Главная » 2015»Март»28 » "Milan" Immobileni 17,5 million evro evaziga sotib olmoqchi
19:38
"Milan" Immobileni 17,5 million evro evaziga sotib olmoqchi
"Milan" hujumchi Chiro Immobile uchun Dortmundning "Borussiya" klubiga 17,5 million evro taklif qilmoqchi. talkSPORT xabariga ko'ra, milanliklar vitse- prezidenti Adriano Galliani 25 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashgan. Nemis klubi italiyalik futbolchining sotilishiga qarshi emas, chunki u bosh murabbiy Yurgen Kloppning sistemasiga tusha olmayapti. Immobile bu mavsum bundesliganing 17 uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1 golli uzatma oshirgan. Chempionlar ligasida 6 uchrashuvda 4 gol urgan.