Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organizmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi
Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta'sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo'ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kanserogen moddalar. Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: uglerod dioksidi, uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy, opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, aseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar. Sigaret tutunida, shuningdek, qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo'ladi. Tamaki smolasi tarkibida polisiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari smola o'zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo'rg'oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarini saqlaydi.
Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki o'simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo'yicha 4,7 mln. gektarda tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug'doy ekilsa qo'shimcha 20 mln. tonna bug'doy yig'ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi.
Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko'pchilik qismini qamrab olgan. O'smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo'ladi. Birinchi sigaret yoki nos chekilganda o'smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Lining ko'ngli ayniydi, ko'p so'lak ajraladi, qon tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba'zida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so'ng o'smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib borib, organizmi tamaki yoki nosga o'rganib qoladi. So'ng o'smirda mustahkam shartli refleks hosil bo'ladi. O'smir 12—15 yoshda tamaki yoki nos ta'mini tatib ko'rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar yo'qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi. Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmning nikotinni qabul qilishga o'rganib qolishi vujudga keladi. Bu uch statiyada rivojlanadi:
1. Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi va borgan sari ko'proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.
2. Ikkinchi stadiya — somatik belgilar namoyon bo'la boshlaydi, chekuvchida bronxit kasalligining hosil bo'lishi, oshqozon, yurak va boshqa a'zolarda og'riq, noqulay holatlar ro'y beradi. Nerv sistemasida o'zgarish sodir bo'ladi. Chekuvchida ta'sirchanlik, bosh og'rish holatlari sodir bo'ladi. Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.
3. Uchinchi stadiya — chekish avtomatik bo'lib qoladi. Doimiy bosh og'rig'i, xotiraning susayishi, juda ta'sirchan bo'lib qolishi, doimiy yo'tal paydo bo'ladi.