"Barselona" jamoasi yozda tarkibga "Atletiko" yarim himoyachisi Kokeni qo'shib olishi mumkin, deb xabar beradi "SE". Kataloniyaliklar Kokeni jamoa etakchisi Xaviga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Xavi mavsum poyoniga etganidan so'ng faoliyatini Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettirishga rozilik bergan. Shu tufayli "Barselona" xaviga o'rinbosar qidirmoqda. Koke nomzodlar orasida etakchi bo'lib turibdi.