Bugun O'zbekiston hamda Bangladesh o'rtasidagi
U-23 yoshlar o'rtasidagi OCh saralash 2-tur o'yinidan
oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi
Bangladeshga qarshi o'yin ham birinchisi kabi oson
bo'lmasligini aytdi. "Bangladesh ilk daqiqalarda o'tkazib yuborilgan
tezkor gollardan so'ng o'zlariga kelib olishlari qiyin
bo'ldi va yakunda Suriyadan mag'lubiyatga uchrashdi.
Bangladesh yomon jamoa emas, Suriyaga qarshi
ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Ularga
qarshi oson bo'lmaydi, ammo biz g'alaba uchun maydonga tushamiz". -Hindistonga qarshi o'yinda birinchi golni urish uchun
uzoq vaqt kutdingiz. Tarkibda Jamshid Iskanderov,
Igor Sergeev kabi kuchli o'yinchilar bo'lsa ham, ancha
qiyin bo'ldi. Bunga sabab nima? -Kecha o'yindan keyin ham aytgan edim, Hindiston
kuchsiz jamoa emas. Ular gol o'tkazib yuborgunicha
yaxshi himoyalanishdi. O'yinda shogirdlarim yaxshi
harakat qilishdi. Shunchaki, birinchi o'yin doim og'ir
kechadi. -Abahani klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yini
jamoangiz uchun foydali bo'ldimi? Futbolchilaringiz bu
erdagi sharoitga moslasha olishdimi? -Albatta, turnir starti oldidan o'rtoqlik o'yinida
maydonga tushganimiz futbolchilar uchun ancha
foydali bo'ldi. Bu erdagi sharoitga moslasha oldik deb
o'ylayman. -Suriyaga qarshi o'yin jamoa uchun eng muhim o'yin
bo'lishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuvda g'alaba
qozonishingizga ishonasizmi? -Men shogirdlarim kuchiga ishonaman. Agar o'z
o'yinimizni namoyish etsak, albatta Suriyani
mag'lubiyatga uchrata olamiz.