Savol: Menda bir savol bor.
So‘rashga uyalib turibman.
Biroq
musulmon ekanmiz, hijolat
bo‘lmasligimiz vojib. Islomda
“onanizm – kapaki” bilan
shug‘ullanish joizmi?
Javob: Alhamdulillah, avvalo
Qur’oni Karimdan: Ibn Kasir
rahimahulloh aytadi: Imom
Shofi’iy va u kishiga muvofiq
bo‘lganlar qo‘l bilan maniy
chiqarishning xarom qilinganiga
quyidagi oyatni dalil keltirdilar:
"Ular avratlarini (xaromdan)
saqlovchi kishilardir. Magar
jufti halollaridan va
qo‘llaridagi cho‘rilardangina
(saqlanmaydilar). Bas ular
malomat qilinmaslar. Endi
kim shundan o‘zgani istasa,
bas ana o‘shalar haddan
oshguvchidirlar". (Mu’minun:
5-6)
Shofi’iy “Nikoh kitobi”da
aytadilar: Bas ular avratlarini
o‘z
jufti halollaridan va qo‘llaridagi
cho‘rilardan o‘zga narsalardan
saqlanguvchi ekanliklarini
bayon
etish bilan bulardan boshqa
barcha narsalarning xarom
qilinganligi ochiq ravshan bo‘ldi.
Keyin (ravshan bo‘lsa ham).
Alloh taolo uni ta’kidlab yana
shunday dedi: "Endi kim
shundan o‘zgani istasa, bas ana
o‘shalar haddan
oshguvchidirlar". Demak
zakarni
faqat jufti halol yoki qo‘l
ostidagi cho‘rigagina ishlatish
halol. Qo‘l bilan maniy chiqarish
xarom. Vallohu a’lam.
Shofi’iyning “Asos” (al-Umm)
kitobi.
Ilm ahllaridan ba’zisi Alloh
Ta’oloning "Nikoh (uchun
lozim bo‘lgan mol-davlatni)
topa olmagan kishilar to
Alloh ularni o‘z fazlu karami
bilan boy-badavlat
qilgunicha o‘zlarini
(xaromdan) pok
tutsinlar" (Nur: 33) degan
oyatidan o‘zni pok tutishga
buyurish boshqa narsalardan
sabr qilmokni taqozo etishiga
dalil keltirdilar.
Ikkinchi sunnati nabaviyyadan:
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu
anhuning hadisini dalil qildilar.
U
kishi aytdi: Hech narsaga ega
bo‘lmagan yigitlar nabiy
sollallohu alayhi va sallam bilan
birga edik. Shunda rasululloh
sollallohu alayhi va sallam
bizlarga: "Ey yigitlar, kim
uylanish sarf-harajatlariga
qodir
bo‘lsa uylansin. Chunki u ko‘zni
to‘suvchiroq, olatni
saqlovchiroqdir. Kim qodir
bo‘lmasa ro‘za tutsin. Zero
ro‘za
u uchun axtalikdir." (ya’ni
xaromga tushib qolishdan
himoyadir) (Buxoriy rivoyati,
Fatx: 5066)
Demak, shariat uylanishdan ojiz
bo‘lgan kishini qiyin bo‘lsa ham
ro‘za tutib yurishga yo‘lladi.
Bois
kuchli bo‘la turib uni sun’iy
maniy chiqarishga yo‘llamadi.
Holbuki u ro‘za tutishdan
yengilroq. Shunday bo‘la turib
bunga ruxsat bermadi. Bu
masala xususida boshqa dalillar
ham bor. Shu qadri bizga kifoya
vallohu a’lam.
Hazon.ru saytidan olingan
Endi bu baloga mubtalo
bo‘lgan kishini davolash
xususiga kelsak, qutulish
uchun quyidagi bir necha
nasihatlar va bosqichlarga
amal qilinadi:
1. Bu odatdan qutulishga bois
Ollox amriga bo‘ysunish va
g‘azabidan saqlanish bo‘lmog‘i
lozim.
2. Tubdan, ildizdan bo‘lgan isloh
orqali buni daf qilish. Bu
rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning yigitlarga qilgan
tavsiyalariga amal qilib
uylanish.
3. Turli xayol va vasvasalarni
daf
etish. Nafs va fikringni dunyo va
oxiratingga naf bo‘ladigan
narsada ishlatib, mashg‘ul-band
kilmog‘ing. Chunki davomli
vasvasa amalga eltadi. So‘ngra
mustahkamlanib odatga
aylanadi-da, undan qutulish
qiyin kechadi.
4. Ko‘zni to‘smok. Chunki, xoh
tirik bo‘lsin xoh rasm-maftunkor
surat va shaxslarga qarash,
ko‘zni jilovlamaslik xaromga
olib
boradi. Shuning uchun Allox
taolo: "Mo‘’minlarga ayting
ko‘zlarini to‘ssinlar", dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi va
sallam: "Birinchi nazarga
keyingi
nazarni ergashtirma", dedilar.
(Termiziy rivoyati: 2777,
Sahihul-jomi’: 7953). Birinchi
nazar (nogahoniy nazar)da
gunoh bo‘lmay, ikkinchi nazar
esa xarom qilingandir.
Shuningdek ichki yashirin
shaxvatni ko‘zg‘ovchi
o‘rinlardan uzoq yurish
lozimdir.
5. Har xil ibodatlar bilan
mashg‘ul
bo‘lish. Gunoh uchun bo‘sh vaqt
qoldirmaslik.
6. Bu ishdan kelib chiqadigan
sihat-salomatlikka oid
zararlarni
e’tiborga olish. Ular ko‘z,
asablar,
tanosil a’zolarining zaiflashuvi,
bel og‘riqlari va tabobat ahli
zikr
qilgan boshqa zararlardir.
Shuningdek vijdon