Siz menga qadimiy ega hayolsiz,
Taniyman yashirin so'zingizgacha.
Javob beraqolay biror savolsiz!
Birga ketamizmi o'zingizgacha?!
Qayerda, nimadan qattiq qo'rqdingiz,
Sexirgar emasman,
Ko'nglim sezdi-da.
Kimlarni axtarib yor, yo'liqdingiz,
Kimlarning hayoli mendan bezganda.
Eskidan qadirdon edi ruximiz,
Shubxaga o'rin yo'q!
Ey yangi tanish!
Yo'l bergan edingiz esingizdami?
Arshdan enayotgan chog'i ikkimiz!