta namoyish qilingan yangi avtomashina prototipi Google’ning anchadan buyon sinovdan o‘tayotgan modifikatsiyalangan Lexus parkiga qo‘shiladi. “Yangi prototiplar noldan boshlab to‘liq haydovchisiz boshqarish uchun mo‘ljallab ishlab chiqildi. Ularning tezligi shahar atrofi uchun maqbul bo‘lgan soatiga 25 mil bilan chegaralanib, dasturiy ta’minot yordamida harakatlanadi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1518 | Добавил: Admin | Дата: 30.06.2015 | Комментарии (0)

Tom’s Guide ekspertlari eng tez ishlaydigan smartfonlarni aniqladi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. Buning uchun ular oltita flagmanni to‘qqizta yo‘nalish bo‘yicha sinab ko‘rdi. Foto: samsung.com Reytingda to‘qqizta sinovdan oltitasida birinchilikni egallagan Samsung Galaxy S6 Edge g‘olib bo‘ldi va “Dunyodagi eng tez smartfon” nomiga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinni deyarli barcha sinovlarda yetakchi pog‘onalarni zabt etgan LG G4 egalladi.

HTC One M9 esa LG va Apple iPhone 6’dan ancha ortda qoldi. U faqat bitta sinovda boshqalardan ustunlik qildi. Google Nexus 6 va Asus Zenfone 2 barcha yo‘nalishlarda ham reytingning pastki o‘rinlarini egalladi
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1564 | Добавил: Admin | Дата: 30.06.2015 | Комментарии (0)

Hindistonning Mumbay shahridagi Churchgate temiryo‘l stansiyasida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Poyezd mashinisti boshqaruvni yo‘qotib, harakatdagi tarkib bilan birga platformaga chiqib ketdi, deya xabar bermoqda
Foto: Vesti.ru Hodisa natijasida olti kishi jabrlandi. Ularga jiddiy zarar yetmagan, jabrlanuvchilarga shu kunning o‘zidayoq kasalxonadan ketishga ruxsat berilgan. Oxiri fojeali tugashi mumkin bo‘lgan hodisa videoyozuvi internetda paydo bo‘lgan. Kadrlarda tezlikni pasaytirishga ulgurmagan poyezd qanday qilib platformaga “sakrab chiqib ketgani”ni ko‘rish mumkin. Unda deyarli yo‘lovchi bo‘lmagan, vagonlar xuddi ostida bomba portlagandek havoga ko‘tarilib ketgan.

Mazkur holat sabab temiryo‘ldagi harakat ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1653 | Добавил: Admin | Дата: 30.06.2015 | Комментарии (0)

Tailandda rossiyalik sayyoh do‘pposlandi, yetkazilgan shikastlanishlar oqibatida u halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti” Rossiyaning Bangkokdagi elchixonasi konsullik bo‘limi boshlig‘i Vladimir Sosnovning ma’lumotlariga asoslanib.

Sayyoh mehmonxona xizmatchisi tomonidan u bir oyga band qilgan xonasining eshigi yaqinida topildi. Mehmonxonadagilarning ta’kidlashicha, rossiyalik sayyoh ikki kundan so‘ng uyiga qaytmoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uni kasalxonaga yetkazdi, biroq shifokorlar uni qutqara olmadi. Rossiyalik sayyohning tanasida ko‘plab gematomalar aniqlandi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u ichki qon quyilishi natijasida vafot etdi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1233 | Добавил: Admin | Дата: 28.06.2015 | Комментарии (0)

Yosh aktyor Yigitali Mamajonovning kino san’atiga kirib kelishi qaysidir ma’noda yangilik bo‘ldi.

Lekin uning qiyofasi, o‘zini tutishi, imidji va mimikasi ko‘proq hind kino san’ati qiroli Shoxruxxonni eslatib yuboradi. Balki Yigitali aslida ham Shoxruxxonga taqlid qilar?

Hozircha, Yigitali Mamajonov unchalik ko‘p filmlarda suratga tushgani yo‘q. Ammo u har bir filmda o‘ziga topshirilgan obraz xarakterni imkon qadar ishonarli ijro etishga harakat qilyapti. Hozir aktyor qanday ijodiy ishlar bilan bandligi haqida ma’lumot bersangiz.

Gulnora Abdiyev, Samarqand viloyati

Tahririyat:

Yigitali Mamajonov bilan bog‘lanib, muxlisning savoliga javob oldik.

Yigitali Mamajono ... Читать дальше »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 1594 | Добавил: Admin | Дата: 28.06.2015 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июнь 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz