"Real" xujumchisi Karim Benzema, "Atletiko"ga qarshi uchrashuvlarda gol ura olmayapti.
U so`ngi bor "Matraschilar" darvozasini aniq nishonga olganiga ham bir yildan ko`proq vaqt bo`ldi, o`sha gol 2014-yilning 2-Fevral kuni "Visente Kalderon"dagi ichki chempionat uchrashuviga to`g`ri kelgan.
O`sha uchrashuvdan so`ng, "Qaymoqranglilar" va "Indeyslar" 4 ta musobaqada 7 ta uchrashuv o`tkazishdi, lekin 27 yoshlik xujumchi halicha "Atletiko"ga xavf tug`dira olgani yo`q. Shu jumladan, Lissabondagi CHL finalida ham.
Balki bugun Benzema dunyodagi eng yaxshi xujumchilardan biri ekanligini isbotlay olar, albatta, buni vaqt ko`rsatadi.