Главная » 2015»Март»28 » Android’ni afzal ko‘ruvchi mashhur qizlar bilan tanishing
16:49
Android’ni afzal ko‘ruvchi mashhur qizlar bilan tanishing
Ko‘pchilik shou-biznes yulduzlari Apple iPhone smartfonlarini afzal ko‘radi. Taniqli erkaklar orasida Android foydalanuvchilari uchrab turadi, biroq ayollar bu operatsion tizimni deyarli butunlay mensimaydi. Biroq “Mail.ru” nashri Android platformasida ishlovchi mobil qurilmalardan foydalanuvchi ba’zi san’atkor ayollarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Erika Gerseg. Foto: mail.ru
“Via Gra” pop-guruhi vokalisti Erika Gerseg bir vaqtning o‘zida ham iPhone, ham Android-smartfondan foydalanadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarga joylangan selfilarining ba’zilari Samsung Galaxy S5 orqali olingan.
Kristen Bell. Foto: mail.ru
Gollivud aktrisasi Kristen Bell va uning turmush o‘rtog‘i aktyor Deks Shepard iPhone’dan umuman foydalanmaydi. Aktrisaning o‘zi Samsung Galaxy S5’ni ishlatadi.
Jiji Xadid. Foto: mail.ru
Amerikalik model Jiji Xadid hali sotuvga chiqib ulgurmagan ko‘k rangli Samsung Galaxy S6’dan foydalanadi.
Emmi Rossum. Foto: mail.ru
Aktrisa va rejissor Emmi Rossum doimiy ravishda Android’da ishlaydigan telefonlardan foydalanadi. Nashr yozishicha, u Motorola kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, uning qurilmalarini ishlatadi, u ayni paytda tutayotgan model — Motorola Moto X.