Uch-to'rt yoshdan katta bola
tunda siyib qo'ysa, ota-ona
vahimaga tushadi. Bolada biron
muammo bor deb shifokorga
murojat qiladi. Haqiqatan ham
bolalarning tunda siyib qo'yishi
shunchalik katta muammomikin?
Bolaning siyib qo'yishiga
sababchi patologik holatlar:
Tunda siyib qo'yishga siydik
yo'llarini shamollashi
(yallig'lanishi) sabab bo'lishi
mumkin. Bu barcha siyib
qo'yishlar sonining 3% tashkil
etadi. Bunga sabab bo'lib, siydik
yo'li va siydik pufagida biron
yallig'lanish mavjudligi bo'ladi.
Buni aniqlash uchun oddiy siydik
analizi amalga oshiriladi. Agar
siydikda biron yallig'lanish
alomati ko'rinsa, 2 haftada bu
holat davolanadi.
Yana bir sabab bo'lib bolaning
hayotida yuzaga kelgan stress
bo'lishi mumkin. Masalan, yaqin
insonini yo'qotishi, ota-onasining
ajralishi va hokazolar. Bu holatda
bolaga psixologik yordam talab
etiladi.
Endokrin (diabet va giperterioz)
va boshqa kasalliklar.
Dori vositalarning salbiy oqibati.
Ba'zi dorilar bolada siydik ushlay
olmaslik holatini yuzaga
chiqarishi mumkin.
Qolgan 90% dan ortiq holatlarda
5-6 yoshgacha bolaning siyib
qo'yishi normal hisoblanib,
bunga quyidagilar sabab bo'lib,
bu holatlar davolanmaydi:
Irsiyat. Tunda siyib qo'yish ota-
onadan bolaga o'tishi mumkin
bo'lgan holatdir;
Siydik pufagi bilan miya faoliyati
orasidagi bog'liqlik sekinroq
amalga oshishi;
ADH (gipotalamus gormoni)
darajasi pastligi;
Chuqur uyquda bo'lish. Ba'zi
bolalar boshqalarga nisbatan
chuqurroq uyquda uxlaydilar.
Siydik pufagi tunda tolib
qolganligi haqida miyaga
oldinroq xabar berishi;
Ich qotishi. Bunda ichak siydik
pufagiga bosim beradi va
bolaning tez-tez siygisi qistaydi.
Yuqorida ta'kidlangan holatlar
6-7 yoshga kelib o'zidan-o'zi
o'tib ketadi.
Olti yoshgacha bo'lgan
bolalarning 12% tunda siyib
qo'yar ekan. Muhimi, ota-ona bu
deb bolani urushib yerga
urmasligidir. Chunki hech qaysi
tunda siyadigan bola buni
ataylab yoki eringanidan
qilmaydi.
Tunda siyib qo'yish bolaga
tibbiydan ko'ra, psixologik zarar
keltiradi. Chunki siyib qo'ygan
bolaga ota-onaning qarashi
nihoyatda ayanchli bo'ladi.
Bolada biron muammo mavjud
deb qaraladi. Buni ko'rgan bola
juda qattiq siqilib stress oladi.
Agar bola 5-6 yoshdan o'tib
tunda siyib qo'yishda davom
etayotgan bo'lsa, u holda maxsus
davolanish talab etiladi. Buning
uchun tekshiruvlar amalga
oshirilib, siyishning aniq sababi
aniqlanganidan so'nggina
muolaja belgilanadi.
Hech qachon tekshiruvlarsiz
belgilangan muolajalarni qabul
qilmang. Faqat maxsus tekshiruv
va shifokorlar konsultasiyasi
olingandan so'ng belgilangan
davolanish yo'lidan foydalaning.
Ota-ona bolasi siyib qo'yayotgan
bo'lsa, unga quyidagi yo'llar bilan
yordam berishi mumkin:
Uxlashdan oldin bolani albatta
siydirib yotqazish;
Uyqidan oldin bola ichadigan
suyuqlik miqdorini kamaytirish;
Siydiradigan mahsulotlar
(tarzuv,namatak damlamasi va
boshqalar )ni uyqudan oldin
bermaslik;
To'shakni kleyonka bilan qoplab
qo'yish;
Tunda bir marta bolani siydirish;
Bolaga tunda siyib qo'ymasa,
biron sovg'a va'da qilish;
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda maxsus dorilar qabul
qilish;
Siyib qo'yganda unga
achinmaslik va urushmaslik;
Bolani o'ziga bo'lgan ishonchini
sindirmaslik. Siyib
qo'yayotganidan katta muammo
qilmay, uni sekingina bartaraf
etish yo'llarini izlash. Chunki
siyish holati yo'qolib ketadi, lekin
shu tufayli bolaning psixikasiga
bo'lgan zarba umrbod qolib
ketishi mumkin.