Aniq so’z yoki jumlani qanday topish
Aniq so’z yoki jumlani topish uchun, siz
o’zingiz izlamoqchi bo’lgan so’zni qo’shtirnoq
(“”) ichida yozsangiz bo’lgani. Bu orqali siz
faqatgina qo’shtirnoq ichidagi so’zlar
qatnashgan natijalarni topish imkoniga ega
bo’lasiz.
Misol uchun: “Oliy o'quv yurtlari haqida
ma'lumot”
2) Keraksiz so’zlarni izlatmaslik
Sizga keraksiz ma’lumot izlash jarayonida ko’p
uchrayotgan bo’lsa, undan qutilishning yo’li
judayam oson. Buning uchun minus(-) va
keraksiz so’zni ham izlash joyiga yozing.
Natijata bu so’z ishlatilgan barcha sahifalar
izlash jarayonida sizga ko’rsatilmaydi.
Misol uchun: abiturientlar uchun testlar -
eslatma
3) Bir saytdagi natijalarni izlash
Ba’zida biror kerakli narsasi bir saytdan
izlashga to’g’ri keladi. Agar u saytda
mukammal qidiruv tizimi yo’q bo’lsa, sizga
yana google yordamga keladi. Buning uchun
qidirilayotgan so’z yoki jumla hamda
“site:sizga kerakli sayt”ni qidiruvga bersangiz
kifoya
Misol uchun: oliygohlarga kirish ballari
site:abcd.uz
4) Kerakli hujjat turini izlash
Agar siz faqatgina bir turdagi hujjarni
izlayotgan bo’lsangiz, unda qidiruvga berilgan
so’zdan keyin "filetype:doc”(yoki ppt, pdf, exe,
apk va h.k.)ni izlash kifoya.
Misol uchun: O’zbekiston tarihi filetype:ppt
5) Kalkulyator sifatida foydalanish
Siz googledan kalkulyator sifatida ham
foydalansangiz bo’ladi. Buning uchun
hisoblash kerak bo’lgan sonlarni google orqali
izsangiz bo’lgani
Mison uchun: 4494 * 2.02
6) So’zlarni ma’nosini bilish
Agar sizga biror so’zni ma’nosi kerak bo’lsa,
kerakli so’zdan avval “define:” qo’shsangiz
bo’lgani. Bundan asosan inglizcha-inglizcha
lug’at sifatida foydalansangiz bo’ladi.
Misol uchun: define:book
7) Faqat bir tildagi habarlarni izlash
“lang:til(ru, eng va h.k)” orqali siz faqatgina
bir tildagi ma’lumotlarni izlash imkoniyatiga
ega bo’lasiz. Ru- rus tili uchun, en – ingling
tili, fr – fransuz va boshqalar.
Misol uchun: maktub lang:uz
8) Bir natijada bo’lishi kerak bo’lgan ikki
so’zni qidirish
Sizga kerakli bo’lgan hujjatda ikki so’zning
ham bo’lishini istasangiz unda ikki so’z
orasida “ampersand” (&) dan foydalaning. Bu
orqali siz faqatgina qidiruvga berilgan ikki so’z
qatnashgan natijalarni topishingiz mumkin.
Misol uchun: boshlang’ich ta’lim & ingliz tili
9) Ma’lum so’z bo’lgan sahifani izlash.
Kerakli so’z oldidan plus(+) qo’ying va siz
izlayotgan qidiruvda ushbu so’z ham albatta
qatnashgan bo’ladi.
Misol uchun: soch to’kilishini oldini olish
+asal
10) Valyuta kursini bilish
Kerakli valyutani kursini bilish uchun
shunchaki boshqa valyuta bilan izlash kifoya
qiladi.
Misol uchun: 1 dollar rubl
11) Vaqtni bilish
Ma’lum shahardagi vaqtni bilmoqchi
bo’lsangiz, “time” so’zini va shaharni kiriting.
Misol uchun: time Toshkent
12) Ob-havoni bilish
Biror joydagi ob-havobi bilmoqchi bo’lsangiz,
“weather” so’zini va shaharni kiriting.
Misol uchun: weather Toshkent
13) Tarjima qilish
Google orqali kerakli narsali tarjima qilish ham
mumkin. Buning uchun “translate kerakli so’z
into kerakli tilga” deb qidiruv berish kerak.
Misol uchun: translate “salom, maqola sizga
yoqdimi?” into english
Maqola yoqdimi? Facebookda do'stlaringiz
bilan bo'lishing!