Вход

Регистрация
Главная
 
XITMP3.COM | Musiqiy Portal 
Меню сайта
Категории раздела
She'rlar [17]
Yulduzlar Biografiyasi [46]
Fudbool Yangiliklari [504]
Ok.Ru Sirlari [49]
Jinsiy Saboq [122]
Qo'shiq Matni [58]
Foydali Maslahatlar [39]
Hayotiy Xikoyalar [1]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 48
Статистика


Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Апрель » 19 » Tojikiston maktablarida “jinsiy axloq”darsi joriy qilinadi
18:26
Tojikiston maktablarida “jinsiy axloq”darsi joriy qilinadi
Tojikiston parlamenti maktab programmasiga jinsiy tarbiya haqidagi darslarni kiritishga rozilik berdi. Parlament deputatlarining aytishlaricha, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar va istalmagan homiladorlikni oldini olish haqida o‘smirlarni xabardor qilish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Tojikiston Namoyandalar Majlisi deputatlari maktab programmasiga jinsiy tarbiya haqidagi darslarni kiritishga rozilik berdilar. Bu taklif Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan “Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquqlar haqida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish paytida taqdim qilindi. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri o‘rinbosari Nasim Olimov o‘z chiqishida jinsiy aloqa vositasida tarqaladigan kasalliklar va istalmagan homiladorlikni oldini olish uchun o‘smirlarni o‘qitishga alohida e‘tibor qaratish lozimligi haqida gapirgan. Tojikiston parlamenti deputati Abdurahmon Xonov bu darslar umumta‘lim maktablarining, ayniqsa¸ qishloq maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga o‘tilishini aytadi: “Jinsiy axloq, xususan jinsiy aloqa va reproduktiv salomatlik haqidagi ma‘lumot o‘quvchilarga kitob sifatida taqdim qilinishi kerak”, dedi Abdurahmon Xonov. Ammo maktablarga jinsiy axloq haqidagi darsning kiritilishi haqidagi xabarni aksar o‘quvchilar yaxshi qabul qilmadilar. Ular 21- asrda bu haqdagi ma‘lumotlarni muallimlarning yordamisiz ham topib o‘qish mumkinligini aytadi: “Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan har qanday savolga Internetdan javob topishni allaqachon o‘rganib olgan. Bunday darslar vaqtning bema‘ni sarflanishidir”, dedi Dushanbedagi maktablardan birining 10-sinf o‘quvchisi. 11-sinf o‘quvchisi Akrom Solehov fikricha bunday darslar har bir o‘quvchiga individual o‘tilishi kerak: “Albatta¸ buning foydasi bor. Lekin alohida dars o‘tilsa yaxshi bo‘lardi. Agar hamma bir joyda bo‘lsa o‘yin-kulgi bilan darsda sifat bo‘lmaydi”, dedi o‘quvchi. Tojik jamiyatida jinsiy yaqinlik haqida ota- onalarning o‘z farzandlariga tarbiya berishi rasm bo‘lmagan. Ular nafaqat bu haqda gapirmaydilar, balki farzandlarining boshqalar bilan bu mavzuda gaplashishini ham ayb deb hisoblaydilar. Dushanbe shahrida istiqomat qiladigan 43 yoshli Shoira Sobirovaning aytishicha, bunday darslar yoshlarga aks ta‘sir qiladi: “O‘smirlar bu haqda ko‘proq bilganidan so‘ng shahvati oshib, bunday ishlarga mayli yanada oshadi. Buning o‘rniga ta‘lim sifatini yaxshilab, bolalarni yaxshi o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kerak”, dedi Shoira Sobirova. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda birgina Dushanbe shahrida 385 nafar fohisha ushlanib, jarimaga tortilgan. 2013 yilda esa Dushanbeda 41 nafar balog‘at yoshiga yetmagan qizlar fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan edi.
Категория: Jinsiy Saboq | Просмотров: 895 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2015  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Na Sayte XITMP3.COM © 2025
    Сделать бесплатный сайт с uCoz