Главная » 2015»Март»28 » Buskets: "Xavi - Ispaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
19:26
Buskets: "Xavi - Ispaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
"Barselona" yarimhimoyachisi Serxio Buskets Ispaniya
terma jamoasi safida Xavining yo'qligiga ko'nika olmayotganini ma'lum qildi. "Qizil furiya"ning JCh-2014dagi omadsizligidan so'ng Xavi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. "Ispaniya terma jamoasida Xavining yo'qligiga ko'nika olmayapman. "Barselona"ga o'tib, terma jamoaga chaqirilganimdan buyon u bilan birga edim. U bilan munosabatlarimiz har doim yaxshi bo'lgan. Xavi har doim menga o'rnak bo'lgan. Nazarimda, u Ispaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi", - deydi Buskets.