Главная » 2015»Март»31 » Gretsiya termasi uch futbolchisi avtohalokatga uchradi, haydovchi nobud bo‘ldi
10:33
Gretsiya termasi uch futbolchisi avtohalokatga uchradi, haydovchi nobud bo‘ldi
Gretsiya terma jamoasining uch futbolchisi jiddiy yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqdi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.
Foto: Twitter / @Yanni Ramone
Halokat natijasida sportchilarni aeroportga olib ketayotgan haydovchi nobud bo‘ldi, yo‘lovchilar jiddiy shikastlanishlar oldi.
Gretsiyalik futbolchilar Vangelis Moras, Panayotis Taxsidis va Ioannis Fetfatsidis Vengriya bilan 0:0 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng aeroportga otlangan edi.
Ayni paytda sportchilar kasalxonada yotibdi, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.