Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Статистика
Онлайн всего: 10 Гостей: 10 Пользователей: 0
|
 |
|
 | |  |
| Главная » 2015 » Март » 28
Argentina terma jamoasi safida o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish uchun AQShda bo'lib turgan Lionel Messi zamonamizning eng kuchli xokkeychilaridan biri Aleksandr Ovechkin bilan uchrashdi. Ular esdalik uchun bir-biriga futbolka sovg'a qilishdi. Ushbu mavsumda Messi va Ovechkin o'z sport turlarida eng sermashsul o'yinchilar bo'lib turishibdi.
Просмотров:
449
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
«Real» yaqin kunlarda himoyachi Pepe bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Yangi shartnomaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 2018 yilgacha Madridda qoladi. Pepening "Real" bilan hozirgi shartnomasi 2016 yilga qadar rejalashtirilgan. Avvaliga "qaymoqrangliklar" Pepe bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi edilar, ammo hamkorlikni yana 2 yilga cho'zish haqida qaror qabul qilindi.
Просмотров:
411
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Milan" hujumchi Chiro Immobile uchun Dortmundning "Borussiya" klubiga 17,5 million evro taklif qilmoqchi. talkSPORT xabariga ko'ra, milanliklar vitse- prezidenti Adriano Galliani 25 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashgan. Nemis klubi italiyalik futbolchining sotilishiga qarshi emas, chunki u bosh murabbiy Yurgen Kloppning sistemasiga tusha olmayapti. Immobile bu mavsum bundesliganing 17 uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1 golli uzatma oshirgan. Chempionlar ligasida 6 uchrashuvda 4 gol urgan.
Просмотров:
418
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Manchester Yunayted" jamoasi yozda "Real" futbolchisi Krishtianu Ronalduni Angliyaga qaytarishga urinib ko'radi, deb xabar beradi "SE". Mankunianliklar 30 yoshli hujumchi uchun madridliklarga 108 million evro berishga tayyorligini m'lum qilishgan. Agar transfer amalga oshadigan bo'lsa, Ronaldu yiliga 19 million evro miqdorida maosh oladi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009 yilda "MYu"dan aynan "Real" safiga kelib qo'shilgan edi.
Просмотров:
557
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
UEFA Evro-2016 saralashida Chernogoriya - Rossiya uchrashuvida yuzaga kelgan voqealar ustidan qaror chiqariladigan kun dushanbada e'lon qilinishini ma'lum qildi. "UEFA uchrashuv delegati va bosh hakamdan zarur dokladni qabul qilib olgan yo'q. Qaror chiqariladigan kun dushanba kuni e'lon qilinadi", - deyiladi tashkilot bayonotida.
Просмотров:
451
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Barselona" jamoasi yozda tarkibga "Atletiko" yarim himoyachisi Kokeni qo'shib olishi mumkin, deb xabar beradi "SE". Kataloniyaliklar Kokeni jamoa etakchisi Xaviga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Xavi mavsum poyoniga etganidan so'ng faoliyatini Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettirishga rozilik bergan. Shu tufayli "Barselona" xaviga o'rinbosar qidirmoqda. Koke nomzodlar orasida etakchi bo'lib turibdi.
Просмотров:
410
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Barselona" jamoasi yozda tarkibga "Atletiko" yarim himoyachisi Kokeni qo'shib olishi mumkin, deb xabar beradi "SE". Kataloniyaliklar Kokeni jamoa etakchisi Xaviga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Xavi mavsum poyoniga etganidan so'ng faoliyatini Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettirishga rozilik bergan. Shu tufayli "Barselona" xaviga o'rinbosar qidirmoqda. Koke nomzodlar orasida etakchi bo'lib turibdi.
Просмотров:
483
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi mavsum yakunlangach "As-Sadd" klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqida qatar klubi menejeri Abdulla Al-Berik ma'lum qildi. "As-Sadd" "Barselona" sardori Xavi bilan kelishuvga erishdi. Ushbu suratda esa u va klub sport direktori Muhammad G'anim aks etgan", - deya soccer.ru Al- Berikning Instagram sahifasidagi izohini keltiradi.
Просмотров:
433
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletiko" yarimhimoyachisi Kokeni o'z jamoasi safida ko'rmoqchi, deya xabar beradi Sport. Kataloniyaliklar ustozi 23 yoshli Kokeni yozda klubni tark etishi mumkin bo'lgan Xavining o'rniga olib kelmoqchi. Luis Enrike Kokeni olib kelish istagi haqida "Barselona" texnik qo'mitasiga ma'lum qilgan. Futbolchining o'zi "Atletiko"da qolishni bir necha marta ta'kidlagan va o'tgan yozda shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirgan edi.
Просмотров:
432
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Bugun O'zbekiston hamda Bangladesh o'rtasidagi
U-23 yoshlar o'rtasidagi OCh saralash 2-tur o'yinidan
oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi
Bangladeshga qarshi o'yin ham birinchisi kabi oson
bo'lmasligini aytdi. "Bangladesh ilk daqiqalarda o'tkazib yuborilgan
tezkor gollardan so'ng o'zlariga kelib olishlari qiyin
bo'ldi va yakunda Suriyadan mag'lubiyatga uchrashdi.
Bangladesh yomon jamoa emas, Suriyaga qarshi
ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Ularga
qarshi oson bo'lmaydi, ammo biz g'alaba uchun maydonga tushamiz". -Hindistonga qarshi o'yinda birinchi golni urish uchun
uzoq vaqt kutdingiz. Tarkibda Jamshid Iskanderov,
Igor Sergeev kabi kuchli o'yinchilar bo'lsa ham, ancha
qiyin bo'ldi. Bunga sabab nima? -Kecha o'yindan keyin ham aytgan edim, Hindiston
kuchsiz jamoa emas. Ular gol o'tkazib yuborgunicha
yaxshi himoyalanishdi. O'yinda shogirdlarim yaxshi
harakat qilishdi. Shunchaki, birinchi o'yin doim og'ir
kechadi. -Abahani klubi
...
Читать дальше »
Просмотров:
452
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Bugun Evro-2016 saralash boqichining A, V va N
guruhlarida uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Ayni damda
Qozog'iston terma jamoasi o'z maydonida Islandiya
terma jamoasiga 0:2 hisobida boy bermoqda. Evro-2016 saralash 5-tur A guruhi
Qozog'iston – Islandiya 0:2 (1-bo'lim)
Gollar: 0:1 – 20 Gudonsen, 0:2 - Byarnason. Qozog'iston – Sidelnikov, Suyumbaev, Smakov, Abdulin, Logvinenko, Nurgaliev, Islamxan, Gurman,
Tag'ibergen, Vorotnikov, Tajimbetov. Islandiya – Xaldersson, Sevarsson, Arnason, Sigurdsson, Gudmundsson, Skulason, Sigurdsson,
Byarnason, Gunnarsson, Sigtorsson, Gudonsen.
22:00.Chexiya – Latviya
00:45. Gollandiya – Turkiya V guruhi 22:00. Isroil – Uels
00:45. Belgiya – Kipr
00:45. Andorra – Bosniya va Gertsegovina N guruhi 22:00. Ozarboyjon – Malta
22:00. Xorvatiya – Norvegiya
00:45. Bolgariya – Italiya
Просмотров:
459
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni Peter Shmeyxelning fikricha, "PSJ" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich "MYu"da o'ynash uchun tug'ilgan. 33 yoshli futbolchi faoliyati davomida Shvetsiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya va Frantsiya chempionatlarida o'ynagan. "O'tgan yozda Zlatanning "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. O'shanda uning "MYu" uchun juda mos tushishini aytgan edim. U "MYu"da o'ynash uchun tug'ilgan. Erik Kantona nima uchun "Lids" yoki boshqa klublarda emas, aynan "MYu"da yaxshi o'ynagan? Chunki bu - "Manchester Yunayted". O'yinchilar nafaqat erkinlikni, balki, ma'suliyatni ham his qiladilar", - deydi Shmeyxel.
Просмотров:
418
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
"Barselona" yarimhimoyachisi Serxio Buskets Ispaniya
terma jamoasi safida Xavining yo'qligiga ko'nika olmayotganini ma'lum qildi. "Qizil furiya"ning JCh-2014dagi omadsizligidan so'ng Xavi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. "Ispaniya terma jamoasida Xavining yo'qligiga ko'nika olmayapman. "Barselona"ga o'tib, terma jamoaga chaqirilganimdan buyon u bilan birga edim. U bilan munosabatlarimiz har doim yaxshi bo'lgan. Xavi har doim menga o'rnak bo'lgan. Nazarimda, u Ispaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi", - deydi Buskets.
Просмотров:
441
|
Добавил:
Musicmen
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Madridning Karlos III nomidagi universiteti mobil internet tezligini 10 martagacha oshirishga qodir bo‘lgan kurtka ishlanmasi uchun patent oldi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.

Foto: mail.ru
MIMO HUB axborot almashish tezligini yaxshilash, akkumulyator zaryadining sarflanishini sekinlashtirish, shuningdek ulanish barqarorligini oshirish uchun oddiy kiyimga ko‘p sonli antennalarni o‘rnatishni ko‘zda tutadi.
G‘oya shundan iboratki, antennalar tizimi axborot yuklanishi oqimini kattalashtiradi, shu bilan birga foydalanuvchi uchun hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.
Mualliflar ta’kidlashicha, ushbu texnologiya nafaqat oddiy foydalanuvchilar uchun, balki favqulodda vaziyatlar xizmati faoliyatida ham qo‘l keladi. Ya’ni, mobil
...
Читать дальше »
Просмотров:
471
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
O‘zbekistonda Tayvanning 4G (LTE) texnologiyasida ishlovchi eng arzon smartfoni — HTC Desire 510 sotuvga chiqdi,

Foto: mobinfo.uz
HTC Desire 510 4,7 dyuymli va 854×540 pikselli displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+micro SD), 5 megapikselli asosiy kamera (videoqo‘ng‘iroqlar uchun VGA-kamera), 2100 mA/s sig‘imli akkumulyator batareyasiga ega.
Qurilma Android 4.4 operatsion tizimida ishlaydi.
Poytaxtning “Fleshka” savdo majmuasida HTC Desire 510’ni 800 dan 880 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib olish mumkin.
Просмотров:
467
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Bibi.uz saytida 2015-yil 26-mart holatiga ko‘ra Toshkentning Sirg‘ali avtobozoridagi Spark avtomobillarining narxlari sharhi tayyorlandi.
Spark
2-pozitsiya, yevro
Ishlab chiqarilgan yili: 2014
Bosgan masofasi: 6100 km
Narxi: 48 000 000 so‘m
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Spark
2-pozitsiya, yevro
Ishlab chiqarilgan yili: 2014
Bosgan masofasi: 22 000 km
Narxi: 44 000 000 so‘m
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Spark
2-pozitsiya
Ishlab chiqarilgan yili: 2014
Bosgan masofasi: 9000 km
Narxi: 41 000 000 so‘m
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Spark
4-pozitsiya
Ishlab chiqarilgan yili: 2012
Bosgan masofasi: 16 000 km
Narxi: 38 000 000 so‘m
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Spark
2-pozitsiya
Ishlab chiqarilgan yili: 2013
Bosgan masofasi: 450 km
Narxi: 42 000 000 so‘m
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Foto: bibi.uz
Spark
3-pozitsiya
Ishlab chiqarilgan yili: 2013
Bosgan masofasi: 29 000 km
Narxi: 43 000
...
Читать дальше »
Просмотров:
536
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Checheniston Meksikaga qurol yetkazib berish bo‘yicha Rossiya Davlat dumasi va Federatsiya kengashidan ruxsat olmoqchi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Rossiya Davlat Dumasi binosi. Foto: itar-tass.com
“Checheniston bu ishni qila olmaydi, biroq AQSh Kongressi prezidentiga tashabbus bilan chiqqanidek biz ham Rossiya Davlat dumasi va Federatsiya kengashi orqali tashabbus bilan chiqmoqchimiz. Rossiya Federatsiyasi subyekti sifatidagi bu huquqimizni hech kim olib qo‘ygani yo‘q”, − dedi Checheniston parlamenti spikeri Dukuvaxa Abdurahmonov.
Qayd etilishicha, Rossiya prezdenti Vladimiri Putinning mabuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston Meksikaga qurol yetkazib berishi imkonsiz ekanligini ma’lum qilgan.
Просмотров:
444
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
Ko‘pchilik shou-biznes yulduzlari Apple iPhone smartfonlarini afzal ko‘radi. Taniqli erkaklar orasida Android foydalanuvchilari uchrab turadi, biroq ayollar bu operatsion tizimni deyarli butunlay mensimaydi. Biroq “Mail.ru” nashri Android platformasida ishlovchi mobil qurilmalardan foydalanuvchi ba’zi san’atkor ayollarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Erika Gerseg. Foto: mail.ru
“Via Gra” pop-guruhi vokalisti Erika Gerseg bir vaqtning o‘zida ham iPhone, ham Android-smartfondan foydalanadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarga joylangan selfilarining ba’zilari Samsung Galaxy S5 orqali olingan.
...
Читать дальше »
Просмотров:
633
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
 YouTube порталида Сэм Мендес томонидан суратга олинган Жеймс Бонд саргузаштлари ҳақидаги навбатдаги «007: Спектр» фильмининг илк тизери жойлаштирилди. Фильм Россия прокатига 2015 йилнинг 6 ноябрида чиқарилади.
Бонд саргузаштларининг навбатдаги 24-қисмида Бонд ўз ўтмишидан хабар олади. Бу хабар Бонднинг махфий ва ёвуз SPECTRE (Special Executive for Counter-intelligence, Terrorism, Revenge, and Extortion — Контрразведка, қасос ва тамагирлик бўйича махсус ташкилот) ташкилотига қарши курашишига туртки бўлади. Ушбу ташкилот агент 007 нинг “классик” фильмларида учрайди. Режиссёр янги фильм ундан олдин чиққан “007: “Скайфолл” координаталари” номли қисмининг тўғридан-тўғри давоми бўлмаслигини айтди.
Фильмда ролларни Дэниэл Крэйг
...
Читать дальше »
Просмотров:
479
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
 Хитой президенти Си Цзиньпиннинг тахминича, кейинги беш йил ичида Хитойнинг Хориждаги инвестициялари ҳажми 500 миллиард доллардан ошади.
Айни вақтда, Хитой давлат раҳбарининг маълум қилишича, ушбу муддат давомида Хитой импорти ҳажми 10 триллион доллардан ошади.
Хитойнинг “Синьхуа” давлат ахборот агентлиги хабарига кўра, Цзиньпинь бу рақамларни Боао иқтисодий форуми очилиш маросимида келтириб ўтган.
Просмотров:
454
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
|
 Шри-Ланка президенти Майтрипала Сирисенанинг укаси икки кун аввал болта кўтарган кишининг ҳужуми натижасида олган жароҳатлари сабаб вафот этган. Бу ҳақда Agence France-Presse ахборот агентлиги хабар бермоқда.
Ҳодиса вафот этган Приянтха Сирисенанинг она шаҳри, Полоннарувда юз берган. Шри-Ланка ҳукумати баёнотига кўра, давлат раҳбарининг укаси пайшанба куни ўз дўсти билан гап талашиб қолиши натижасида жароҳатланган.
Уни зудлик билан пойтахтдаги шифохонага олиб келиб, операция қилишган, бироқ унинг ҳаётини сақлаб қолишнинг имкони бўлмаган. Хабар беришларича, полиция президентнинг укасига ҳужум қилган шахсни ҳибсга олган.
Приянтха Сирисена оиладаги 12 фарзанд орасида энг кенжаси эди. Укасига суиқасд уюштирилган вақтда Шри-
...
Читать дальше »
Просмотров:
439
|
Добавил:
Admin
|
Дата:
28.03.2015
|
| |
| |
 | |  |
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|