Главная » 2015»Март»7 » Hindistonda olomon qamoqxonaga bostirib kirib, zo‘rlashda ayblangan kishini urib o‘ldirdi
00:08
Hindistonda olomon qamoqxonaga bostirib kirib, zo‘rlashda ayblangan kishini urib o‘ldirdi
Hindiston shimoli-sharqida olomon qamoqxonaga bostirib kirib, zo‘rlashda ayblangan kishini o‘lguncha savaladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Foto: AP
Voqea Nagalend shtatidagi Dimapur shahrida joylashgan markaziy qamoqxonada sodir bo‘lgan. G‘azablangan olomon zo‘ravonni ko‘chaga olib chiqib, kaltaklagan. Bir qancha shaxsiy avtomobillar va politsiyachilarga o‘t qo‘yilgan.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, 23-fevral kuni naga millatidan bo‘lgan qizni zo‘rlashda ayblangan Farid Xon bangladeshlik noqonuniy muhojir bo‘lgan. Tartibsizlik yuzaga kelgach, shaharda komendantlik soati e’lon qilingan.