“Qanday turdagi erkaklar ayollarni qadrlaydi?”,
“Qanday qilib erkak kishining hurmatiga
sazovor bo’lish va uni doimo saqlab qolish
mumkin?”. Shu kabi savollarni har ikkinchi qiz
(ayol) o’ziga berishi tabiiy. Gap Sizni yigit
kishi past yoki yuqori baholashlari haqida
emas. Shunchaki, har bir ayol o’z yarmi uchun
yakkayu-yagona, suyukli va albatta unig
idealidagi “malika” bo’lishni istaydi. Hozirgi
zamonda ideal bo’lish bu-unvon emas, balki
ayol kishi uchun jiddiy va har kunlik ishdir.
“Mening asarimning qahramoni”
Har bir oddiy, romantika va obrazlardan uzoq,
ayol orzularidan behabar erkak, o’zining
himoyasiz va nozikkinna juftini himoya qilib,
uy variantida bo’lsada qahramon “supermen”
bo’lishni istaydi. Shuning uchun ham ideal
ayol o’z jufti “qahramonliklari” ni har doim
rag’batlantirib turishlari ma’qul. Balki bu
qahramonlik ulkan ish emasdur, lekin bu ish
uchun eringizga chin dildan minnatdorchilik va
quvonch bildirsangiz, u har safar o’zining
imkoniyatlariga ishona boshlaydi va bu
imkoniyatlarni yanada orttirishga intiladi.
Erkaklar orasida shunday gap bor: har bir
omadli erkak suyukli yorga ega bo’lishga
xaqli. Siz maqtovlaringiz bilan eringizni o’zini
omadli deb his qilishi uchun imkoniyatlar
yarating. Erkak kishining yaxshi jihati borligini
isbotlab bera olgan ayol, albatta u uchun
idealdir. Har bir kuchli jins sohibi (erkak kishi)
o’zining kuch manbai bo’lgan har bir narsani
qimmatli deb biladi va ardoqlaydi.
“Hamma sevishni istaydi…”
E’tibor berganmisiz, hofizlarimizning kuylari
nafaqat sevish, balki sevilish haqida hamdir.
Hatto juda kuchli, obro’li, jiddiy erkak ich-
ichidan uni uyida kimdir kutayotganini, uni
sevishini, unga ishonishini va unga xiyonat
qilmaydigan odam borligini his qilishni
hohlaydi. Uni yoshligida onasi va buvisi uyda
kutgan paytlarida ham bu “mitti” ideal mavjud
bo’lgan.
“Sening qiziqishlaring-mening qiziqishlarim”
Erkak kishi idealini o’z do’sti, ishonchli jufti,
o’zining tarafdori deb biladi. Shuning uchun
ayol kishi juftining barcha qiziqishlarini
hotirjam qabul qilishi kerak (hobbi,
qiziqishlar…). Bunda erkak kishining avtomobil
yoki motosikllarga qiziqishi, balki Afrika shilliq
qurtlari hayotini o’rganishi muhim emas. Ko’z
yoshingni art! Erkaklar ayollar singari his-
tuyg’ularga beriluvchan emas. Shuning uchun
ular singan tirnoq, lirik qo’shiq, badiiy
filmdagi yurakni ezuvchi sahna ustida kuyib-
pishishingizni qiyinchlik bilan qabul qilishadi.
Uning idealiga aylanish va raqiblar orasida
g’olib bo’lish uchun yaxshilik to’lqinlariga
moslashing. Bu-o’z qiziqishlaringizdan voz
keching degani emas. Yurakni ezuvchi filmni
dugonangiz bilan ko’rishingiz ham mumkin.
Yana bir maslahat: kuchli universal ayol
bo’lishga, barcha muammolarni yolg’iz hal
etishga intilmang. Ayolning kuchi uning
ojizligidadir. Erkak kishi uchun ideal ayol-
billyur guldonga o’xshaydi. Uni doimo asrab-
avaylashga intilishadi. Erkak kishi yonidagi
asosiy vazifangiz, nazokatli, chiroyli, orasta
bo’lishdir. Erka kishi ko’zlari bilan sevadi.
Agarda erkakning ishlaridan mamnunligingizni
sezdirib tursangiz, u sizni boshida ko’taradi.
Uni ko’proq maqtang. Begona odamlar yonida
kamtarroq bo’ling, ko’p gapirmang.
Juftingizga aql o’rgatishdan ehtiyot bo’ling.
Chunki u bunday holatda bergan
maslahatingizni teskarisini bajarishi mumkin.
Umuman olganda, samimiy, yaxshilikka
intiluvchan, juftingizni boricha sevishga
harakat qiluvchi ayol bo’ling.